ikkinchi signal tizimi
katta ahamiyatga ega,
chunki kechinmalar tashqi muhitning bevosita ta‘sirlari bilan birgalikda so‗zlar,
fikrlar orqali ham yuzaga kelishi mumkin. Xuddi shunday, o‗qib chiqilgan hikoya,
tomosha qilingan film mos bo‗lgan emotsional holatni yuzaga keltirishi mumkin.
Hozirda ikkinchi signal tizimi intellektual, ahloqiy, estetik yuksak insoniy
hissiyotlarning fiziologik asosi bo‗lib sanaladi.
Xulosa o‗rnida hissiyotlarning tarkibiy qismlarini keltirib o‗tish zarur, bular:
1) sub‘ektiv kechinma, 2) organizm reaksiyasi, 3) hissiyotlar bilan yuzaga kelgan
va xayoldagi fikrlar yig‗indisi, 4) o‗ziga xos yuz ifodasi, 5) umumlashtirilgan
hissiyotli
reaksiyalar:
salbiy
hissiyotda
atrofdagi
voqealarga
nisbatan
121
munosabatingiz ham salbiy bo‗ladi, 6) ushbu hissiyot bilan assotsiatsiyalangan
harakatlarga moyillik.
Shuni ta‘kidlab o‗tish lozimki, hozirgi vaqtgacha hissiyotlar tabiatiga
nisbatan yagona nuqtai nazar mavjud emas. Hissiyotlarni o‗rganishga qaratilgan
tadqiqotlar hozirda ham o‗tkazilib kelinmoqda. Hozirda to‗plangan tajribaviy va
nazariy material hissiyotlar tabiatining ikkilanganligidan dalolat beradi. Bir
tomondan, hissiyotlar – turli psixik hodisalar, shuningdek, kognitiv jarayonlar,
inson qadriyatlari tizimi tuzilmasining xususiyatlari va boshqalar kabi sub‘ektiv
omillar hisoblanadi. Ikkinchi tomondan, hissiyotlar individning fiziologik
xususiyatlari bilan belgilanadi. Hissiyotlar ma‘lum seskantiruvchi ta‘siri natijasida
paydo bo‗ladi, bu esa inson moslashishi va hulq-atvorining boshqarish
mexanizmlari ifodasining xuddi o‗zginasidir. Inson kayfiyati, affektlari, hislari va
ehtiroslari yig‗indisi uning emotsional hayotini va emotsionallik kabi individual
sifatni tashkil etadi. Emotsionallikni insonning hayotiga tegishli bo‗lgan turli xil
sharoitlardan hissiyotli ta‘sirlanishga moyillik, kayfiyatdan ehtirosgacha – kuchi
va sifati turlicha bo‗lgan emotsiyalarni kechirish layoqati, shuningdek, emotsiyalar
kuchining tafakkur va hulq-atvorga ta‘siri sifatida ta‘riflash mumkin.
Shaxsning xususiyatlariga ta‘rif berish ko‗p holatlarda ushbu odamning
nimani yoqtirishini, nimadan nafratlanishini, mag‗rurlanishi, uyalishi, hasad
qilishi va qayg‗urishi sababini aniqlashni bildiradi. Individ barqaror hislari
predmeti, ularning jadalligi va xarakteri atrofdagilarga insonning emotsional olami,
hislari va bu bilan, uning individualligini ochib beradi. S.l. rubinshteynning
yozishicha, shaxsning xarakteri va aqliy qobiliyati, qiziqishlari va boshqa
odamlarga munosabatlarining barcha o‗ziga xos xususiyatlari hissiyotlar va
sezgilarning kamalak rangida namoyon bo‗ladi va aks etadi.
Emotsionallik tug‗ma bo‗ladi, lekin affektlar, sezgilar hayot jarayonida
rivojlanadi, bu esa insonning shaxs sifatida rivojlanishini bildiradi. Bunday
rivojlanish inson emotsional sohasiga yangi ob‘ektlarni kiritish, shaxs sezgilarini
ongli irodaviy boshqarish va nazorat qilish darajasining oshishi ahloqiy
boshqarishga yuksak ahloqiy qadriyatlar (vijdon, mas‘uliyatlilik, nomus va
boshqalar) ning asta-sekin kiritilishi bilan bog‗liq.
Inson emotsional hayotining rivojlanishida ma‘lum bo‗lgan izchillik mavjud.
Lekin bir davr sezgisidan keyingi davr sezgisiga o‗tish shaxsning har tomonlama
rivojlanishi bilan bog‗liq. Hissiyotlar odam energiyasini to‗plovchi faoliyatga
nisbatan kuchli rag‗bat bo‗lishi mumkin, asosiysi, ularni tegishli tarzda
yo‗naltirishdir.
Har bir inson uchun ijobiy emotsional ta‘sirlanishlarni kuchaytirish va
kengaytirish bilan bir vaqtda boshqa odamlar emotsional holatiga samarali ta‘sir
ko‗rsatish malakasiga ega bo‗lish juda muhimdir. Zararli emotsional ta‘sirlanishlar
122
ko‗p hollarda yuqori emotsional zo‗riqish vaziyatlarida, o‗ta toliqqan holatlarda,
frustratsiya vaqtida, odamlar ta‘sirchanligida, ishlar ko‗ngilgidek yurishmaganida,
hayotiy muhim rejalar barbod bo‗lganida yuzaga kelishini bilish va yodda tutish
lozim.
Amaliy hayotda emotsiyalar sifatida, odatda, insonning turli-tuman javob
reaksiyalari – ehtirosning to‗lqinli portlashlaridan tortib, to kayfiyatning nozik
tuslarini tushunamiz. Psixologiyada emotsiyalar deb kechinmalar shaklidagi inson
hayotiy faoliyati uchun tashqi va ichki vaziyatlarni baholash va shaxsiy ahamiyatni
aks ettiradigan psixik jarayonlarga aytiladi. Hissiyotlar – yorqin sub‘ektiv tusga
ega bo‗lgan iski va tashqi seskantiruvchilarning ta‘siriga nisbatan inson va
hayvonlar javob reaksiyalari. Bundan kelib chiqadiki, hissiyotlarning ahamiyatli
belgisi ularning sub‘ektivligidir. Hissiyotlar evolyusiyaning moslashuvchi
«mahsuloti» sifatida, odatdagi vaziyatlarda organizm hulq-atvorining biologik
jihatdan umumlashtirilgan usullari sifatida yuzaga kelganlar.
Hissiyotlar ehtiyojlar bilan ularning qondirilishi yoki qondirilmasligi bilan bog‗liq.
Hissiyotlar ikki valentli – ular yoki ijobiy, yoki salbiy bo‗ladi. Hissiyotlar –
organizmning muhit bilan o‗zaro ta‘sirining mutanosibligi darajasini bevosita
baholash mexanizmi. Ehtiyojlar o‗rnidagi hissiyotlar harakatga yo‗naltiriladi.
Ko‗plab hissiyotli ifodalarda boshlang‗ich hissiyotlarning to‗rt xili: shodlik
(zavqlanish), qo‗rqinch, g‗azab va hayratlanish ajratiladi.
Hislar – bu inson ongida uning yuksak ehtiyojlarining qondirilishi yoki
qondirilmasligida paydo bo‗ladigan voqelikka nisbatan munosabatining aks etishi.
Hissiyot va tuyg‗ular o‗rtasida umumiylik ko‗p, lekin farqlar ham mavjuddir.
Xuddi shunday, hissiyotlar – bu kengroq tushuncha, hislar emotsional
kechinmalarning ifodalanishlaridan biri. Hissiyotlar – birlamchi, hislar esa –
paydo bo‗lishi, kelib chiqishi jihatidan ikkilamchi. Hissiyotlar yo‗nalishli reaksiya
xususiyatiga ega bo‗lgani uchun, ular ko‗pincha, noaniq va etarlicha anglanmagan
bo‗ladilar, sezgilar esa, ko‗p hollarda aniq va jism bilan bog‗liq bo‗ladilar.
Hissiyotlar biologik jarayonlar bilan, sezgilar esa – ijtimoiy soha bilan bog‗liq
bo‗ladilar. Bundan tashqari, anglanmaydigan soha bilan bog‗langan, sezgilar esa
ongimizda maksimal darajada namoyon bo‗lgandirlar. Inson sezgilari doimo tashqi
ifodalarga ega bo‗ladilar, hissiyotlar esa ega bo‗lmaydilar. Va nihoyat, hissiyotlar
ko‗proq vaziyatga bog‗liq va qisqa muddatli bo‗ladilar, sezgilar esa davomliroq va
yorqin ifodalangan predmetli xarakterga ega. Ular odamning ma‘lum ob‘ektlarga
nisbatan barqaror munosabatini aks ettiradilar. Sezgilar insonning madaniy-tarixiy
rivojlanish jarayonida paydo bo‗lganlar va rivoj topganlar.
18
18
Psychology David G. Myers Hope College Holland, Michigan
530p
123
Hissiyotlar va tuyg‗ular sezgi, idrok, tasavvur, inson bilishi va faoliyati
tashqarida mavjud bo‗lmaydilar. Hissiyotlar va sezgilar ob‘ekt va sub‘ektning juda
murakkab bo‗lgan o‗zaro munosabatlarida yuzaga kelib, yuzaga kelishi mumkin
bo‗lgan jismlarning xususiyatlariga bog‗liq bo‗ladilar. Hissiyotlar va sezgilarning
o‗ziga xosligi insonning ehtiyojlari, motivlari, intilishlari, tilaklari, iroda, xarakter
xususiyatlari bilan belgilanadi. Hissiyotlar va sezgilar tabiatini tushunish ularni
inson hayotiy faoliyatida ko‗rib chiqishni taqazo etadi. Emotsional holatlar paydo
bo‗lishining asosini insonning ehtiyojlari va motivlari tashkil etadi. Ularni
qondirish maqsadni ko‗zlash, hayotiy masalarni hal etishni taqazo etadi.
Ehtiyojlarni qondirishga yo‗naltirilgan, ko‗zlangan maqsadlarga erishish amalga
oshiriladigan real hayotiy sharoitlar emotsional kechinmalarning turli tumanligiga
sabab bo‗ladi. Hissiyotlar ko‗pchilik ko‗rsatkichlari, ya‘ni, sifati (ijobiy va salbiy),
jadalligi (kuchli va kuchsiz), davomiyligi (qisqa muddatli va barqaror),
anglanganligi, chuqurligi, irsiy manbasi, murakkabligi, bajaradigan vazifalari,
organizmga ko‗rasatadigan ta‘siriga qarab farqlanadi.
Hissiyotlar turlicha vazifalarni bajaradilar. Ularning boshqaruvchi, aks ettiruvchi,
daraklovchi, undovchi (rag‗batlantiruvchi), mustahkamlovchi, o‗tkazuvchi,
moslashuvchi, kommunikativ, hosil qiluvchi, ifodalovchi vazifalari shular
jumlasidandir.
Hissiyotlar va sezgilar organizm holati va inson hulq-atvorini boshqarish
vazifasini bajaradilar. Xuddi shuningdek, yaxshi so‗z jon ozig‗i deydilar. Bunda,
avvalambor, muhim o‗rin tutgan insonning boshqa odamning emotsional holatiga
verbal ta‘siri ko‗zda tutilgan bo‗ladi. Bunda hissiyotlar va sezgilarning
boshqaruvchi vazifasi namoyon bo‗ladi. Aks ettiruvchi vazifasi voqealarning
umumiy baholanishi ifodalandi, sezgilar butun organizmning qamrab olgani uchun,
ular ta‘sir ko‗rsatayotgan omillarning foydasi yoki zararini aniqlashga va zararli
ta‘sir aniqlangunicha ta‘sirlanish imkonini beradi. Masalan, yo‗lni kesib o‗tayotgan
odam undagi vaziyatga ko‗ra turli darajadagi qo‗rqinchni boshidan kechiradi.
Bundan kelib chiqadiki, hissiyotlar va sezgilarning aks ettirish vazifasi insonga
atrof-olamda to‗g‗ri yo‗nalish olish va jismlar, hodisalarni ularning istalganligi
nuqtai nazaridan baholash imkonini yaratadi. Xabarlovchi vazifasi yuzaga
keladigan kechinmalar insonga undagi ehtiyojlarni qondirish jarayonining
kechishi, yo‗lida qanday to‗siqlarga uchrashi, birinchi navbatda nimalarga e‘tibor
qaratishi lozimligi va h.k.lar haqida xabar berishdan iborat. Hissiyotlar va
sezgilarning baholovchi yoki aks ettiruvchi vazifasi bevosita undovchi vazifasi
bilan bog‗liq. S.L. Rubinshteyn ko‗rsatib o‗tganidek, «... hissiyot o‗zida jismga
yoki unga teskari yo‗naltirilgan ehtiros, tilak, intilishni mujassamlashtiradi».
SHunday qilib, hissiyotlar va sezgilar yuzaga kelgan ehtiyojni qondirishga erishish
124
yok inson oldida turgan vazifala hal etiladigan yo‗lni izlash yo‗nalishni aniqlashga
yordam beradi.
Mustahkamlovchi vazifa hissiyotlar va sezgilarning o‗qitishda bevosita
ishtirok etishidan iborat. Kuchli emotsional ta‘sirlanishga sabab bo‗ladigan
ahamiyatga molik voqealar uzoq vaqt xotirada saqlanib qoladi. Hissiyotlar va
sezgilarning o‗tkazuvchi vazifasi motivlar raqobatida, ayniqsa, yaqqol ko‗rinadi,
buning natijasida kuchli ehtiyoj aniqlanadi. Xuddi shunday, inson uchun tabiiy
bo‗lgan o‗zini muhofaza qilish instinkti va ma‘lum etika me‘yorlariga rioya qilish
ijtimoiy ehtiyoji o‗rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‗lgan qarama-qarshiliklar o‗z
mohiyatiga ko‗ra, qo‗rquv va mas‘uliyat hissi o‗rtasidagi kurashda joriy etiladi.
Moslashuvchi vazifasi hissiyotlar tufayli jonli mavjudotlar o‗zlari uchun dolzarb
bo‗lgan ehtiyojlarni qondirishda u yoki bu sharoitlarning ahamiyatliligini
ko‗rsatishlaridan iborat. CH.Darvin fikriga ko‗ra, hissiyotlar moslashtiruvchi
vosita sifatida yuzaga kelgan. O‗z vaqtida paydo bo‗lgan sezgi tufayli organizm
atrof-muhitga samarali tarzda moslashib olish imkoniyatiga ega.
SHuningdek, sezgilarning kommunikativ vazifasi ham mavjud. Mimika va
pantomimika harakatlari insonga o‗z kechinmalarini boshqalarga etkazib berishga,
o‗zlarining atrof-olam jism va hodisalariga bo‗lgan munosabatlari haqida
ma‘lumot berish imkoniyatini tug‗diradilar. Mimika, tana holatlari, imo-ishoralar,
ma‘noli xo‗rsinishlar, tovush ohangining o‗zgarishi «insoniy hislar tili»,
hissiyotlardan xabar beruvchi vosita bo‗lib hisoblanadi. Tadqiqotlarning
ko‗rsatishicha, sezgilarning barcha ifodalanishlarini ham oson aniqlab bo‗lmaydi.
Dahshat (57%), so‗ngra nafrat (48%) va ajablanish (34%) kabi hislarni oson
aniqlab olish mumkin. Kommunikativ vazifada atrofdagilarga ta‘sir ko‗rsatish
vazifasini ham ajratish mumkin.
Hissiyotlarning umumlashtiruvchi vazifasi vaqt va fazoda bir-biriga yaqin
bo‗lgan alohida voqea va dalillarni birlashtirish imkonini beradi. Bundan tashqari,
hissiyotlar ekspressiv vazifani bajaradilar. Ko‗p hollarda ular periferik xususiyatga
ega bo‗lgan organik o‗zgarishlar (qizarish, oqarish, nafasning tezlashishi, erakning
tez-tez urishi va boshqalar) bilan birgalikda kechadi, ifodali harakatlar (mimika va
pantomimikada, vokallashtirish)da ifodalanadi. Kundalik hayotda ifodali harakatlar
orqali biz, odatda, atrofdagi odamlarning emotsional holati, kayfiyatidagi
o‗zgarishlarni etarlicha aniq idrok qilamiz va baholaymiz.
Hissiyotlar insonlar hayotida o‗ta muhim o‗rinni egallaydilar. Xuddi shunday,
hozirgi kunda hissiyotlarning organizm hayotiy faoliyati xususiyatlari bilan
aloqasini hech kim inkor etmaydi. Ma‘lumki, hissiyotlar ta‘sirida qon aylanish,
nafas olish, ovqat hazm qilish, ichki va tashqi sekretsiya bezlari va boshqa
organlarining faoliyati o‗zgaradi. Kechinmalarning ortiqcha jadalligi va
davomiyligi organizmda buzilishlarni keltirib chiqarishi mumkin.
125
Hissiyotlar – bu juda murakkab psixik hodisalar. Ahamiyatga ega bo‗lgan
hissiyotlarga quyidagi emotsional holatlar turlarini kiritish mumkin: hissiyot
affektlari, kayfiyatlar, ehtiroslar, stresslar, frustratsiyalar, hissiyotlarning
emotsional toni, emotsional munosabat.
Affekt – sub‘ekt uchun dolzarb bo‗lgan hayotiy sharoitlarining keskin va
kutilmaganda o‗zgarishi bilan bog‗liq ravishda paydo bo‗ladigan va aniq
ifodalangan harakatli visseral (ichki organik) namoyon bo‗lish birga kuzatiladigan
kuchli va nisbatan qisqa muddatli emotsional holat. Affektiv holat ongli
faoliyatning tormozlanganligi bilan ifodalanadi, sub‘ekt hulq-atvorini ongli
nazoratining izdan chiqishida namoyon bo‗ladi. Affekt real sharoitlarda
sub‘ektning xavfli, ko‗p hollarda kutilmaganda paydo bo‗lgan vaziyatlardan
mutanosib holda chiqib ketish yo‗lini topa olmaslik layoqatsizligida rivojlanadi.
Affektga misol tariqasida kuchli g‗azab, achchig‗lanish, dahshat, shiddatli
quvonch, chuqur qayg‗u, umidsizlik kabilarni keltirish mumkin. Affektning eng
asosiy xususiyatlaridan biri ushbu emotsional ta‘sirlanishning engib bo‗lmas
darajada odamga qandaydir faoliyatning bajarish zaruriyatini bog‗lashdan iborat,
lekin bunda odamda voqelik hissi yo‗qoladi.
Emotsional holatning keyingi turi – bu emotsiyalarning o‗zi. Emotsiyalar
affektlardan davomiyligi bilan farq qiladi. Ularning boshqa alohida qirrasi faqat
joriy voqealarga emas, balki, taxminiy yoki yodga olinadiganlarga nisbatan ham
ta‘sirlanish hisoblanadi.
Emotsiyalarning mohiyatini tushunish uchun tashqi muhitning jism va
hodisalarining ko‗pchiligi his-tuyg‗u organlariga ta‘sir ko‗rsatib, ularda murakkab,
ko‗p qirrali emotsional hissiyotlar va sezgilar va bir vaqtning o‗zida ham
zavqlanish, ham qoniqmaslikda ifodalanadi, sezgilarni keltirib chiqarishlari
mumkin. Bundan tashqari, ko‗pchilik vaziyatlarda, bir tomondan, qandaydir
zo‗riqish sezgilari, ikkinchi tomondan, hal etish, yoki engil tortish yuzaga keladi.
Faoliyatning keskin damlarida, qaror qabul qilishning mas‘uliyatli daqiqalarida
qiyinchiliklarni bartarf etishda biz zo‗riqishni his etamiz. U yaqqol ko‗zga
tashlanadigan faol xususiyatga ega bo‗lib, faoliyat ob‘ektiga e‘tiboning kuchayishi,
aqliy va jsmoniy kuch to‗plash, harakatga chanqoqlik, bizni o‗rab oladigan alohida
hayajon bilan birgalikda kechadi.
Emotsional jarayonlarning boshqa xildagi iodalanishi qo‗zg‗alish va
tinchlanish hisoblanadi. Qo‗zg‗algan emotsional holat, odatda, faol xususiyatga
ega bo‗lib, faoliyat yoki unga tayyorgarlik ko‗rish bilan bog‗liq. Tinchlanish
faoliyatning pasayishi bilan bog‗liq bo‗lsada, undan maqsadga muvofiq ravishda
foydalanishning asosi bo‗lib xizmat qiladi.
Harakat faolligiga ta‘sir ko‗rsatishga qarab, emotsiyalar stenik va astenik
turlarga bo‗linadi. Stenik emotsiyalar va sezgilar faol harakatga undaydi, inson
126
kuchlarini to‗playdi. Xuddi shunday, quvonch va ilhomlanish hislari insonni
energiyaviy faoliyatga rag‗batlantiradi. Astenik emotsiyalar insonni bo‗shashtiradi,
faolligini pasaytiradi, faoliyatni to‗xtatadi.
Kayfiyat – bu u yoki bu emotsiyalarning barqaror kechinmasi. Uzoq davom
etuvchi, hulq-atvorni bezovchi emotsional holat. Uni individning shaxsiy
tomonlarini, asosiy hayotiy hissiyotlarini, ishiga nisbatan muvaffaqiyat yoki
muvaffaqiyatsizlik, qulay yoki noqulay sharoit, odamlar munosabatlaridagi
madaniyat darajasi, ichki holat kabilarni qamrab oluvchi ta‘sirlar keltirib chiqaradi.
Kayfiyatda hissiyotlar va sezgilarning rag‗batlantiruvchi vazifasi, ularning inson
faoliyatiga ta‘siri namoyon bo‗ladi. Kayfiyat ijobiy yoki salbiy, ma‘lum jadallik,
ifodalanish, zo‗riqish va barqarorlikka ega bo‗lishi mumkin.
Emotsiyalar va sezgilar ta‘siridagi psixik faollikning eng yuqori darajasi
ko‗tarinkilik, eng quyisi – apatiya deb ataladi. Psixik faoliyatning salbiy ta‘sirlar
tomonidan sezilarsiz darajada o‗zgarishi izdan chiqish holatidir. Insonning
emotsional barqarorligi turli emotsiogen ta‘sirlarga nisbatan hulq-atvorining
turg‗unligida ifodalanadi. Qiyinchiliklarga nisbatan barqarorlik, boshqa odamlar
hulq-atvoriga nisbatan bardoshlilik tolerantlik ( lot. – bardosh) deb ataladi.
Inson fikrlari va harakatlari yo‗nalishini belgilab beruvchi barqaror, chuqur va
kuchli his ehtiros deb ataladi. Ehtiroslarning asosiy belgisi ularning amaliy natijaga
ega bo‗lishi, irodaviy va emotsional holatlarning yagonaligidir. Ehtiros insonni
hislar ob‘ekti haqida astoydil o‗ylashga, ular asosidagi ehtiyojlarning qondirilishini
to‗laqonli va yaqqol tasavvur etishga, bu qondirilish yo‗lida haqiqiy yoki bo‗lishi
mumkin bo‗lgan to‗siq va qiyinchiliklarni xayol qilish va har tomonlama o‗ylashga
majbur qiladi. Ehtiroslar turg‗unligi, vaqt bo‗yicha insonga egalik qilish
davomiyligi bilan xarakterlanadi. SHaxsning olamga nisbatan chuqur tanlangan
munosabatining ifadalanishi sifatida ehtiroslar ijobiy va salbiy bo‗lishi mumkin.
Turli sezgilar (hidlar, ranglar, tovushlar va h.k.) biz uchun yoqimli, neytral
yoki yoqimsiz bo‗ladi. Hissiy ton. Hissiyot ko‗pincha faqat hissiy tus sifatidagi
ruhiy jarayonlarning o‗ziga xos tomoni tariqasida namoyon bo‗ladi. YOqimli
suhbatdosh, kulguli voqea, yoqimsiz hid, zerikarli kitob, ko‗ngildagi mashg‗ulot,
hushchaqchaq sayohat, og‗ir ish kabilar. Ko‗pincha emotsiyalar o‗zining
ta‘sirchanligi bilan bir-biridan ajralib turishiga qaramay, bunday sifatni hissiy
holatlar stenik (yunoncha so‗zdan olingan bo‗lib, kuch degan ma‘noni anglatadi)
xususiyatli deyiladi. Bunda emotsiyalar dadil xatti-harakatlarga, mantiqiy
mulohazalarga, nisbiy izlanishlarga kuch quvvat, qanoat bag‗ishlaydi. Emotsional
javob – jismli muhitdagi joriy o‗zgarishlarga nisbatan operativ emotsional
ta‘sirlanish. Go‗zal manzarani ko‗rib qoldingiz – emotsional javob yuzaga keldi.
Bu javob insonning emotsional qo‗zg‗aluvchanligi, emotsional tonusi bilan
belgilanadi. Emotsional javobning turlaridan biri sintoniya – boshqa odamlar
127
Do'stlaringiz bilan baham: |