2.2 CMS/CMF web saytlar yaratish sohasida tutgan o’rni (Drupal tizimi misolida)
Drupal nima? Keling bu savolga javob berishga harakat qilaylik.
Drupal bu - Saytni boshqaradigan tizim (Content Management System, CMS). Ko'pchilik Saytni boshqaradigan Framework (Content Management Framework, CMF) deb ham atashadi. Drupal PHP da yozilgan va ma'lumotlarni saqlab turish uchun MySQL, PostgreSQL malumotlar bazani ishlatadi. Drupal ochiq kodli (Open Source) va GPL litsenziyasi bilan himoyalaniladi.
Qisqa qilib aytadigan bo'lsak Drupal orqali har xil , katta-kichik saytlar yaratiladi.
Drupal LAMP(Linux, Apache, MySQL, PHP) tizimiga mo'ljalangan, lekin boshqa dasturlar bilan ishlatish ham mumkin. Masalan PHP ni ishlata oladigan har qanday Web-server da va shu Web-serverni ishlata oladigan Operatsion tizim(Windows, Linux, Mac OS...) Drupal ni ishlata oladi. Aytaylik Windows, IIS, PHP, PostgreSQL. Harkim o'ziga qulay tizimni ishlatishi mumkin. Bizda ko'pqor local ishlarda foydalanish uchun Denwerni maqul ko'riladi.
Drupal modulli (Module) va "ko'p ko'rinishli" (Template) tizim. Drupal arxitekturasi deyarli har qanaqa saytlarni yaratish imkonini beradi: blog, forumlardan tortib, katta informatsion portallargacha. Drupal asosida juda ham ko'p va xilma-xil saytlar yaratilgan. Drupal tizimi yadrosida Blog, Forum, Yangiliklar uchun kerakli modullar bor. Drupal ni yadrosidagi "asosiy" modullarini sanab va "qisqacha" ta'riflab o'tamiz.
User - sayt foydalanuvchilarini boshqaradi
Node - saytdagi malumotlarni boshqaradi (sahifa, post, ...)
Taxanomy - sayt malumotlarini kataloglashtiradi
Menu - sayt menularini boshqaradi
Poll - saytda so'rovnoma yaratish uchun ishlatiladi
Search - Saytda qidiruv imkonini yaratadi
Locale, Translation - Saytni ko'p tilli qilish imkonini beradi va hakazo…
Drupalni kamchiliklariga kelsak,
Ko'pchilik Drupal OOP (Object Oriented Programming)ni ishlatmaydi deyishadi. Drupal dasturchilari bunga javoban PHP (PHP 5gacha)da OOP yaxshi emasligi uchun deb javob berishadi.
Drupalni versiyalari bir-biriga to'g'ri kelmaydi, yani Drupal versiyalari APIlari bir-biridan farq qiladi. Bunga Drupal dasturchilari - "agar biz Drupalni hamma versiyalarini bir-biriga to'g'ri keladigan qilganimizda, Drupalni kodlari juda ko'payib ketar edi va juda ham sekin ishlaydigan bo'lar edi. Shu bilan birga bunday yuqori darajaga erisholmas edik va bugungi kungacha yetib kelolmas edik" degan ma'noda javob berishadi. Meni fikrimcha Drupal dasturchilari haq.
Do'stlaringiz bilan baham: |