Ikkinchi guruh esa o`z navbatida: Epik (doston, ertak, afsona, rivoyatlar, latifalar). Lirik (qo`shiq, ashula, terma). Dramatik (og`zaki drama) turlar va kichik janr (maqol, topishmoq)larga bo`linadi. Har bir janr esa o`z navbatida yana ichki turlarga ajraladi. Masalan: Ertaklarni hayvonlar haqidagi sehrli fantastik hayotiy-maishiy va hajviy turlarga ajratish mumkin. Yozma adabiyotda o ‘z asarlarini bolalar uchun yozadigan adiblar: Quddus Muhammadiy, Po‘lat Mo‘min, Xudoyberdi To‘xtaboyev, Anvar Obidjon, Hamza Imomberdiyev kabi shoir va yozuvchilaming asarlari o ‘zbek bolalar adabiyoti rivojiga munosib hissa bo‘lib qo‘shilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |