Cisco Packet Tracer dasturini Windows operatsion sistemasiga o’rnatish ketma-ketligini tushuntiring. (PrtSc)
Ushbu dasturni o’rnatish uchun avval uni rasmiy sahifasidan yuklab olish zarur bo’ladi. Dasturni ushbu link orqali yuklab olish mumkin: https://downloads.digitaltrends.com/cisco-packet-tracer/windows
Yuklab olgan faylimizni arxivdan chiqaramiz
Arxivdan chiqarib olganimizdan so’ng esa o’rnatuvchi dasturni ishga tushiramiz.
Foydalanish shartlariga rozilik bildiramiz hamda keyingi bo’limiga o’tamiz
Dastur o’rnatilishi kerak bo’lgan papkani tanlaymiz hamda keyingi bo’limga o’tamiz
O’rnatish tugmasini bosamiz
Tugash tugmasini bosishimiz bilan Cisco Packet Tracer dasturi ishga tushadi.
Cisco Packet Tracer dasturida switches uskunalari bilan tanishish va Switch haqida (PrtScr).
Switch – bir qancha segmentni birlashtiruvchi tarmoq kommutatoridir. Kommutator OSI modelining 2 – pag‘onasiga mos keladi. Tarmoq administratori tili bilan Switch – bu kommutator, Bridge(most) deb ham ataladi. Signal uzatish tezligi 10/100/1000 Mbit/s bo‘ladi. Shu bilan birga kommutatorlarni bir – biri bilan bog‘lash uchun alohida 2/10 Gbit/s tezlikdagi portlar xam mavjud bo‘lib, to‘liq dupleks rejimda ishlaydi. U ma’lumotni nusxasini barcha portlarga yubormaydi. Aksincha paketda qabul qiluvchining adresi bo‘yicha signalni jo‘natadi. Kommutator tarmoqdagi kompyuterlarning MAS adresini o‘zining xotirasidagi jadvalda bir qancha muddatga saqlab qoladi. Bu esa paketlarni uzatilish tezligi, ishonchliligi va xavfsizligini oshiradi. Kommutator bufer xotirasida qabul qilgan signalni saqlab turadi. Kommutatorlar boshqariluvchi va boshqarilmaydigan turlarga bo‘linadi. Boshqariluvchi kommutatorning har bir portini aloxida segmentga biriktirish mumkin. Kommutator 48 portga ega bo‘lsa, uning juft raqamli portlarini 192.168.x.x ga, toq raqamli portlarini 172.57.x.x ga biriktirish mumkin. Yoki bo‘lmasa 10 – portni 20 – portga translyasiya qilish mumkin. Umuman olganda kommutatorlarning imkoniyatlari doirasi keng. Ularni turli soxalarda, turli maqsadlarda qo‘llash mumkin. Kommutatorlar yordamida WLAN hosil qilish mumkin. WLAN yordamida katta tarmoqlarni boshqarish yanada osonlashadi.
Switches uskunalari 9 ta switch qurilmalaridan tashkil topgandir.
Bular 2960-24TT, Switch-PT, Switch-PT-Empty, 3560-24PS, 3650-24PS, IE-2000, Bridge-PT, 2950-24 hamda 2950T-24 switchlaridir.
3. Cisco Packet Tracer dasturida 8 ta kompyuter va 2 ta Switchdan foydalanib LAN tarmog’ini hosil qiling (PrtSc)
Tarmoq quyidagi qurilmalardan tashkil topsin
Ularning har birini avtomatik bog’lovchi sim bilan bog’lab chiqamiz
R outerning IP konfiguratsiyasini portlar bo’yicha sozlab olamiz
Endigi navbat har bir kompyuterning IP konfiguratsiyasini sozlab olamiz
Qurilmalarni sozlab olganimizdan so’ng quyidagi ko’rinishda bo’ladi
Endi bular orasida ma’lumot almashinishini tekshirish uchun har bir kompyuter orqali boshqasiga ping yuborishimiz yoki Add Simple PDU buyrug’i orqali aloqa bor yo’q ekanligini tekshirishimiz mumkin:
8-kompyuterdan 10-siga xabar yuborib ko’rdik.
bu esa 11-kompyuterdan 12-kompyuterga yuborilgan ping.
5.
Do'stlaringiz bilan baham: |