Laboratoriya ishi № 15.
CISCO PACKET TRACER DASTURI YORDAMIDA PORTLAR
XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHNI O‘RGANISH
1. Ishning maqsadi
Ushbu laboratoriya ishidan maqsad:
- Port security protokolini sozlash bo'yicha ko'nikmalarga ega bo'lish.
2. Qisqa nazariy ma’lumotlar
Port Security – bu tarmoq ulanishining
MAC manzilini ruxsatsiz
o'zgarishlarni oldini olish uchun mo'ljallangan kanal darajasi funktsiyasi.
Shuningdek, ushbu funktsiya kommutatorni MAC manzillar jadvalini to'ldirib
tashlashga yo'naltirilishi mumkin bo'lgan hujumlardan himoya qiladi.
Port
Security-dan foydalanib, siz interfeysdagi ulanishlar sonini (MAC
adreslar) cheklashingiz (kanal darajasida), shuningdek kerak bo'lganda
xavfsiz
MAC manzillarini (statik MAC manzillari) qo'lda kiritishingiz mumkin.