4.Qanday soat sutkada 2 marta bir vaqtni ko`rsatadi. (to`xtagan soat)
5.Quyon ikki oyog`ida turganda 5 kg kelsa 4 oyog`ida tursa necha kg keladi. (5kg)
6.Bitta tayoqning 2 ta uchi bo`lsa, 1-yarimta tayoqning nechta uchi bo`ladi. (4ta)
7.Daraxt shoxiga 20 ta chumchuq qo`ndi, ulardan ikkitasi otib tushirildi. Daraxtda nechta chumchuq qoldi? (qolmaydi)
8.Bir bola ko`chadan 1-so`m pul topib oldi, agar ko`chaga 2 ta bola chiqsa necha so`m topib olardi? (1so`m)
9. Nimaning mo`ylovi oyog`idan uzun? (qo`ng`iz)
10. O`n uchni uchga ko`paytirib , ko`paytmani 0 ga ko`paytirsa natija nechaga teng bo`ladi? (0)
2-guruhga tezkor savo l-javob
1.Qayin daraxtining 8 ta shoxi bor, har bir shoxida 8 tadan shoxcha, har bir choxchada yana 8 tadan shoxcha bor va har bir shoxchada 8 tadan olma bo`lsa, hammasi bo`lib nechta olma bo`lgan? (qayin olma solmaydi)
2.Dengiz ostida qanday tosh bo`lmaydi? (quruq)
3.Sizning nimangizni boshqalar sizdan ko`ra ko`proq aytadi? (ismingizni)
4.Yumuq ko`z bilan nimani ko`rish mumkin? (qorong`ulikni,tushni)
5.Yer yuzidagi eng katta qush? (tuyaqush)
6. Qachon 3 ni ko`rib 15 deymiz? (tushdan keyingi 3)
7. Dunyodagi eng past odamning ismi? (liliput)
8. 3ta ot qo`shilgan arava soatiga 16 km yo`l bossa
har qaysi ot necha km. dan yo`l bosadi. (16km)
9 Uchta bir xil raqam yordamida mumkin bo’lgan eng katta sonni toping.( 999)
10.Qaysi joyda daryolar suvsiz, shaharlar uysiz bo`ladi? (xaritada}
3-guruhga tezkor savo l-javob
Kishiga uch marta beriladi: birinchi ikki marta bepul, ammo uchinchi marta yoki undan keyin pul to’lash kerak bo’ladi. U nima?
(Tishlar)
Qaysi inson otni ham, filni ham hech bir qiyinchiliksiz ko’tarishga, ularni joyini o’zgartirishga qodir?
(Shaxmatchi)
Undan qanchalik ko’p olaversangiz, u shunchalik kattalashib boraveradi. U nima?
(Chuqur)
Qaysi yegulikni pishirishda qancha tuz solsa ham, u sho’r bo’lib ketmaydi?
(Qaynatilgan tuxumni)
Choyni qaysi qo’l bilan aralashtirish kerak?
(Choyni qo’l bilan emas, balki qoshiqcha
bilan aralashtirish maqsadga muvofiq)
U savol emas, lekin unga javob berish kerak.
(Qo’ng’iroq yoki eshik jiringlashi)
Hamma narsani ko’rayotganda uni ko’rmaysiz.
Hech narsani ko’rmaganda esa uni ko’ra olasiz. U nima?
(Qorong’ulik)
Ko’rganda quvonamiz, lekin baribir ko’zimizni olib qochamiz
(Quyosh)
Stolning 4 ta burchagi bor. Shu burchaklardan birini kesib olib tashlasa, unda nechta burchak qoladi?
Javob: 5 ta (stolni tasavvur qilib ko’ring).
Balandligi 10 metr bo’lgan narvondan sakrab, umuman jarohat olmaslik uchun nima qilish kerak?
(Narvonning eng quyi pog’onasidan sakrash)
III- shartimiz Maqollar bahri bayti
Bu shartimizda har bir guruhdan 3 nafardan o`quvchi qatnashadi. O’quvchilar sonlar qatnashgan maqollardan aytishadi. Bunda aytilgan maqol qaytarilmasligi va 10 soniya ichida maqol aytishi lozim.
IV-shartimiz Matematik topshiriqni bajarish
Topshiriq: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 raqamlarining ba’zilari orasiga “+” “-“ “:” “٠” ishoralarini shunday qo’yingki, natijada 100 hosil bo’lsin.
1+2+3+4+5+6+7+8∙9=100
2) 1+2∙3+4∙5-6+7+8∙9=100
3) 1+2∙3+4+5+67+8+9=100
4) 1∙2+34+56+7-8+9=100
Do'stlaringiz bilan baham: |