Chust tumani — Namangan viloyatidagi tuman. 1926-yil 29- sentabrda tashkil etilgan. Sharqdan Toʻraqoʻrgʻon, shimoli-sharqdan Kosonsoy, janub va gʻarbdan Pop, janubi-sharqdan Mingbuloq tumanlari, shimoldan Qirgʻiziston Respublikasi bilan chegaradosh. Maydoni 0,92 ming km². Aholisi 198,9 ming kishi (2004). Tumanda 1 shahar (Chust), 11 qishloq fuqarolari yigʻini (Axcha, Boymoq, Varziq, Karkidon, Karnon, Olmos, Ogʻasaroy, Shoyon, Shoʻrkent, Gʻova, Hisorak) bor. Markazi — Chust shahri.
Tabiati. Tuman hududi Chatqol togʻlarining etaklaridagi pastbaland tekisliklarda joylashgan. Koʻp qismi adir. Balandligi 1000–1200 m. Togʻlardan oqib tushadigan soylar (Gʻovasoy, Olmossoy, Shataksoy, Rezaksoy, Karkidonsoy va boshqalar) jarliklar hosil qilgan. Janubiy qismi Sirdaryoga tutash boʻlib, tekislikdan iborat. 1947-yilda ishga tushirilgan Chust kanali Kosonsoy suv ombori suvini 58km masofaga — Olmos qishlogʻigacha olib boradi. 1973- yilda suv taqsimlaydigan Gʻovasoy gidrouzeli qurildi. Koʻksaraksoy suv ombori va Chust nasos styasi bor. Iqlimi kontinental. Yillik oʻrtacha temperatura 1G. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —1,3°, eng past temperatura —26°. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 25,8°, eng yuqori temperatura 40°. Yiliga 305mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 190 kun. Tuproqlari tekisliklarda boʻz tuproq, adirlar qum, tosh, lyoss, mergel bilan qoplangan. Yovvoyi oʻsimliklardan shuvoq, yantoq, doʻlana, qizilmiya, oqmiya, yovvoyi piyoz, lola va boshqa oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan boʻri, tulki, quyon, sutur, qobon uchraydi.
Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, rus, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1&km² ga 216,2 kishi. Qishloq aholisi 135,1 ming kishi, shahar aholisi 63,8 ming kishi.
Xoʻjaligi. Tumanda "Chustmash", "Paxta tolasi", "Barion" aksiyadorlik jamiyatlari, milliy pichoqlar yasash, "Suvmash" korxonalari, qishloq xoʻjaligi mashinalari uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarish, asfalt zavodlari (Olmos qishlogʻi), badiiy buyumlar, qandolat, tikuvchilik, atlas korxonalari, non, sut zavodlari, savdo korxonalari bor. Chust pichoqlari jahon koʻrgazmalarida ishtirok etgan. Chust doʻppilari 1968-yilda NyuDexli, 1969-yilda Monreal, 1970-yilda Tokio va Poznan shaharlaridagi jahon koʻrgazmalarida yuqori baholandi.
Tuman qishloq xoʻjaligi, asosan, paxtachilikka ixtisoslashgan. Chorvachilik, bogʻdorchilik, tokchilik ham rivojlangan. Tumanda 16 shirkat, 945 fermer, 68 dehqon xoʻjaligi bor. Ekin maydonlarining 9,7 ming gektariga paxta, 12,3 ming ga yerga galla, 55 ga yerga kartoshka, 128 ga yerga sabzavot, 28 ga yerga poliz ekinlari ekiladi. 4,3 ming ga mevazor, 1,5 ming ga tokzor, 798 ga tutzor, 13 ga mevali koʻchatzor bilan band. Chust tumani jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 43,4 ming qoramol (shu jumladan, 20^5 ming sigir), 89,9 ming qoʻy va echki, shuningdek, parranda ham boqiladi (2003).
Tumanda 69 umumiy taʼlim maktabi, 2 iqtidorli bolalar internati, 2 gimnaziya internat, sanatoriy internat maktablari, sanʼat, musiqa maktablari, 6 kasb-hunar kolleji faoliyat koʻrsatadi. 47 kutubxona (306 ming nusxa kitob), 14 klub muassasasi, 2 muzey, sanʼat saroyi, 6 madaniyat va istirohat bogʻi bor. 3 bolalar va yoshlar sport maktabi, 6 stadion, 2 suv havzasi, 40 sport zali, 36 otish tiri, 4 tennis korti, 11 futbol maydoni bor. 38 kasalxona (1096 oʻrin), tugʻruqxona, poliklinika, dorixona, qishloq vrachlik punkti, 3 feldsher akusherlik punkti, 3 qishloq davolash ambulatoriyasi va boshqa tibbiy muassasalarda 408 vrach va 2031 oʻrta tibbiy xodim ishlaydi. Sanatoriy, dam olish uylari ishlab turibdi. Tuman hududi orqali Fargʻona halqa avtomobil yoʻli oʻtadi. Chustdan Namanganga avtobus qatnaydi. 1960-yildan "Chust haqiqati" tuman gazetasi chiqadi (adadi 6,5 ming).[1]
O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma yillik bayramiga tumanda katta tuxfalar hozirlanmoqda. Buvanamozor ziyoratgohini muqaddas qadamjolardan biri sifatida obodonlashtirish maqsadida 415 tupdan ortiqroq dub, yapon saforasi, kashtan kabi manzarali daraxtlar utkazildi. Shahardagi Namangan, Fayozov ko’chalariga tungi yoritkich chiroqlarn urnatildi. Chustning milliy iftixori bulgan Chust duppilari savdosi uchun xunarmand ayollariga qulaylik yaratish maqsadida 200 kv metr joyga usti yopilgan milliy xunarmandchilik rastalari qurildi.
Tumanda 27 ta qishloq va shahar vrachlik punktlari ishlab turibdiki, barchasi zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jixozlangan.
Mustaqillik yillarida bir nechta yangi kasb-xunar kollejlari barpo etildi. Jumladan, 1050 o’rinli pedagogika va servis kolleji, 615 o’rinli Olmos iqtisodiyot kolleji, 720 o’rinli Baymoq agroiqtisodiyot kolleji, 650 o’rinli ijtimoiy iqtisodiyot Varzik kolleji, G’ova qishlog’ida Chust sport kolleji, NamMPI qoshidagq 2-sonli akademik litsey bugun komil farzandlar tarbiyalash yo’lida faoliyat olib bormoqda.
Ikkita “Xalq” unvoniga ega "Chust taronalari" dastasi va "Chust dorbozlari" jamoasi, 12 ta estrada va folklor yunalishidagi badiiy xavaskorlik jamoalari faoliyati izchil yo’lga qo’yilgan.
Yoshlarning siyosiy faolligi va xushyorligini oshirishga, ularda mafkuraviy immunitetni xosil qilishga, terrorizm va ekstremizmning mamlakatimmiz tinchligi va xavfsizligiga, xalqimiz xayotiga solayotgan taxdidini yoshlar o’rtasida keng targ’ib etishga aloxida e’tibor bermoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |