METALL PLASTINKAGA DOIR MASALALAR
1. Massasi 80 g bo'lgan rux plastinkasi qo’rg’oshin (II) nitrat eritmasiga tushirildi. Ma’lum vaqtdan so'ng plastinkaning massasi
94,2 g ga teng bo'lib qoldi. Ruxning qanday massasi eritmaga ionlar ko'rinishiga o'tgan?
A) 6,5 B)13 C) 20,7 D) 14,2
2. Marganesdan qilingan detal qalay (II) sulfat eritmasiga tushirildi. Bir oz vaqtdan so'ng detal massasi 2,56 g ga oshdi. Elektrodga qalayning qanday massasi o'tirganligini va marganes.ning qanday massasi eritmaga o’tganligini toping.
A) 4,76; 2,2 B) 4,76; 4,4
C) 2,38; 4,4 D) 2,76; 2,2
3.Massasi 73 g bo'lgan rux namunasi massasi 240 g bo'lgan nikel (II) sulfat eritmasiga botirilgan. Biroz vaqtdan so’ng namuna massasi 71,74 g bo’lib qoldi. Reaksiyadan keyin eritmadagi rux sulfat massa ulushi qanday bo'lganligini toping.
A) 13,34 B) 13,41
C) 13,48 D) 14,24
4.Rux plastinkasi qandaydir metall sulfat eritmasiga botirildi. Eritmaning massasi 50 g teng. Sulfatda metall +2 oksidlanish darajasiga ega . Bir oz vaqtdan so'ng plastinka massasi 1,08 g ga ortdi. Bunda rux sulfatning eritmadagi massa ulushi 6,5822 % ga teng bo'lib qoldi. Plastinkada qanday metall ajralib chiqqan?
A) qalay B) kadmiy
C) qo'rg'oshin D) mis
5. Temir plastinkasi qandaydir metall sulfat eritmasiga botirildi. Eritmaning massasi 201,6 g ga teng. Sulfatda metall +2 oksidlanish darajasiga ega. Bir oz vaqtdan so’ng plastinka massasi 1,6 g ga ortdi. Bunda Fe sulfatning eritmadagi massa ulushi 15,2 % ga teng bo'lib qoldi. Plastinkada qanday metall ajralib chiqqan?
A) rux B) kadmiy C) qalay D) mis
6. Rux plastinkasi qandaydir metall nitrat eritmasiga botirildi. Eritmaning massasi 242,6 g ga teng. Nitratda metall +2 oksidlanish darajasiga ega. Bir oz vaqtdan so'ng plastinka massasi 42,6 g ga ortdi. Bunda rux nitratning eritmadagi massa ulushi 28,35 % ga teng bo'lib qoldi. Plastinkada qanday metall ajralib chiqqan?
A) qalay B) kadmiy
C) qo’rg’oshin D) mis
7. Temir bo'lakchasi birikmalarda +1 oksidlanish darajasini nomoyon qiladigan noma'lum metall nitrat eritmasiga tushirildi. Metall namunasining massasi 16 g ga ortdi. Olingan temir (II) nitrat eritmasi orqali mo’l miqdor vodorod sulfid o'tkazildi. Bunda massasi 8,8 g bo'lgan temir (II) sulfid olindi. Metalni aniqlang.
A) mis B) kumush С) simob D) oltin
8. Temir bo’lakchasi birikmalarda +2 oksidlanish darajasini nomoyon qiladigan noma'lum metall nitrat eritmasiga tushirildi. Metall namunasining massasi 4 g ga ortdi. Olingan temir (II) nitrat eritmasi orqali mo'l miqdor vodorod sulfid o'tkazildi. Bunda massasi 44 g bo'lgan temir (II) sulf id olindi. Metalni aniqlang.
A) mis B) qalay
C) simob D) qo’rg'oshin
9. Marganes bo'lakchasi birikmalarda +2 oksidlanish darajasini nomoyon qiladigan noma’lum metall xlorid eritmasiga tushirildi.
Metall namunasining massasi 4 g ga ortdi. Olingan marganes (II) xlorid eritmasi orqali mo'l miqdor vodorod sulfid o'tkazildi. Bunda massasi 5,4375 g bo’lgan marganes (II) sulfid olindi. Metalni aniqlang.
A) mis B) qalay
C) temir D) qo'rg'oshin
10. Massasi 248 g bo'lgan mis (II) sulfat eritmasiga massasi 20g bo'lgan magniy kukuni solindi. Bir oz vaqtdan so'ng metall cho’kma yig'ildi va quritildi. Uning massasi 28 g ni tashkil etdi. Olingan eritmadagi magniy sulfatning massa ulushini aniqlang.
A) 24 B) 9,68 C) 5 D) 10
11. Massasi 202 g bo'lgan mis (II) sulfat eritmasiga massasi 14 g bo'lgan temir kukuni solindi. Sir oz vaqtdan so’ng metall cho'kma yig'ildi va quritildi. Uning massasi 16 g ni tashkil etdi. Olingan eritmadagi temir (II) sulfatning massa ulushini aniqlang.
A) 9,5 B) 19 С) 28,5 D) 38
12. Misdan yasalgan sterjen kumush nitrat eritmasida tutib turilganda 38,4 g massasi 15,2 g ga ortgan. Bu sterjenni 94,08% li sulfat kislotada eritish uchun necha gramm kislota eritmasi bo’ladi?
A) 117,6 B) 125 C) 110,64 D) 140
13. Misdan yasalgan sterjen kumush nitrat eritmasida tutib turilganda 25,6 g massasi 33,2 g ga ortgan. Bu sterjenni 80 % li (p=l,4 g/ml) sulfat kislotada eritish ucliun necha ml kislota eritmasi sarf bo’ladi?
A) 98 B) 78,4 C)70 D) 62,72
14. Misdan yasalgan sterjen kumush nitrat eritmasida tutib turilganda 51,2 g massasi 74 g ga ortgan. Bu sterjenni 98 % li (p=l,6 g/ml) sulfat kislotada eritish uchun necha ml kislota eritmasi sarf bo’ladi?
A) 156,8 B)160
C) 153,664 D) 100
15.Xlorid kislota eritmasiga 50 g bo’lgan metall plastinka tushirib qo’yildi. 336 ml (n.sh) vodorod ajralib chiqqandan keyin, plastinka massasi 1,68 % ga kamaydi. Plastinka qaysi metaldan yasalgan?
A) kremniy B) kadmiy
C) temir D) mis
16.Xlorid kislota eritmasiga 40 g bo’lgan metall plastinka tushirib qo'yildi. 224 ml (n.sh) vodorod ajralib chiqqandan keyin, plastinka massasi 2,8 % ga kamaydi. Plastinka qaysi metaldan yasalgan?
A) kremniy B) kadmiy
С) temir D) mis
17. Xlorid kislota eritmasiga temir plastinka tushirib qo’yildi. 2,24 litr gaz ajralib chiqqanidan keyin plastinka massasi 7 % ga kamaydi. Plastinka massasi qanday bo‘lganligini toping.
A) 40 B) 50 C) 80 D) 100
18. Mis (II) sulfat eritmasiga temir plastinka tushirilganda 32 g mis ajralib chiqqandan keyin plastinka massasi 2 % ga ortdi. Plastinka massasini aniqlang.
A) 100 B) 160 C)200 D) 250
19. 10 g temir plastinka tarkibida 1,6 g mis (II) sulfat bo'lgan eritmaga tushirilganda, plastinkaning massasi qanday bo'lib qolganligini toping.
A)10,08 B) 9,92 C) 11,43 D) 8,57
20. Massalari bir xil bo'lgan va birikmalarida +2 oksidlanish darajasini nomoyon qiladigan bitta metaldan tayyorlangan ikki plastinkaning biri mis (II) tuzi eritmasiga, ikkinchisi kumush tuzi eritmasiga tushirildi. Birozdan so’ng plastinka eritmadan chiqarib olinganda birinchi plastinka massasi 0,8% ga, ikkinchi plastinka massasi 16 % ga ortdi. Plastinka qaysi metaldan tayyorlanganligini toping ?
A) Mg B) Zn C)Fe D) Cu
21 Massalari bir xil bo'lgan va birikmalarida +2 oksidlanish darajasini nomoyon qiladigan bitta metaldan tayyorlangan ikki plastinkaning biri mis (II) tuzi eritmasiga, ikkinchisi kadmiy tuzi eritmasiga tushirildi. Birozdan so’ng plastinka eritmadan chiqarib olinganda birinchi plastinka massasi 1,2% ga, ikkinchi plastinka miassasi 8,4 % ga ortdi. Plastinka qaysi metaldan tayyorlanganligini toping ?
A)Mg B)Zn C)Fe D)Ag
22. Massalari bir xil bo’lgan va birikmafarida +2 oksidlanish darajasini nomoyon qiladigan bitta metaldan tayyorlangan ikki plastinkaning biri mis (II) tuzi eritmasiga, ikkinchisi simob (II) tuzi eritmasiga tushirildl. Birozdan so'ng plastinka eritmadan chiqarib olinganda birinchi plastinka massasi 3,6 % ga kamaydi, ikkinchi plastinka massasi 6,675 % ga ortdi. Plastinka qaysi metaldan tayyorlanganligini toping?
A) Mg B) Zn C) Fe D) Cd
23. Tarkibida 4 g mis (II) sulfat bo’lgan eritmaga kadmiy plastinka tushirib qo’yilganda, mis batamom ajralib chiqqandan keyin plastinka massasi 3 % ga kamaydi. Plastinka massasi qancha bo’lganligini toping.
A) 25 B) 40 С) 50 D) 75
24. Og'irligi 100 g temir plastinka mis (II) sulfat 20% li 250 g eritmasiga botirildi. Ma’lum vaqtdan so’ng plastinka eritmadan olinib, yuvilib, quritilgandan keyin tortib ko’rilganda, uning massasi 102 g ni tashkil qildi. Reaksiyadan keyin eritma tarkibidagi moddalarning massa ulushini hisoblang.
A) 4; 15,3 B) 4; 6 C) 16; 15,3 D) 16; 6
25. 200 g mis (II) sulfat eritmasiga 28 g temir plastinka tushirildi. Mis batamom ajralib chiqqandan keyin plastinka metallarining to’liq erib ketishi uchun 200 ml (p=1,26 g/ml) 40 % li nitrat kislota sarflandi. Boshlang'ich aralashma-dagi tuzning konsentratsiyasini toping. (%)
A) 12 B) 18 C) 24 D) 48
26. 200 g mis (II) sulfat eritmasiga 22,4 g temir plastinka tushirildi. Mis batamom ajralib chiqqandan keyin plastinka metallarining to’liq erib ketishi uchun 150 ml (p=1,05 g/ml) 48 % li nitrat kislota sarflandi. Boshlang'ich aralashma-dagi tuzning konsentratsiyasini toping. (%)
A) 12 B) 18 C) 24 D) 48
27. 200 g mis (II) sulfat eritmasiga 14 g temir plastinka tushirildi. Mis batamom ajralib chiqqandan keyin plastinka metallarining to’liq erib ketishi uchun 100 ml (p=1,26 g/ml) 40 % li nitrat kislota sarflandi. Boshlang'ich aralashma-dagi tuzning konsentratsiyasini toping. (%)
A) 12 B) 18 C) 24 D) 48
28. 404 g 25 % li mis (II) sulfat eritmasiga 28 g temir plastinka tushirildi. Ma'lum vaqtdan keyin plastinka massasi 32 g bo’lib qoldi. Hosil bo’lgan eritmadagi tuzlar konsentratsiyasini toping. (%)
A) 21; 76 B) 5,25; 19
C) 10,5; 38 D) 15,75; 57
29. Og'irligi 2 g bo'lgan mis plastinka simob(II) nitrat eritmasiga tushirib qo'yildi. Biroz vaqtdan so’ng plastinka massasi 2,024 g ekanligi ma'lum bo'lgan. Shundan keyin plastinka massasi o’zgar-may qolguncha qizdirilgan. Shu jarayondan keyin plastinka massasi qanday bo'ladi?
A) 1,989 B) 2,01 C) 1,323 D) 1,212
30. 200 ml 0,5 molyarli kumush nitrat eritmasiga og'irligi 10 g bo'lgan mis plastinka tushirildi. Ma'lum vaqtdan keyin eritmadagi kumush nitratning massasi 2 marta kamaygan bo’lsa, plastinka massasi qanday o'zgargan?
A) 3,8 g ga ortgan B) 7,6 g ga ortgan
C) 3,8 g ga kamaygan D) 7,6 g ga kamaygan
31. 17 % li 400 ml (p=1,25 g/ml) kumush nitrat eritmasiga og’irligi 20 g bo'lgan temir plastinka tushirildi. Plastinka massasi 36 g bo'lganda eritmadan chiqarildi. Qolgan eritmadagi moddalarning massa ulushini (%) aniqlang.
A) 5,6; 10,3 B)14,6
C) 7,6; 9,8 D) 3,7; 10,5
32. Kumush nitratning 136 ml (p=1,25g/ml) 10 % li eritmasiga 10g mis plastinka tushirildi. Plastinkaning massasi 12,28 g bo’lganda eritmadan chiqarib olinsa, qolgan eritmadagi kumush nitratning massasini aniqlang.
A) 5,1 B) 17 C) 3,21 D) 11,9
33. Kadmiy sulfatning 16 % li 500 g eritmasiga og'irligi 20 g bo'lgan rux plastinka tushirildi. Biroz vaqtdan so’ng plastinkani eritmadan chiqarib, quritilib tortilganda uning massasi 21,88 g ni tashkil qildi. Plastinkadagi ruxning massa ulushini (%) aniqlang.
A) 91,4 B) 20,5 C) 29,4 D)79,5
34. 400 g 17 % li kumush nitrat eritmasiga mis plastinka tushirildi. Ma'lum vaqt o’tgach ushbu tuz konsentratsiyasi 8,83 % ni tashkil qildi. Eritmaga tushirilgan misning hammasi kumush bilan almashganligi ma’lum bo'lsa, mis plastinka massasi (g) qancha bo'lgan?
A) 10,8 B) 3,2 C)6,4 D) 5,6
35. 530,4 g 20 % li kumush nitrat eritmasiga mis plastinka tushirildi. Ma'lum vaqt o’tgach ushbu tuz konsentratsiyasi 7,616 % ni tashkil qildi. Eritmaga tushirilgan misning hammasi kumush bilan almashganligi ma‘lum bo'lsa, mis plastinka massasi (g) qancha bo'lgan?
A) 10,8 B) 3,2 C)9 6,4 D) 12,8
36. 504 g 25 % li mis (II) sulfat eritmasiga temir plastinka tushirildi. Ma’lum vaqt o'tgach ushbu tuz konsentratsiyasi 9,2 % ni tashkil qildi. Eritmaga tushirilgan temirning hammasi mis bilan almashganligi ma'lum bo'Isa, Fe plastinka massasi (g) qancha bo'lgan?
A) 14 B) 21 C) 28 D) 35
37. Ikkita idishda 50 g dan noma'lum metall nitrat eritmalari to'ldirilgan. Birinchi idishga rux, ikkinchi idishga shuncha miqdorda magniy qo'shildi. Reaksiya oxirida qoldiq ajratilganda ikkala idishdagilar massasi 0,164 g ga farq qildi. Bu qoldiqlar qizdirilib, xlorid kislota eritmasi bilan ishlanganda ikkala holatda ham kislota bilan ta'sirlashmasdan 0,864 g metall qolib ketdi. Metalni va boshlang'ich idishdagi tuzning massa ulushini aniqlang.
A) Ag, 2,72 % В) Сu, 1,36 %
С) Hg, 3.54 % D) Au, 2,84%
38.Ikkita idishda 50 g dan noma’lum metall nitrat eritmalari to'ldirilgan. Birinchi idishga rux, ikkinchi idishga shuncha miqdorda magniy qo’shildi. Reaksiya oxirida ikkala idishdagilar massasi 0,41 g ga farq qildi. Bu qoldiqlar qizdirillb, xlorid kislota eritmasi bilan ishlanganda ikkala holatda ham kislota bilan ta'sirlashmasdan 0,64 g metall qolib ketdi. Metalni va boshlang'ich idishdagi tuzning’ massa ulushini aniqlang.
A) Ag, 2,92 % B) Cu, 3,76 %
C) Hg, 2,54 % D) Au, 3,64 %
39. Ikkita idishda 80 g dan noma’lum metall nitrat erifmalari to'ldirilgan. Birinchi idishga rux, ikkinchi idishga shuncha miqdorda magniy qo'shildi. Reaksiya oxirida qoldiq ajratilganda ikkala idishdagilar massasi 0,328 g ga farq qildi. Bu qoldiqlar qizdirilib, xlorid kislota eritmasi bilan ishlanganda ikkala holatda ham kislota bilan ta'sirlashmasdan 1,728 g metall qolib ketdi. Metalni va boshlang'ich idishdagi tuzning massa ulushini aniqlang.
A) Ag, 3,4 % B) Cu, 3,76 %
C) Hg, 2,5 % D) Au, 2,64 %
40. 10 g massali temir plastinka 100 ml (p=1 g/ml) МеСl2 eritmasiga tushirildi. Metall to'liq ajralgandan keyin uning massasi 10,1 g bo'lib qoldi. 10 g massali kadmiy plastinka xuddi shunday eritmaga tushirilgandan teyin uning massasi 9,4 g bo‘lib qoldi. Boshfang'ich eritmadagi tuzning massa ulushini aniqlang.
A) 1,69 B) 2,35 C) 3,12 D)4,25
41. 12 g massali temir plastinka 80 ml (p=l,25 g/ml) МеSO4 eritmasiga tushirildi. Metall to'liq ajralgandan keyin uning massasi 12,32 g bo'lib qoldi. 12 g massali kadmiy plastinka xuddi shunday eritmaga tushirilgandan keyin uning massasi 10,08 g bo'lib qoldi. Boshlang'ich eritmadagi tuzning massa ulushini aniqlang.
A) 1,6 B) 2,4 C) 3,2 D)6,4
42.Temir va ruxdan iborat plastinka mis (II) sulfat eritmasiga tushirilganda 12,8 g mis ajralib chiqdi. Xuddi shunday plastinka temir (II) sulfat eritmasiga tushirilganda plastinka massasi 0,63 g ga kamaydi. Boshlang'ich plastinkadogi temir massa ulushini aniqlang.
A) 0,615 B) 0,384
C) 0,424 D)0,576
43.Temir va ruxdan iborat plastinka mis (II) sulfat eritmasiga tushirilganda 3,2 g mis ajralib chiqdi. Xuddi shunday plastinka temir (II) sulfat eritmasiga tushirilganda plastinka massasi 0,09 g ga kamaydi. Boshlang'ich plastinkadagi temir massa ulushini aniqlang.
A) 0,775 B) 0,124 C) 0,225 D) 0,876
44.Temir va ruxdan iborat plastinka mis (II) sulfat eritmasiga tushirilganda 32 g mis ajralib chiqdi. Xuddi shunday plastinka temir (II) sulfat eritmasiga tushirilganda plastinka massasi 2,7 g ga kamaydi. Boshlang'ich plastinkadagi temir massa ulushini aniqlang.
A) 0,716 B) 0,284
C) 0,635 D) 0,365
45.Massasi 40 g bo'lgan mis plastinka 500 g 20% li kumush nitrat eritmasiga tushirildi va eritmadagi tuzlar konsentratsiyalari teng bo'lganda chiqarib olindi. Hosil bo'lgan eritmadagi tuzlarning massa ulushlari qanchadan bo'lib qolganligini va chiqarib olingan plastinka massasini aniqlang.
A) 7,56 %; 68,8 B) 4,88 %; 11,2
С) 7,56 %; 11,2 D) 4,88 %; 68,8
46. Massasi 30 g bo'lgan mis plastinka 400 g 13,2% li kumush nitrat eritmasiga tushirildi va eritmadagi tuzlar konsentratsiyalari teng bo'lganda chiqarib olindi. Hosil bo'lgan eritmadagi tuzlarning massa ulushlari qanchadan bo'lib qolganligini va chiqarib olingan plastinka massasini aniqlang.
A) 3,56 %; 45,2 B) 4,88 %; 45,2
C) 3,56 %; 14,8 D) 4,88 %; 14,8
47. Temir va rux bor plastinka kadmiy sulfat eritmasi orqali o'tkazilganda massasi 35,6 g ga ortdi. Xuddi shunday aralashma qo'rg'oshin nitrat eritmasida eritilganda uning massasi 102,1 g ga ortdi. Boshlang'ich plastinkadagi metallar massasini aniqlang. (g)
A) 16,8; 26 B) 28; 19,5
C) 32,5; 28 D) 14; 16,25
48.Temir va rux bor plastinka kadmiy sulfat eritmasi orqali o'tkazilganda massasi 42,1 g ga ortdi. Xuddi shunday aralashma qo’rg’oshin nitrat eritmasida eritilganda uning massasi 118,1 gga ortdi. Boshlang'ich plastinkadagi metallar massasini aniqlang. (g)
A) 16,8; 32,5 B) 28; 19,5
C) 32,5; 28 D) 14; 16,25
49. Temir va rux bor plastinka kadmiy sulfat eritmasi orqali o'tkazilganda massasi 25,75 g ga ortdi. Xuddi shunday aralashma qo’rg’oshin nitrat eritmasida eritilganda uning massasi 73,25 g ga ortdi. Boshlang'ich plastinkadagi metallar massasini aniqlang. (g)
A) 16,8; 32,5 B) 28; 19,5
C) 32,5; 28 D) 14; 16,25
50.Kadmiy sulfat eritmasiga 50 g rux plastinka tushirildi. Barcha kadmiy plastinkaga ajralib chiqqandan keyin plastinka massasi 3,76 % ga ortdi. Plastinkada ajralib chiqqan kadmiy massasini toping.
A) 2,24 B) 1,12 C) 4,48 D) 3,36
51. Massasi 150 g 20 % li xlorid kislota tutuvchi eritmaga rux plastinka tushirildi. Plastinka massasi 6,5 g ga kamayganda u eritmadan chiqarib olindi. Hosil bo'lgan eritmadagi moddalar massa ulushlarini (%) toping.
A) 14,52; 8,70 B) 15,13; 9,06
C) 15,81; 9,47 D) 14,50; 8,69
52. Massasi 4,01 g bo'lgan ikki valentli metall tutuvchi metall xlorid eritmasiga 13,55 g rux plastinka tushirildi. Metall to'liq ajralgandan keyin plastinka massasi o’lchanganda uning massasi 20 % ga ortganligi ma'lum bo'ldi. Eritmada qaysi metall xloridi bo'lganligini toping
A) Сu B) Fe C)Cd D) Hg
53. Massasi 2,24 g bo'lgan ikki valentli metall tutuvchi metall xlorid eritmasiga 50 g rux plastinka tushirildi. Metall to'liq ajralgandan keyin plastinka massasi o'lchanganda uning massasi 1,88 % ga ortganligi ma'lum bo'ldi. Eritmada qaysi metall xloridi bo'lganligini toping.
A)Сu B) Fe C)Cd D) Hg
54. Massasi 3,2 g bo'lgan ikki valentli metal tutuvchi metall xlorid eritmasiga 50 g temir plastinka tushirildi. Metall to'liq ajralgandan keyin plastinka massasi o'lchanganda uning massasi 0,8 % ga ortganligi ma'lum bo'ldi. Eritmada qaysi metall xloridi bo’lganligini toping.
A) Сu В) Zn С) Cd D) Mg
55. Tarkibida 35,8 g metall nitrati tutgan eritmaga 40 g rux plastinka tushirib qo'yildi. Kimyoviy jarayon to’xtagach plastinka massasi 5 % ga kamaydi. Metalni aniqlang.
A) Mn В) Ag C) Fe D) Cd
56. Tarkibida 64 g metall sulfati tutgan eritmaga 20 g rux plastinka tushirib qo’yildi. Kimyoviy jarayon to'xtagach plastinka massasi 2 % ga kamaydi. Metalni aniqlang.
A) Mn B) Cd C) Fe D) Cu
57. Mis (II) xlorid eritmalariga ikkita ikki va uch valentli noma'lum metaldan iborat plastinkalar tushirildi. Ma’lum vaqt o'tgach birinchi plastinka massasi 2,4 % ga, ikkinchi plastinka massasi esa 1,92 % ga oshdi. Metallarning ekvivalent massalari nisbati 3:4 bo'lsa, ushbu ikki metaldan 2:3 mol nisbatda olingan 0,25 mol qotishmaning massasini aniqlang.
A) 9,6 B) 5,20 C) 8,05 D) 11,2
58. Kumush nitrat eritmalariga ikkita ikki va uch valentli noma'lum metaldan iborat plastinkalar tushirildi. Ma’lum vaqt o'tgach birinchi plastinka Massasi 4,56 % ga, ikkinchi plastinka massasi esa 5,44 % ga oshdi. Metallarning ekvivalent massalari nisbati 1,2:0,65 bo’lsa, ushbu ikki metaldan 3:4 mol nisbatda olingan 0,35 mol qotishmaning massasini aniqlang
A)20 B) 15 C) 20,15 D) 9
59. 252 g 20 % li mis (II) sulfat eritmasiga noma’lum massadagi temir plastinka tushirilganda plastinkaning 25 % i sarflanib eritmadagi (II) sulfatning massa ulushi 4,16 % bo’lib qoldi. Hosil bo’lgan plastinka massasini aniqlang.
A)84,5 B)52 C) 56 D) 58
60. 126 g 30 % li mis (II) sulfat eritmasiga ma’lum massadagi temir plastinka tushirilganda plastinkaning 8 % i sarflanib eritmadagi
mis (II) sulfatning massa ulushi 14,24 % bo'lib qoldi. Hosil bo’lgan plastinka massasini aniqlang.
A) 84,5 B) 86 C) 87,5 D)88,5
61. 404 g 25 % li mis (II) sulfat eritmasiga noma'lum massadagi temir plastinka tushirilganda plastinkaning 40 % i sarflanib eritmadagi mis (II) sulfatning massa ulushi 5,25 % bo’lib qoldi. Hosil bo’lgan plastinka massasini aniqlang.
A) 74 B) 72 C)66 D) 70
62. 227 g 20 % li mis (II) sulfat eritmasiga noma'lum massadagi temir plastinka tushirilganda plastinkaning 20 % i sarflanib eritmadagi mis (II) sulfatning massa ulushi 2,4 % bo'lib qoldi. Hosil bo'lgan plastinka massasini aniqlang.
A) 68 B) 70 C) 72 D)74
63. 60 g temir plastinkani 2 molyarli mis (II) xlorid eritmasida tutib turilganda plastinka massasi 5 % ga ortdi. Mis (II) xlorid eritmasining hajmini (ml) aniqlang.
A) 125 B) 312,5 C) 150 D) 187,5
64. 50 g temir piastinkani 1,25 molyarli mis (II) xlorid eritmasida tutib turilganda plastinka massasi 4 % ga ortdi. Mis (II) xlorid eritmasining hajmini (ml) aniqlang.
A) 125 B) 300 C) 150 D) 200
65. 15,4 g Cd(NO3)2∙4H2O kristallogidratidan eritma tayyorlanib, unga rux plastinka tushirildi. Ma'lum vaqtdan keyin plastinka massasi 0,94 g ga ortdi. Keyin eritma Cd(NO3)2∙4H2O va Zn(NO3)2∙6H2O kristallogidratlari paydo bo'lgunga qadar qizdirildi. Hosil bo’lgan kristallogidratlar massasini aniqlang.
A) 6,16; 5,94 B) 9,32; 5,86
C)9,24; 5,94 D) 3,08; 2,97
66. 16,8 g Fe plastinka 250 g mis (II) sulfat eritmasiga tushirildi. Mis batamom ajralib chiqqandan so'ng plastinka metallarini to'liq erib ketishi uchun 100 ml 50 % li HNO3 eritmasi (p=1,26 g/ml) sarflandi. Boshlang’ich eritmadagi tuz konsentratsiyasini (%) aniqlang. Metallar HNO3 bilan NO hosil qiladi.
A) 18 B) 9,6 C) 12 D) 19,2
67. Mo’l miqdorda mis (II) sulfat eritmasiga 256 g temir plastinka tushirildi. Birozdan so'ng plastinka massasi 259,2 g bo’lib qoldi. Eritmadan olingan plastinkadagi misning massa ulushini (%) aniqlang.
A) 1,23 B) 4,4 C) 4,94 D) 9,88
68. Mis (II) sulfat eritmasiga temir plastinka tushirilganda plastinka massasi 10 % ga ortganligi ma'lum bo'lsa, temirning necha foizi sarflanganligini aniqlang.
A) 50 B) 60 C) 70 D) 80
69. Sulfat kislotaning 40 % li eritmasiga 19,2 g magniy sharcha tushirildi. Sharcha chiqarib olingach uning diametri 2 marta kamaydi. Hosil bo'lgan eritmada kislota konsentratsiyasi 21,31 % li bo'lib qoldi. Hosil bo'lgan eritma massasini aniqlang.
A) 384,6 B) 396 C) 400 D) 409,6
70. Xlorid kislotaning 20 % li eritmasiga 6,48 g magniy sharcha tushirildi. Sharcha chiqarib olingach uning diametri 3 marta kamaydi. Hosil bo'lgan eritmada kislota konsentratsiyasi 3,9008 % li bo'lib qoldi. Boshlang'ich eritma massasini aniqlang.
A) 119,28 B) 123,4 C) 125 D) 142
71. Xlorid kislotaning 20 % li eritmasiga 5,2 g rux sharcha tushirildi. Sharcha chiqarib olingach uning diametri 2 marta kamaydi. Hosil bo'lgan eritmada kislota konsentratsiyasi 8,016 % li bo'lib qoldi. Hosil bo'lgan eritma massasini aniqlang.
A) 45,59 B) 48,6 C) 50 D) 52
72. Mis (II) sulfat eritmasiga rux plastinka tushirilganda plastinka massasi qanday o’zgaradi (a), eritma massasi qanday o'zgaradi(b)?
A)a-ortadi; b-ortadi
B)a-ortadi; b-o'zgarmaydi
C)a-kamayadi; b-o'zgarmaydi
D)a-ortadi; b-kamayadi
Do'stlaringiz bilan baham: |