SIFAT REAKSIYALARI (ABC)
1.Oddiy gazsimon sarg'ish-yashil rangli va o'tkir hidli A modda kumushsimon-oq, zichligi suvnikidan kichik bo'lgan В metall bilan ta'sirlashdi. Natijada alanga rangini binafsha rangga bo'yaydigan С modda hosil bo'ldi. Ushbu qattiq С moddaga konsentrlangan sulfat kislota ta'sir ettirilganda suvda yaxshi eriydigan rangsiz gaz ajraldi.
A, В va С moddalarni aniqlang.
A) A-Cl2; B-K; C-KCl
B) A-Cl2; B-Na; C-NaCl
C)A-Br2; B-K; C-KBr
D) A-Br2; B-Na; C-NaBr
2.Oddiy, noturg'un A modda boshqa В moddaga boshqa va В modda atmosferasida С metall yonib metali kki xil oksidlanish darajasini namoyon qiladigan oksid hosil qiladi. A moddaning normal sharoitdagi zichligini toping.
A) 1,43 В) 2,14 C) 1,78 D) 1,25
3.O’tkir hidli rangsiz A gaz katalizator ishtirokida kislorod bilan oksdilanib o'zini uchuvchan suyuqlik sifatida nomoyon qiluvchi В moddaga aylanadi. В modda so'ndirilmagan ohak eritmasi bilan ta'sirlashib С tuzini hosil qildi. A, В va С moddalarni ko'rsating.
A)A-CO; В-CO2; C-CaCO3
B)A-SO2; В-SO3; C-CaSO4
C)А-Сl2; B-ClO2; C-Ca(OCl)2
D)A-NO; B-NO2; C-Ca(NO3)2
4.A tuzi eritmasi qizdirilganda В cho'kma hosil bo'ladi. Ushbu cho'kma ishqor ta'sirida A tuzga aylanadi. A tuzga kislota ta'sir ettirilganda kaliy permanganat eritmasini rangsizlantiruvchi С gaz ajraladi. A, В va С moddalarni ko'rsating.
A)A-Ca(HSO3)2; B-CaSO4; C-SO2
B)A- Ca(OCl)2 ; B- CaCl2; C-HCl
C) А- Са(НСО3)2; В-CaCO3; C-CO2
D) A- CaCO3; B- CaCl2; C-HCl
5.A gaz modda konsentrlangan sulfat kislota bilan oksidlanganda oddiy modda B, murakkab modda С va suv hosil bo'ldi. A va С modda eritmalari o'zaro ta'sirlashib В cho'kmani hosil qildi. A, В va С moddalarni aniqlang.
A)A- H2S; B-S; C-SO3
B)A-SO2; B-S; C-SO3
C)A-H2S ; B-S; C-SO2
D)A-NO; B-N2; C-NO2
6.Bo'g'uvchi A gaz, bromli suv orqali o'tkazilganda oddiy modda В cho'kmaga tushdi. В modda konsentrlangan natriy sulfit eritmasida erib С tuz hosil qiladi. С tuz eritmasi kumush galogenid cho'kmasi bor eritma orqali o'tkazilganda tiniq eritma hosil bo'ldi. A, В va С moddalarni aniqlang.
A)A- H2S; B-S; C-Na2S2O3
B)A-SO2; B-S; C- Na2S2O3
C) A-H2S; B-S; C-Na2SO4
D)A-NO; B-N2; C-NaNO3
7.A gaz modda konsentrlangan sulfat kislota ta'sirida oddiy В moddaga aylanadi. В modda vodorod sulfidi bilan ta'sirlashib, oddiy С modda va boshlang'ich A moddani hosil qildi. A, В va С moddalarni aniqlang.
A)A-HВr; B- Br2; C-H2
B)A-H2S; В - S; C-H2
C)A-HBr; B- Br2; C-S
D)A-H2S; B- S; C-S
8.Quyidagi o'zgarishlar asosida A, В va С moddalarni toping.
A + H2 → В A + H2O→В + С
A + H2O + SO2 → B+...
С yorug’lik nuri B+….
A)А-Вr2; В-НВr; С-HВrO3
B)A-Na; B-NaH; C-NaOH
C)A-Cl2; B-HCl; C-HClO
D)A-Cl2; B-HCl; C-HClO3
9.Xlorni kuchli A kislota eritmasidan o'tkazganimizda oddiy В modda ajraldi va eritma to'q tusga kirdi. Xlor o'tkazish davom ettirilganda В modda С kislotaga aylandi va eritma rangsizlandi. A, В va С moddalarni aniqlang.
A)A-HJ; B-J2 ; C-HJO3
B)А-НВr; В-Вr2; С-НВrО3
C)A-H2; B-F2; C-HF
D)A-HJ; B-J2; C-HJ
10.Quyidagi o'zgarishlar asosida A, В va С moddalarni toping.
A + O2→ В +... А + В↔С+…
A + Br2 → С +... С + H2SO4 (kons) → В +...
A)A-H2S; В- SO2; C-S
B)A-H2S; B-S; C-SO2
C)А-СH4; B- CO2; C-CS2
D) A-H2S; B- S ; C-SO3
11.Odatdagi sharoitda suyuq bo'lgan ikkita A va В oksid o’zaro ta'sirlashishidan С modda hosil bo’lib, С moddaning konsentrlangani ta'sirida saxaroza ko'mirlanadi. A, В va С moddalarni ko'rsating.
A) A-H2O; B- SO2; C-H2SO3
B) A-H2O; B- SO3; C-H2SO4
C) A-H2O; B- N2О5; C-HNO3
D)A-CaO; B-H2O; C-Ca(OH)2
12.Rangsiz, o'tkir hidli A gaz kislorod bilan yondirilganda, rangsiz va hidsiz В gaz hosil bo’ldi. В modda xona tempraturasida litiy bilan ta’sirlashib qattiq С moddani hosil qiladi. A, В va С moddalarni aniqlang.
A)А-NН3; В- H2; С-LiH
B)A-NH3; В- N2; C-Li3N
C)A-HBr; В- Вr2; C-LiBr
D)A-H2S; В- S; C-Li2S
13. Rangsiz, o'tkir hidli, havodan yengil A gaz kuchli В kislota bilan ta'sirlashib С tuz hosil bo’ldi. С tuzning suvli eritmasi bariy xlorid bilan ham kumush nitrat bilan ham cho'kma hosil qilmaydi. A, В va С moddalarni aniqlang.
A)A-O2; B-HCl; C-HClO
B)A-NH3; B-HNO3; C-NH4NO3
C)A- NH3; В- HCl; C- NH4Cl
D)A-NH3; B- H2SO4; С- (NH4)2SO4
14. Ikkita oddiy moddadan hosil bo'lgan X modda ham xlor (mo’l miqdorda) bilan, ham vodorod xlorid bilan reaksiyaga kirishadi va har ikki holatda ham bir xil oq suvda eriydigan modda olinadi.
X moddani aniqlang.
A) NH3 B)H2S C) SO2 D)H2O
15. A modda xlorid kislota bilan ta’sirlashgan rangsiz gaz ajraldi. Reaksiya tugaganidan so'ng aralashmaga qattiq natriy gidroksid qo'shilganda xuddi shunday massadagi, ammo hajmi ikki marta ko'p gaz ajraldi. A moddani aniqlang.
A)(NH4)2S В) К2S
С) Na2SO3 D)NH4Cl
16.Qo'ng’ir A gaz atmosferasida oddiy В modda yonadi va natijada ikkita gazsimon modda - murakkab va oddiy С modda hosil bo'ldi. Bu ikkala modda ham havo tarkibiga kiradi. Oddiy modda magniy bilan reaksiyaga kirisha oladi. A, В va C moddalarni aniqlang.
A)A-NO2; В- С; C-N2
B)A-NH3; B- H2; C-N2
C)A-NO2; В- CO; C-N2
D)A-NO; B-NO2; C-N2
17.Quyidagi o'zgarishlar asosida A, B va C moddalarni toping.
A + О2 → В В + Н2О→ А +С
С + Сu →t А +... В + Сu→t А +...
A)А-S; В-SO2; C-H2SO3
B)A-NO; B-NO2; С-NН3
C)A-N2; В-NO; C-HNO2
D)A-NO; B-NO2; C-HNO3
18. Oq, qattiq, suvda yaxshi eriydigan A modda o‘zini kislota sifatida nomoyon qiladi. Ushbu A modda eritmasiga В oksid qo'shilganda oq, suvda erimaydigan С modda hosil bo'ldi. С modda qum va ko’mir mavjudligida yuqori tempratura ostida qizdirilganda A modda tarkibiga kiruvchi element oddiy moddasi hosil bo'ldi. A, В va С moddalarni toping.
A)A-H2PO4; B-K2O; C-K3PO4
B)A-H3PO4; B-CaO; C-Ca3(PO4)2
C)A-H2SO4; B-CaO; C-CaSO4
D)A-HNO3; B-K2O; C-KNO3
19. Murakkab A modda mo’l miqdordagi magniy bilan qizdirilganda ikki xil modda hosil bo'ldi. Ulardan biri - B modda xlorid kislota ta'sirida zaharli С gaz ajratadi. С gaz yoqilganda yana boshlang'ich A modda va suv hosil bo’ladi.
A, В va С moddalarni toping.
A) А-СО2; В-МgСО3; C-CH4
B)A-SiO2; B-MgSiO3; C-SiH4
C)A-SiO2; B-Mg2Si; C-SiH4
D) A-Si; B-Mg2Si; C-SiH4
20. Quyidagi o'zgarishlar asosida A, В va С moddalarni toping.
A + В + H2O → C A + HCl→ В + ...
С + HCl → В +... A→B+…
A) A- CaCO3; B-CO2; С-Са(НСО3)2
B) A- Na2CO3; В-СО2; C-NaHCO3
C) А- K2СО3; B-CO2; С-KНСО3
D) A- FeCO3; В-СО2; C-Fe(HCO3)2
21. Kalsiy gidroksid eritmasini A tuz eritmasiga ta’sir ettirganda В cho'kma hosil bo'ldi. Kalsiy xlorid eritmasini A tuz eritma-siga ta’sir ettirganda hech qanday o’zgarish sodir bo'lmadi. Kuchli kislotalar A moddani С gaz ajratib parchalaydi va hosil bo'lgan eritma kaliy permanganat eritmasini rangslzlantirmaydi. A, В va С moddalarni aniqlang.
A)A- Ca3(PO4)2 ; В- СаСО3; С- CO2
B)A- NaHCO3; B- Na2CO3; С- СО2
C)A- CaCO3; В- Са(ОН)2 ; С- CO2
D) A- Ca(HCO3)2; В- CaCO3; С- СО2
22.Oddiy modda A vodorod bilan portlab reaksiyaga kirishadi va В gaz hosil qiladi, В gazning suvli eritmasi kuchsiz kislota xossasini nomoyon qiladi va kremniy (IV) oksidini С gaz ajratib eritadi. A, В va С moddalarni aniqlang.
A)A-Cl2 ; B- HCl; C-SiCl4
B)A-F2; B-HF; C-SiF4
C)A-N2 ; B- NH3; С-Si3N4
D)A-O2; B- H2O; C-SiF4
23.Yengil, kumushsimon-oq, oddiy, yaxshi issiqlik va elektr o'tkazuvchanlikka ega bo'lgan A modda qizdirilganda suv bilan ta'sirlashib ikkita modda hosil qiladi: oddiy va murakkab B, modda. В modda С kislota bilan ta’sirlashib bariy xlorid qo’shilganda oq cho'kma hosil qiladigan, kislota va ishqorlarda erimaydigan tuz hosil qiladi. A, В va С moddalarni ko'rsating.
A)A-Li; B-LiOH; C-H2SO4
B)A-K; B-KOH; C-H2SO4
C)A-Li; B-LiOH;. C-HCl
D)A-Na; B-NaOH; C-H2SO4
24. Kumushsimon-oq, yengil, yaxshi elektr va issiqlik o'tkazuvchanlikka ega bo'lgan A modda qizdirilganda boshqa oddiy modda В bilan ta'sirlashadi. Hosil bo'lgan qattiq modda kislotalarda С gaz ajratish yo'li bilan eriydi, С modda sulfit kislota eritmasi orqali o'tkazilganda В modda cho’kmaga tushadi. A, В va С moddalarni ko'rsating.
A)A-Al; B-C; C-CH4
B)A-Al; B-S; C-H2S
C)A-K; В-S; C-H2S
D)A-Al; B-N2; C-NH3
25.To'q malla rangdagi oddiy amorf A modda yuqori tempraturada boshqa sariq rangdagi oddiy В modda bilan ta'sirlashganda qattiq oynasimon С modda hosil bo'ldi. С modda suv ta'sirida to'liq parchalandi va D va E kislotalar hosil qildi. A-Е moddalarni aniqlang.
A)A-Al; B-Cl2; C-AlCl3; D-Al(OH)3; E-HCl
B)A-Al; B-S; C-Al2S3; D-Al(OH)3; E-H2S
C)A-В; B-S; C-B2S3; D-H3BO3; E-H2S
D)А-Si; B-Cl2; C-SiCl4; D-H2SiO3; E-HCl
26. Kulrang-qo'ng'ir rangdagi oddiy kristallik A modda gazsimon oddiy В modda bilan ta'sirlashib, qiyin suyuqlanadigan С modda hosil qildi. С modda issiq ishqor eritmasi ta'sirida D tuzi va ammiak hosil,qilib parchalandi. A-D moddalarni aniqlang.
A)A-Al; B-N2; C-AlN; D-KBO2
B)A-В; B-O2; C-B2O3; D-KBO2
C)A-В; B-N2; C-BN; D-KBO2
D)A-В; B-S; C-B2S3; D-KBO2
27. Ikkita uch atomli A va В gazning har biri kaliy aluminat eritmasiga qo'shilganda cho'kma tushadi. Har ikkala gaz ham ikki xil element atomidan tashkil topganligi ma'lum bo'lsa, A va В moddalarni aniqlang. Qaysi modda yordamida ularni farqlash
mumkin?
A)A-CO2; B-SO2; H2S bilan
B)А-СО2; B-SO2; NH3 bilan
C)A-NO2; B-SO2; H2S bilan
D)A-NO2; B-CO2; NH3 bilan
28. Ikkita tuz bor – A va B. Ularning biri-A, to’q sariq rangda, suvda yaxshi eriydi, alangani oqish- binafsha rangga bo'yaydi, oksidlovchi, kislotali muhitda qaytaruvchilar bilan ta'sirlashganda eritma rangi yashil-binafsha rangga o'zgaradi. Ikkinchi tuz-B, oq, qizdirilganda gazsimon mahsulotlarga parchalanadi, tuzning eritmasi kumush nitrat eritmasi bilan ta'sirlashganda oq-suzmasimon (tvorogsimon) cho'kma hosil bo'ladi. A va В tuzlar o'zaro ta’sirlashishi ma’lum bo’lsa, ularni ko'rsating.
A)А-КМnО4; B-NH4NO3
B)A-K2CrO4; B-NH4NO2
C)A-К2SO4; B-NH4NO3
D)A-К2Сr2О7; B-NH4Cl
29. Suvda erimaydigan, qo'ng'ir rangdagi A modda qizdirilganda ikkita oksid hosil qilgan holda parchalanadi. Oksidlardan biri suvligi ma'lum. Ikkinchi oksid-B, uglerod bilan qaytarilganda yer yuzida tarqalishi bo'yicha ikkinchi o'rinda turadigan С metalni hosil qiladi. A, В va С moddalarni aniqlang.
A)A-Fe(OH)3; В-Fе2О3; С-Fе
B)А-А1(ОН)3; B-Al2O3; С-Al
C)A-Ca(OH)2; B-CaO ; С-Са
D)А-FеСО3; В-FеО; С-Fе
30. A tuzi ikki elementdan tashkil tashkil topgan bo'lib, havoda yondirilganda ikkita oksid hosil bo’ladi. Ulardan biri- B, qattiq, qo'ng'ir rangdagi va gazsimon bo'lib kumushsimon-oq С metall bilan o'rin olish reaksiyasiga kirishadi A, В va С moddalarni ko'rsating.
A)A-FeS; B-FeO; C-Al
B)A-FeS; В-Fе3O4; C-Mn
C)A-FeS; В- Fe2O3;C-Al
D)A-CuS; B-CuO; C-Mn
Do'stlaringiz bilan baham: |