Ayon qutbii sinxron generatorda qo‘zg‘alish hosil qilgan magnit maydon induksiyasi garmonikalarining mashma havo oralig‘idagi Stator yuzasi bo'lab taqsimlanishi;
b — qutb uchligi kengligi.
oid qutblar sonining oshishi va mos ravishda qutblar bolinmasining kamayishi ulaming taitibiga bog‘liq bo'ladi; Im esa ulammg ©IggB xas xususiyati fazoviy garmonikalar deyiladi, chunki bu gamjonikalar induksiyasining taqsimlanishi fazoviy koordinatalarga bog^hq boiib, vaqtga esa bog‘liq emas. Bu garmonikalarga hisoblanadi.
Magnit maydon 1 -garmonikasining o1t-kazgichda hosil qilgan EYK
ning 1-garmonikasi (eo’tk 1), uning amlitudasi (Eo’tk max 1,) va ta’sir etuvehi
(Eo’tk1) qiymatlari quyidagilaiga teng bo‘ladi:
bu yerda: Bbmax1— mashina havo oralig‘idagi magnit maydon induksiyasining 1 -garmonikasi, T; /s — o‘tkazgichning aktiv magnit maydon ta’siridagi uzunligi, m; v — aylanma magnit maydonning burchak tezligi, m/s.
Xulosa.
Bugungi dunyo sanoati rivojlanishining asosini energetika ishlab chiqarish bilan baholash mumkin. Elektr energiyasi sanoati elektr energiyasini ishlab chiqarish va uni isteʻmolchilarga uzatish tarmoqlaridan iborat. Ushbu tarmoq mamlakat yoki iqtisodiy rayon miqyosida sanoatni joylashtirishga muhim taʻsir koʻrsatadi. Bu taʻsir ikki yoʻnalishda sodir boʻladi. Birinchi yoʻnalish elektr energiyani katta masofaga uzatishdan iborat. Bu esa mamlakatning barcha xududlarida sanoatni rivojlantirishga imkon beradi. Ikkinchi yoʻnalish moʻl-koʻl va arzon elektr energiyasi ishlab chiqaradigan xududlarda energiyani koʻp talab qiladigan sanoat tarmoqlarini joylashtirishdan iborat. Elektr energiyasini koʻp talab qiladigan sanoat tarmoqlariga titan, alyuminiy, magniy, sintetik tola, sintetik kauchuk, sintetik ammiak ishlab chiqarish kiradi. Bir tonna titan ishlab chiqarish uchun 60 ming kVt/soat, magniy uchun 26 ming kVt/soat, alyuminiy ishlab chiqarish uchun esa 20 ming kVt/soat elektr energiyasi sarf boʻladi. Demak, ishlab chiqarilgan maxsulot tan narxining asosiy qismini energetika harajatlari tashkil qilsa, bunday ishlab chiqarish koʻp energiya talab qiladigan ishlab chiqarish deb ataladi. Elektr energiyasini kamroq talab qiladigan tarmoqlarga qora metallurgiya (elektrometallurgiyadan tashqari), soda va qogʻoz ishlab chiqarish, mashinasozlik, mebel, fanera va toʻqimachilik sanoati kiradi. Elektr energiyasi sanoatini joylashtirishda quyidagi omillar hisobga olinadi: a) yoqilgʻi va gidroenergetika resurslari; b) ishlab chiqarishdagi va elektr energiyani uzatishdagi texnika taraqqiyoti; v) isteʻmolchining joylashishi. Ushbu tarmoqning asosiy hususiyati shundan iboratki, elektr energiya ishlab chiqarish uni isteʻmol qilish bilan bir vaqtga toʻgri keladi. Mamlakat xalq xoʻjaligi yoki iqtisodiy rayon xoʻjaligi uchun ishlab chiqarilgan energiya tannarxining past boʻlishi katta ahamiyatga ega. Elektr energiyaning tannarxi elektr stantsiyalarda ishlatiladigan yoqilgʻini qazib olish va tashib kelishga ketadigan harajatga bogʻliq. Shu sababli, elektr stantsiyalarni qurish uchun joy tanlanayotganda yoqilgʻini tashib kelishga va elektr energiyani isteʻmolchiga yetkazib berishga ketadigan harajatlar hisobga olinadi. Agar yoqilgʻini tashib kelish harajati elektr energiyani oʻzatish harajatidan ortiq boʻlsa, elektr stantsiyani yoqilgʻi manbaiga yaqin, agar energiyani uzatish qimmatga tushsa, uni isteʻmolchiga yaqin quriladi. Ayrim xollarda, elektr energiya juda koʻp talab qilinadigan joylarda elektr stantsiyalar boshqa joydan keltiriladigan yoqilgʻiga moʻljallab quriladi. Hozirgi paytda elektr energiyasini uzatish mumkin boʻlgan masofa yildan-yilga uzayib bormoqda. Elektr energiyani uzoq masofaga uzatish mumkinligi uni yoqilgʻining boshqa turlariga qaraganda afzalroq qilib qoʻymoqda. Bu esa quyidagilarni amalga oshirishga imkon beradi: — yoqilgʻining maxalliy turlaridan toʻla va har tomonlama foydalanishga; — yirik va qudratli elektr stantsiyalar qurishga; —xoʻjalikning hamma tarmoqlarida elektr energiyadan foydalanishga. Elektr energiyasi issiqlik elektr stantsiyalarda (IES), gidroelektr stantsiyalarda (GES), issiqlik elektr markazlarida (IEM), atom elektr stantsiyalarida (AES) va noanʻanaviy elektr energiyasi olish stantsiyalarida ishlab chiqariladi. Jahonda ishlab chiqariladigan elektr energiyaning 70 foizdan ortigʻi IESlarda ishlab chiqariladi. Ular ancha tez va arzon quriladi. Ularning quvvatini 6 mln kVt dan oshirish mumkin. IESlarni qurishda elektr resurslari, ishlab chiqarish va transport sharoitlari, qurilish harajatlari va muddatlari hamda stantsiyani ekspluatatsiya qilish nazarda tutiladi. Koʻpchilik IESlarda elektr energiya bilan birga issiqlik energiyasi ham ishlab chiqariladi. Bunday elektr stantsiyalar issiqlik elektr markazlari (IEM) deb ataladi. Ularda elektr energiya ishlab chiqarish vaqtida isigan suvni issiqxonalarni, binolarni isitishga va ishlab chiqarish extiyojlariga yuboriladi. Ammo isigan suvni faqat 20 km gacha boʻlgan masofaga joʻnatish mumkin, shuning uchun IEMlar asosan sanoat korxonalari yaqinida va yirik shaharlarda quriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
N. B. PIRMATOV, O. E. ZAYNIYEVA. O’quv qo'llanma. TOSHKENT «MA’NAVIYAT» 2015.
J. S. S ALIMOV, N. B. PIRMATOV. ELEKTR MASHINALARI. Texnika oliy о ‘quv yurtlarining «Elek.tr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari» yo ‘nalishi talabalari uchun darslik. 0‘ZBEKISTON FAYLASUFLARI MILLIY JAMIYATI NASHRIYOTI TOSHKENT – 2011.
М. М. КАЦМАН. ЭЛЕКТР МАШИНАЛАРИ ва ТРАНСФОРМАТОРЛАР. Русча учинчи нашридан т а р ж ам а СССР Олий ва махсус ўрта таълим министрлиги техникумларнинг энергетика ва электротехннка ихтисосликлари учун дарслик,сифатида рухсат этган. .Ў ҚИ Т У ВЧИ " НАШРИЁТИ
Т о ш к е н т — 1976.
Internet saytlari:
https://uz.wikipedia.org.
http://library.tuit.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |