Christopher Columbus
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigationJump to search
Christopher Columbus
|
p
Vafotidan so`ng 1519-yilda Sebastiano del Piombo tomonidan chizilgan Kolumbning portreti. Kolumbning bundan boshqa ishonchli tasviri mavjud emas.[1]
|
Asl ismi
|
Cristoforo Colombo (Italyancha)
Cristòfor Colom (Katalancha)
Cristóbal Colón (Ispancha)
Cristóvão Colombo (Portugalcha)
Christophorus Columbus (Lotincha)
Christoffa Corombo (Genuezcha)
|
Tugʻilishi
|
1451-yil 31-oktabrdan oldin
Genoa, Genoa Respublikasi, hozirgi Italiya
|
Vafoti
|
20-may, 1506
Valladolid, Kastiliya qirolligi, hozirgi Ispaniya
|
Christopher Columbus (talaffuzi: Xristofor Kolumb, italyancha: 'Cristoforo Colombo', ispancha: 'Cristóbal Colón'; 1451-yil 31-oktabrdan oldin — 1506-yil 20-may) — Italiyaning shimoli-gʻarbida joylashgan Genoa Respublikasida tugʻilgan tadqiqotchi, dengizchi va kolonizator.[2][3][4][5] Kolumb Ispaniyaning katolik monarxlari homiyligi ostida Amerika qitʼasini toʻrt sayohati ochgan. Bu sayohatlar va uning Espanyola orolida kolonizatsiya tuzishda hissasi Yangi Dunyoning ispanlar tomonidan kolonizatsiyalanishida katta oʻrin tutadi.
Kolumb Xristofor (1451, Genuya — 1506.20.5, Valyadolid) — dengizchi sayyoq, asli genuyalik. 1476—84 yillarda Lissabonda hamda Madeyra va PortuSantu o.larida yashagan. Yerning shar shaklida ekanligi toʻgʻrisidagi qad. taʼlimotga va 15-asr olimlarining notoʻgʻri hisoblariga asoslanib, K. Yevropadan Hindistonga olib boradigan, uning fikricha, eng qisqa dengiz yoʻlining loyihasini tuzdi.
1-ekspeditsiyasida (1492—93) 90 kishi bilan "Santa-Mariya", "Pinta", "Nilya" kemalarida Palosdan safarga chiqdi. Kanar o.laridan gʻarbga burilib, Atlantika okeanini kesib oʻtib, 1492 yil 12 oktabrda (bu sana Amerikaning rasmiy kashf etilgan vaqti deb hisoblanadi) Bagama arxipelagidagi San-Salvador o.ga toʻshadi. Kuba va Gaiti o.lari sohilini kashf etdi. 1493 yil 15 martda Kastiliyaga qaytib keldi.
2-ekspeditsiyasida (1493—96) K. admiral unvoni va yangi kashf etilgan yerlarning vitse-qiroli lavozimida 1500 kishilik eki paj bilan 17 kemada safarga chikdi. Dominika, Gvadelupa, Kichik Antil, Puerto-Riko va Yamayka o.larini, Kubaning janubiy qirgʻoqlari boʻylab suzib, bir necha orol va yarim orollarni kashf qildi, Gaitining janubiy sohillarini tadqiq qildi. 1496 yil 11 iyunda Kastiliyaga qaytib keldi.
3-ekspeditsiyasida (1498—1500) K. 6 kema bilan Atlantika okeanini 10° shahrik.da kesib oʻtib, Trinidad o.ni kashf etdi. Janubiy tomondan Pariya qoʻltigʻiga va Orinoko daryosi deltasi atrofidagi sohil va Pariya yarim orolgacha kirib borib, Janubiy Amerikani kashf etishni boshlab berdi. Janubiy Amerikaning shimoli-sharqiy sohillarini tekshirib, undan Karib dengizi orqali Gaiti o.ga oʻtdi. 1500 yilda Kastiliyaga qaytib keldi.
4-ekspeditsiyasida (1502—04) K. 4 kema bilan 1502 yil 12 iyunda Martinika o.ga keldi. Undan Gonduras qoʻltigʻiga suzib, Gonduras, Nikaragua, Kosta-Rika va Panama sohillarini kashf qildi. 1504 yil 7 noyabrda Kastiliyaga qaytib keldi. K.ning kashfiyotlari yangi yerlarni mustamlakaga aylantirish, oʻsha yerlarning indeyslar deb atalgan tub aholisini qul qilish va qirib tashlash bilan birgalikda kechdi. K.ning birinchi boʻlib Amerikani ochganligi toʻgʻrisida ilmiy adabiyotlarda munozara ketmokda. Amerika rasmiy kashf etilishidan 5 asr ilgari Beruniy Gʻarbiy yarim sharda quruklik boʻlishi mumkin, degan fikrni yozib qoldirgan. Shimoliy va Shimoli-Sharqiy Amerikaga K.dan avval normanlar borganligi aniqlangan. Ammo K. kashfiyotlaridan keyingina Amerika qitʼasi geogr. faniga maʼlum boʻldi.
Kolumb maʼlum tadqiqotchilar orasida birinchi boʻlib Atlantika okeanini shimoliy yarimsharning subtropik va tropik chiziqlarida kesib oʻtgan va Karib dengizida suzgan birinchi yevropalik sanaladi. U Janubiy va Markaziy Amerikadagi tadqiqotlarga asos solgan. U Katta Antil orollarining barchasini, Bagam orollarining markaziy qismini, Kichik Antil orollarini, Karib dengizidagi koʻplab kichik orollarni va Janubiy Amerika qirgʻogʻidagi Trinidadni ochgan.
Kolumbning Amerikaga birinchi boʻlib Amerikaga borgan Yevropaligi baʼzi bahslarga sabab boʻladi. Chunki uzoq XI-asrlardayoq Leif Ericson boshchiligidagi vikinglar Kanadaga ekspeditsiya uyushtirishgan.[6]) Lekin Kolumbning sayohatlari bir necha asrlar davom etgan Amerika Yevropaliklar tomonidan egallanishiga sabab boʻlgan. Kolumbning oʻzining sayohatlarini birinchi navbatda nasroniylikning tarqatilishi deb hisoblagan.[2]
Yevropaliklarga maʼlum boʻlmagan qitʼani ochganini bilmagan Kolumb oʻzi yetib borgan joylarni Sharqiy Hindiston deb oʻylab mahalalliy hindularni indios (ispancha „Hindlar“) deb atagan..[7][8][9]
Kolumb Amerikaga hammasi boʻlib 4ta sayohat uyushtirgan:
Birinchi sayohat (1492-yil 2-avgust — 1493-yil 15-mart).
Ikkinchi sayohat (1493-yil 25-sentabr — 1496-yil 11-iyun).
Uchinchi sayohat (1498-yil 30-may — 1500-yil 25-noyabr).
Toʻrtinchi sayohat (1502-yil 9-may — 1504-yil noyabr).
Do'stlaringiz bilan baham: |