Choydari” mahalla fuqarolar yig‘ini vakillar yig‘ilishining 2022 yil dagi son bayonnomasiga asosan tasdiqlangan


-bob. Fuqarolar yig‘inining maqsadi va vakolatlari



Download 225 Kb.
bet2/7
Sana21.07.2022
Hajmi225 Kb.
#833369
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
CHOYDARI MFY NIZOMI

2-bob. Fuqarolar yig‘inining maqsadi va vakolatlari
11. Fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy maqsadi mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hududidagi fuqarolarning manfaatlaridan, rivojlanishning tarixiy xususiyatlaridan, shuningdek, milliy va ma’naviy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va an’analardan kelib chiqqan holda hal qilish, ularning huquqiy madaniyati va ijtimoiy faolligini oshirish, «Obod va xavfsiz mahalla» tamoyili asosida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashdan iborat.
12. Fuqarolar yig‘ini quyidagi vakolatlarni amalga oshiradi:
a) o‘z faoliyatini tashkil etish sohasida:
fuqarolar yig‘ini raisini (oqsoqolini) rag‘batlantirish yoki uni lavozimidan ozod qilish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
fuqarolar yig‘ini raisining (oqsoqolining) jamoatchilik asosida faoliyat ko‘rsatuvchi maslahatchilarini va fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar a’zolarini, taftish komissiyasining raisi hamda a’zolarini saylaydi va lavozimidan ozod etadi;
fuqarolar yig‘ini kengashini shakllantiradi va fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar ishini tashkil etadi;
fuqarolar yig‘inining nizomini hamda fuqarolar yig‘ini xodimlarining odob qoidalarini tasdiqlaydi;
fuqarolar yig‘ini raisiga (oqsoqoliga) ishonchsizlik bildirish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
fuqarolar yig‘inining faoliyat dasturini, xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
har chorakda kamida bir marta fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqolining), xokim yordamchisi, xotin qizlar faoli va yoshlar yetakchisining bir yilda kamida bir marta taftish komissiyasi raisining hisobotlarini eshitadi va tegishli qarorlar qabul qiladi;
o‘z mablag‘larini shakllantiradi, fuqarolar yig‘ini mol-mulkiga egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi, moliyaviy mablag‘larning sarflanishi ustidan nazoratni tashkil etadi;
ma’muriy-hududiy birliklar, mahalla fuqarolar yig‘inlarining chegaralarini o‘zgartirish, mahalla fuqarolar yig‘inlari, ko‘chalar, maydonlar va boshqa ob’ektlarga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish haqida vakolatli davlat organlariga va xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga iltimosnomalar kiritadi;
o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha manzilli dasturlar va «yo‘l xaritalari»ga davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan asoslangan takliflar kiritadi;
reyting baholash natijalariga ko‘ra faoliyati «namunali» deb topilgan fuqarolar yig‘inining malakali va tashabbuskor xodimlarini davlat hokimiyati organlarining kadrlar zaxirasiga kiritish bo‘yicha tavsiyalar beradi;
b) ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash hamda oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash sohasida:
oilalarni mustahkamlash hamda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
aholini, shu jumladan, yoshlarni milliy va ma’naviy qadriyatlar, mahalliy urf-odat va an’analar bilan tanishtiradi va ularni targ‘ib qiladi;
to‘ylar va boshqa marosimlarni o‘tkazish yuzasidan tavsiyalar beradi;
yoshlar ta’lim-tarbiyasida va oilalarni mustahkamlashda keksa avlod vakillarining rolini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
davlat hokimiyati organlariga millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni saqlashga ko‘maklashadi;
mahalladagi uyushmagan yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
v) huquq-tartibot sohasida:
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga huquq-tartibotni mustahkamlashga ko‘maklashadi;
qonunlar va boshqa qonunchilik hujjatlarining ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
«Obod va xavfsiz mahalla» tamoyilining to‘laqonli va samarali joriy etilishini ta’minlash choralarini ko‘radi;
hududlarda huquqbuzarliklar, ayniqsa, voyaga yetmaganlar, yoshlar va ayollar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir ta’sirchan ishlarni tashkil etadi;
ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod etilgan, shuningdek, probatsiya nazoratidagi shaxslarning ijtimoiy-mehnat reabilitatsiyasi va jinoyatchilikning oldini olishga doir tadbirlarni ijtimoiy moslashuv markazlari bilan birgalikda amalga oshiradi;
g) atrof muhitni muhofaza qilish va obodonlashtirish sohasida:
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga atrof muhitni muhofaza qilishga ko‘maklashadi;
ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, tegishli hududni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va sanitariya jihatdan tozalash to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi, shu jumladan, jamoatchilik yordamini (hasharni) uyushtiradi, ko‘riklar va tanlovlar o‘tkazadi;
atrof-muhitni muhofaza qilish, hududning sanitariya holati, uni obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish masalalari yuzasidan o‘z vakolati doirasida tegishli hududda joylashgan tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini eshitadi hamda ularning natijalari bo‘yicha qarorlar qabul qiladi;
ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari bilan ko‘p kvartirali uylarga tutash hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirishga doir ishlarni tashkil etish hamda boshqa masalalar bo‘yicha hamkorlik qiladi;
d) ijtimoiy — iqtisodiy sohada:
hududning o‘ziga xos yo‘nalishlari va «o‘sish nuqtalari»dan kelib chiqib, hududni kompleks rivojlantirishni ta’minlashga, tegishli hudud doirasida obodonlashtirishga, ko‘kalamzorlashtirishga va sanitariya holatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlar rejalarini tasdiqlaydi;
hududda oilaviy tadbirkorlik, hunarmandchilik, kasanachilik va boshqa tadbirkorlik faoliyati turlarini hamda tomorqa yer egalarining faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashadi;
jismoniy va yuridik shaxslardan ixtiyoriylik asosida mablag‘lar va homiylik xayriyalarini shakllantiradi va undan foydalanadi;
mahalla markazlari va guzarlarini barpo etish masalalarini ko‘rib chiqadi va taklif kiritadi;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
vakolatli davlat organlari bilan birgalikda fuqarolar yig‘ini hududida qurilishi mo‘ljallanayotgan imoratlarning maqsadga muvofiqligini ko‘rib chiqadi;
har chorakda kamida bir marta tegishlicha oilaviy poliklinikalar, oilaviy shifokor punktlari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari va ta’lim muassasalari rahbarlarining hisobotlarini eshitadi;
xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalarining a’zoligiga nomzodlar bo‘yicha tavsiyalar taqdim etadi;
xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining majlislarida muhokama qilish uchun uchastka saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlar taqdim etadi;
referendum o‘tkazuvchi tegishli okrug komissiyalariga referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalari a’zoligiga nomzodlar taqdim etadi;
saylov komissiyalariga fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan kuzatuvchilar yuboradi;
fuqarolarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli hujjatlar berilishini ta’minlaydi;
har chorakda tuman ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining fuqarolar yig‘inlari faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar yuzasidan hisobotlarini eshitadi. Fuqarolar yig‘inlarining hisobotlar to‘g‘risidagi bayonnomalarining nusxalari ularning hisobini yuritish, fuqarolar yig‘inlarining tegishlicha Mahalla va Nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmalariga yuboriladi;
ye) davlat organlari va mansabdor shaxslar bilan hamkorlik qilish sohasidagi vakolatlari:
aholining ijtimoiy nochor qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
tegishli hududda fuqarolar va yuridik shaxslarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan turar joylardan foydalanilishi, shu jumladan, pasport rejimiga rioya etilishi, yashayotgan shaxslarning doimiy yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi va tegishli shartnomalarning mavjudligi yuzasidan nazoratni amalga oshirishda ichki ishlar organlariga yordam ko‘rsatadi;
ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bo‘lgan kam ta’minlangan oilalarni, yolg‘iz keksa fuqarolarni, pensionerlarni va nogironligi bo‘lgan shaxslarni Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining hududiy bo‘linmalari bilan birgalikda aniqlaydi va hisobini yuritadi;
fuqarolar yig‘inlarida fuqarolarning shaxsiy-birlamchi hisobi yuritilishini ta’minlaydi, mudofaa ishlari bo‘limlari bilan kelishgan holda harbiy hisobga olish bo‘yicha mutaxassisni tasdiqlaydi;
fuqarolarni tabiiy ofatlarga qarshi kurashga va ularning oqibatlarini tugatishga jalb etishga ko‘maklashadi;
aholidan soliqlar va yig‘imlar o‘z vaqtida undirilishini ta’minlashda soliq organlariga haq to‘lashni nazarda tutuvchi shartnoma asosida ko‘maklashadi;
kommunal to‘lovlar undirilishini ta’minlashda, issiqlik va elektr energiyasi, issiq va sovuq suvdan tejamli foydalanish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazishda haq to‘lashni nazarda tutuvchi shartnoma asosida ko‘maklashadi;
tegishli hududning, suv ta’minoti manbalarining, turar joylarning, ta’lim muassasalarining sanitariya va ekologik holati, yong‘inga qarshi xavfsizlik talablariga, veterinariya, sanitariya qoidalari va gigiena normalari, savdo qoidalari va fuqarolarga xizmat ko‘rsatish madaniyatiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda shartnoma asosida tegishli davlat organlariga ko‘maklashadi;
o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksa fuqarolarga patronaj yordami hamda shu maqsadda ajratilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan yordam ko‘rsatilishiga ko‘maklashadi;
yetim bolalar, ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar haqidagi ma’lumotlarni vasiylik va homiylik organlariga taqdim etadi, shuningdek, bunday bolalarni tegishli davlat muassasalariga joylashtirishga ko‘maklashadi;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, fuqarolar yig‘inlari va ko‘p kvartirali uylarni boshqaruvchi tashkilotlar faoliyatidagi muammolarni aniqlaydi hamda hal etish bo‘yicha takliflar kiritadi;
aholining tomorqa xo‘jaligidan maqsadli foydalanishini tashkil etishga ko‘maklashadi;
imoratlar qurish hamda hovlilar va uylar atrofidagi hududlarni saqlash qoidalariga rioya etilishini ta’minlashda davlat organlariga ko‘maklashadi;
aholi, jumladan, yoshlar va xotin-qizlar bandligiga ko‘maklashish, harbiy xizmatdan zaxiraga bo‘shatilgan, jazoni ijro etuvchi muassasalardan ozod etilgan shaxslarni ishga joylashtirishga ko‘maklashadi.
Fuqarolar yig‘inlari murojaatlari ko‘rib chiqilishida yuzaga kelgan qonunbuzilish holatlari bo‘yicha sudga murojaat qilishi mumkin.
Fuqarolar yig‘inlari tomonidan ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan takliflarni ko‘rmasdan qoldirish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari aholi muammolarini aniqlash va hal etishda hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar (keyingi o‘rinlarda — sektorlar), Xalq qabulxonalari bilan hamkorlik qiladi. Har chorakda fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarda keltirilgan eng dolzarb muammolar sektorlar rahbarlari va Xalq qabulxonalari tomonidan tegishli dasturlarni ishlab chiqishda inobatga olish uchun tavsiya etiladi.
Xalq qabulxonalari fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) tomonidan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning hududga biriktirilgan mas’ul xodimlari, sektor shtabi a’zolari, yo‘l qurilishi, elektr, gaz, suv, kanalizatsiya, kommunal va ijtimoiy soha vakillarining hududda amalga oshirgan ishlari natijasi bo‘yicha kiritilgan ma’lumotlarda ko‘rsatilgan holatlar yuzasidan tegishli tashkilotlarga taqdimnomalar, mansabdor shaxslar va xodimlarni rag‘batlantirish yoki intizomiy javobgarlikka tortish bo‘yicha takliflar kiritadi.
13. Fuqarolar yig‘ini quyidagi majburiyatlarga ega:
o‘z faoliyatini qonunchilik hujjatlariga va mazkur Namunaviy nizomga rioya qilgan holda amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalariga nodavlat notijorat tashkilotlar uchun nazarda tutilgan tartibda soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash;
faoliyati to‘g‘risida soliq va statistika organlariga belgilangan tartibda hisobotlar taqdim etish;
o‘z xodimlari bilan mehnat shartnomasida kelishilgan majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq buxgalteriya hisobini yuritish.
Fuqarolar yig‘ini qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham o‘z zimmasiga olishi mumkin.
14. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari jamoatchilik nazorati sub’ektidir.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari:
davlat organlariga arizalar, shikoyatlar va takliflar bilan murojaat qilishga, shuningdek, ularga so‘rovlar yuborishga;
davlat organlarining ochiq hay’at majlislarida ishtirok etishga;
ijtimoiy ahamiyatga molik masalalar, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar, davlat organlarining boshqa qarorlari loyihalari yuzasidan jamoatchilik muhokamasini o‘tkazishga;
davlat organlarining, ular mansabdor shaxslarining faoliyatiga taalluqli va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan yoxud fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, jamiyat manfaatlariga daxldor masalalar yuzasidan jamoatchilik eshituvini o‘tkazishga;
davlat organlarining va ular mansabdor shaxslarining faoliyatini jamoatchilik manfaatiga daxldor axborotni yig‘ish, umumlashtirish va tahlil etish orqali jamoatchilik monitoringini amalga oshirishga;
normativ-huquqiy hujjatlar va davlat organlarining boshqa qarorlari loyihalarini jamoatchilik ekspertizasidan o‘tkazishga;
turli ijtimoiy guruhlarning normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari to‘g‘risidagi, davlat organlarining, ular mansabdor shaxslarining qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etishiga, fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, jamiyat manfaatlarini ta’minlashga doir faoliyati to‘g‘risidagi fikrini baholash maqsadida axborotni yig‘ish, umumlashtirish hamda tahlil etish orqali jamoatchilik fikrini o‘rganishga;
davlat organlari mansabdor shaxslarining hisobotlari va axborotini eshitishga haqli.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari jamoatchilik nazoratini «Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida»gi, «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari va ushbu Nizom asosida amalga oshiradi.
Davlat organlari fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda ko‘maklashishi va qonunchilik hujjatlariga muvofiq ularning murojaatlari yuzasidan o‘z vaqtida chora-tadbirlar ko‘rishi shart.

Download 225 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish