Bog'liq 5 мавзу Чов ва чов- ерғоқ чурралари. Крипторхизм, варикоцеле, мояк истисқолари.
Klinika va diagnostikasi. Moyak istisqosi tutashgan va tutashmagan boiadi. Tutashmagan istisqoda qorin bo‘shlig‘i bilan aloqa bor, shuning uchun ham bu patologiya churra sifatida ko‘rib chiqili- shi, mos ravishda, churra sifatida davolanishi kerak. Bunga o‘xshash holatlarda, anamnezda bir paydo boiib, bir yo‘qoladigan moyak sohasida bo‘rtish hosil boiishi kuzatiladi. Ehtiyotlik bilan bosish ko‘pincha suyuqlikning moyakdan qorin bo‘shlig‘iga siljishiga olib keladi, lekin qorin ichi bosimining oshishida, odatda, yana, kutilmaganda moyakda paydo boiadi.
Tutashmagan istisqo tugilganda aniqlanishi yoki bir necha oy va hatto yildan so‘ng hech qanday ayon boimaydigan sabablarsiz rivoj- lanishi mumkin. Anamnezda, odatda, bo‘rtganlik oichamlarining doimiyligi yoki ulaming sekin o“sishi kuzatiladi, bunda hosilaning to‘satdan yo‘qolishi yoki uning oichamlari tez o‘zgarishi kuzatilmaydi. Istisqo juda katta boimagunicha, hech qanday davolash ko‘rsatilmagan, faqat kuzatish kerak. Tutashmagan istisqo qorin- moyakli boiishi muinkin. Bu faol davolashni talab qiladigan no- odatiy tuxum istisqosi variantidir. Katta qorin-moyakli tutashmagan istisqo shu tomonning o‘zida kichik dumg‘aza sohasida palpirlana- digan o‘simtasimon hosila bilan birga moyakda suyuqlik yig‘ilishi ko‘rinishida hosil bo‘ladi. Abdominal hosilani bosish, ko‘pincha moyak komponenti oMchamining oshishiga olib keladi.
Istisqoning oichamlari qanday va nima uchun to‘satdan kattala- shishi - bahsli masala. Tushuntirishlardan biri bu anomaliya moyak sohasida ochiq lekin chov kanalining ichki halqa darajasida oblite- ratsiyalangan qorinning uzun qin o‘simtasi bilan yaqin ulangan moyak istsiqo sifatida hosil bo‘lishini taxmin qiladi. Ichki halqa orqali kranial yo‘nalishda bo‘rtadigan o‘simtaning kattalashishi bo‘yicha istisqoning retroperitoneal komponenti shakllanadi. Is- tisqo qopi ichida mahsulot va suyuqlikning yig‘ilishiga proporsional ravishda uning retroperitoneal qismi ham kattalashadi, shu bilan birga moyaknikidan ko‘ra kattaroq darajada, chunki qopning moyak sohasida potensial cho‘zilishi cheklangan. Bu patologiyani davolash istisqo qopining barcha komponentlarini uning to‘liq zararlanishi- dan so‘ng (chov sohasida keng kesim orqali) kesib tashlashdan iborat. Operatsiya vaqtida urug‘ tizimchasini topish va aniqlash ba’zan qiyin bo‘ladi. Churra bo‘yicha har qanday operatsiyalardagi kabi ar- qoncha elementlari muolaja o‘tkazilayotgan vaqtda doim jarrohning nazari ostida bo‘lishi kerak.