Chorvachilikda naslchilik ishlarini yaxshilash


Xayvonlarni bokitirovka qilish



Download 45 Kb.
bet3/4
Sana01.04.2022
Hajmi45 Kb.
#523315
1   2   3   4
Bog'liq
CHorvachilikda naslchilik ishlarini yaxshilash

3. Xayvonlarni bokitirovka qilish
Xayvonlarni kompleks belgilari asosida maolum maqsadda baxolash bonitirovka deyiladi. Bunda xar bir xayvonning irsiy belgilari, eksterperi, konstitutsiyasi, vazni va xokazolar albatta eotiborga olinadi.
Bonitirovka qilishda xar bir xayvonning maxsuldorligi muxim koʻrsatkichi sifatida qabul qilinadi. Masalan, yilqilarning chopqirligi, ogʻir yuk torta olish xususiyati, qoʻylarning maxsuldorlik yoʻnalishiga koʻra junining sifati, goʻshtdorligi, moʻynasining sifati va xokazolar eotiborga olinadi. Parrandalarning serpushtligi, tuxumining ogʻirligi, chigirlarning sersutligi, sutidagi yogʻ miqdori, sut berish tezligi kabilar bonityorning diqqat markazida boʻladi.
Buzoqlar 6 oyligidan boshlab komissiya tomonidan bonitirovka qilinadi. Bunda ularning kelib chiqishi (ota-onasining asosiy maxsulot koʻrsatkichlari), oʻsish va rivojlanish darajasi, eksterperi, konstitutsiyasi xisobga olinadi. Bonitirovka natijasida biror klassga mansub ekanligi aniqlanadi. Masalan, elitarekord, elita, I va II klass shular jumlasidan boʻlib, eng yuqori koʻrsatkichga ega va yuqori darajada baxolangan buzoqlar elitarekord yoki elita klassga kiritiladi va ular juda asl xisoblanadi. Bonitirovkani maxsus komissiya oʻtkazadi va ularning maolumotlari vedomostp va aktlar asosida xujjatlashtiriladi.


4. Kelib chiqishiga koʻra xayvonlarni baxolash
Kelib chiqishiga koʻra baxolashda xayvonlarning zoti, zotdorligi (toza zotliligi, duragayligi va maxalliy gruppaga mansubligi) xisobga olinadi. Ular qaysi bir liniya yoki oilaga taalluqligi aniqlanadi va irsiy afzalliklari ifodalanadi.
Eksterperiga koʻra baxolashda ularning tashqi qiyofasi xisobga olinadi. Bunda yirik xayvonlar 10 balli, buzoqlar va boshqa turdagi yosh mollar 5 balli sistema asosida baxolanadi.
Vazniga koʻra baxolashda mollar tarozida tortiladi va ularning qaysi yoʻnalishga mansubligini ifodalanadi, xar bir yoʻnalish talabiga koʻra baxo beriladi.
Sigirlarning sersutligi 305 kunlik laktatsiya davrida bergan suti, sutning yogʻ va oqsil miqdoriga koʻra baxolanadi.
Goʻsht uchun boqiladigan qoramollar 6 oylik vaqtida kelib chiqishi, vazni, eksterperi va barcha individual xususiyatlariga koʻra baxolanadi.
Choʻchqalar serpushtligi, bolalari tez semirishi (sersutligi) ga ikki oylik bolalarining vazniga koʻra xamda tugʻilgan bolalarining katta-kichikligiga qarab baxolanadi. Ularning sersutligi yigirma bir kunlik bolalarini tortib koʻrish bilan aniqlanadi.
qoʻylar maxsulot yoʻnalishi (mayin junli, yarim mayin junli) ga koʻra, junining vazni, sifati, tekisligi, qalinligi va yogʻ-terga boyligi bilan aniqlanadi. qorakoʻl qoʻzilar 1-3 kunligida moʻynasining sifatiga qarab baxolanadi. Bunda teri (moʻyna) ning rangi, guldorligi, jingalaklarining yirik-maydaligi, junining yaltiroqligi xisobga olinadi.
Goʻsht-yogʻ uchun boqiladigan qoʻylar goʻshtdorligi va dumbasining xajmi, vazni va tashqi koʻrinishiga koʻra, poʻstinbop qoʻylar moʻynasining sifati va serpushtligiga qarab baxolanadi.
Yilqilar chopqirligiga va ogʻir yuk tortish xususiyatlariga qarab baxolanadi.
Parrandalar yoʻnalishiga koʻra, serpushtligi, goʻshtdorligi, tuxumining yirik-maydaligi va eksterperiga koʻra baxolanadi. Serpushtligini aniqlashda individual uyalarga bir yil mobaynida qoʻygan tuxumi soni xisobga olinadi. Tuxumning vaznini aniqlash uchun ularning 10 tasini tortib, xar birining oʻrtacha vazni aniqlanadi.
Shunday qilib, bonitirovka natijalari asosida maolum tadbirlarni, mollar va parrandalarning maxsuldorligi va irsiy xususiyatlarini xamda tez yetishuvchanligini yaxshilash borasida amaliy plan va rejalar tuziladi va bajariladi.
Bonitirovka ishlari qishloq xoʻjalik ministrligining maxsus qoʻllanmasi va instruksiyasi asosida olib boriladi. Oʻzbekistonda goʻshtdor zot qoramollarni va ularning duragaylarini bonitirovka qilish instruksiyasi 1958-yilda yaratilgan va respublika qishloq xoʻjalik ministrligi tomonidan tasdiqlangan.

Download 45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish