Chorvachilik



Download 67,99 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana29.04.2022
Hajmi67,99 Kb.
#591203
  1   2
Bog'liq
Chorvachilik - Vikipediya (1)



Chorvachilik
Chorvachilik — qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoklaridan biri. Ch. mahsulotlari yetishtirish uchun
chorva mollarini boqish va urchitish bilan shugʻullanadi; aholini ish hayvonlari (ot, hoʻkiz, tuya,
bugʻu), oziqovqat mahsulotlari (sut, qatiq, goʻsht, yogʻ, tuxum va boshqalar), yengil sanoatni
xom ashyo (jun, teri, moʻyna va h.k.), dehqonchilikhsh organik oʻgʻit bilan taʼminlaydi. Ch.
mahsulotlari va chiqindilaridan ayrim ozuqalar (yogʻi olingan sut, goʻshtsuyak uni, suyak uni va
boshqalar), shuningdek, har xil doridarmonlar (shifobaxsh zardoblar, gormonal preparatlar va
boshqalar) olinadi. Ch.ning taraqqiy etishi va mahsuldorligi dehqonchilikning rivojlanishi, yerdan
intensiv foydalanish bilan chambarchas bogʻliq. Ch.ning asosiy tarmoqlari: qoramolchilik,
qoʻychilik, echkichilik, yilqichilik, tuyachilik, parrandachilik, asalarichshshk, choʻchqachilik,
quyonchilik, darrandachilik, bugʻuchilik, itchiliklan iborat. Jahon mamlakatlarida tabiiyiqlim
sharoitlari va ozuqa bazasiga koʻra Ch. rivoji oʻziga xos xususiyatlarga ega. Jahon Ch.da (mln.
bosh) qoramol 1338,2; qoʻy 1068,6; echki 709,8; buyvol — 158,6; ot — 61,095; xachir — 14,1;
eshak — 43,4; tuya — 19,1; choʻchqa — 912,7; tovuq — 14139; kurka — 244 va boshqa boqiladi
va ulardan turli mahsulotlar yetishtirish muhim oʻrinda turadi (1999). Goʻsht yetishtirish hajmi
225,9 mln. t ni, sigir suti yetishtirish 480,6 mln. t ni (yoki har bir sigirdan oʻrtacha 2071 kg ni)
tashkil etdi.
CH. inson tomonidan yovvoyi hayvonlarni ovlash va ularni xonakilashtirish maqsadida qoʻlga
oʻrgatishdan boshlangan. Arxeologik dalillar hayvonlarni xonakilashtirish yangi tosh davrida —
neolitda bundan 15—10 ming yil avval boshlanganini koʻrsatadi. Bu davrda odam takomillashgan
tosh qurollarga ega boʻlgan, olovni bilgan va sopol idishlardan foydalangan. Eng avval it, soʻngra
choʻchqa, qoʻy va keyinchalik qoramollar va otlar (7—8 ming yillar ilgari) xonakilashtirilgan.
Osiyoning jan.gʻarbiy qismi va Oʻrta dengiz atroflari hayvonlarni xonakilashtirishning asosiy
markazlari hisoblanadi. Yevropada qoramollar, ot, qoʻy, echki, choʻchqa, quyon, it, parrandalardan
oʻrdak va gʻozlar, Osiyoda buyvol, qoʻtos, oʻrkachli va oʻrkachsiz tuyalar, qoramol, echki, qoʻy,
choʻchqa, ot, it, quyon, tovuq, oʻrdak, gʻoz va tovuslar xonakilashtirilgan. Afrikada qoramollar, bir
oʻrkachli tuya, eshak, choʻchqa, mushuk, it, sesarka tovuqlar, qoʻy va echkilar qoʻlga oʻrgatilgan.
Amerikada oʻrkachsiz tuyaning ikki turi — lama va alpaka, dengiz choʻchqasi, kurka va muskus


oʻrdaklar xonakilashtirilgan. Natijada inson tomonidan ularning sifat va son koʻrsatkichlariga
ahamiyat berilib, hayvonlardan nayel olish, sekinasta mahsulot yoʻnalishlari boʻyicha zotlari
chiqarilgan. Oʻrta Osiyo hududi ham Ch. dastlab shakllangan hududlar qatoriga kiradi.
CH. koʻchmanchshik hayot tarzini vujudga keltirdi. Daryo boʻyi, choʻl va togʻ oldi, koʻl atroflarida
ovchilik, balikchilik bilan shugʻullangan jamoalarning madaniyatlari rivojlanib borgan sayin Ch. ham
rivojlanib bordi. Jumladan, Xorazm hududida Amudaryoning quyi havzasida topilgan Kaltaminor
madaniyati miloddan avvalgi 4—3ming yillikda yashagan ovchilar va balikchilar jamoasi
madaniyatlaridan biri hisoblanadi.
Miloddan avvalgi 2—1asrlarda Davan (Fargʻona)da dehqonchilik madaniyati va yilqichilik yuksak
darajada rivojlangan. Aeecmojxa keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, sut va goʻsht beradigan
qoramolchilik, qoʻychilik, yilqichilik, sut va goʻsht mahsulotlarini qayta ishlash ixtisoslashgan
soha sifatida bundan 3000-yil oldin shakllangan. 20-asr boshlariga qadar Oʻzbekistonda
koʻchmanchilik bilan uzviy bogʻliq boʻlgan qoʻychilik, echkichilik, tuyachilik, otchilik, shuningdek,
vohalarda qoramolchilik koʻproq rivojlandi.
Oʻzbekiston hududida 1916-yil qoramollar soni 1342 ming boshni, shu jumladan, sigirlar 481
ming boshni, qoʻy va echkilar 3821 ming boshni, otlar 517 ming boshni tashkil qilgan.
20-asrning 20- yillaridan boshlab Ch.ning ilmiy bazasini yaratish, hududlarning tabiiyiqtisodiy
sharoiti va ozuqa bazasi resurslariga qarab mintaqalar boʻyicha rivojlantirish ishlari boshlandi.
Sugʻorma dehqonchilik hududlaridagi xoʻjaliklarda sut, sut va goʻsht yoʻnalishidagi qoramolchilik,
parrandachilik va choʻchqachilik, togʻ oldi mintaqalari, Amudaryoning quyi oqimi va Orol boʻyi
qamishzor va toʻqayli hududlarida goʻshtdor qoramolchilik, goʻshtyogʻ qoʻychiligi, yilqichilik,
choʻl yaylovlarida qorakoʻlchilik rivojlantirildi. Kammahsul mollarni chatishtirish va respublikaga
koʻplab nasldor mollarni olib kelish natijasida qoramollarning qoraola, qizil choʻl, shvits, bushuyev
zotlari soni koʻpayib mahsuldor podalar guruhi shakllantirildi. Zotlarning rnlashtirilgan hududlari
belgilandi. Qorakoʻlchilikni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi. Ixtisoslashtirilgan yirik
qorakoʻlchilik xoʻjaliklari katta iqtisodiy samara keltirdi. 1930—33 yillardan boshlab
chorvachilikning naslchilik zdlari, xoʻjaliklari, fermalari, styalari va korxonalarining tashkil etilishi
naslchilik tizimining shakllanishida muhim burilish boʻldi.
1932-yil Ch. tajriba styasi va 1935—39 yillarda Butunittifoq qorakoʻlchilik, Oʻzbekiston
chorvachilik va Oʻzbekiston veterinariya i.t. intlarining tashkil etilishi Ch.da ilmiy tadqiqot ishlarini
oʻtkazish, Ch. fanini rivojlantirish hamda uning istiqbolini belgilash, xoʻjaliklarda yangi
texnologiyalarni joriy etishda muhim omil boʻldi. Chorva mollarining sermahsul podalari guruhi
kengaytirildi va rnlashtirilgan zotlari takomillashtirildi.
Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, qishloq xoʻjaligida tub iqtisodiy islohotlarni
amalga oshirish jarayonida davlat xoʻjaliklari jamoa, shirkat xoʻjaliklariga aylantirildi, chorvachilik,


aksariyat xoʻjaliklarning qoramolchilik fermalari xususiylashtirildi, dehqon va Ch. yoʻnalishidagi
fermer xujaliklari tashkil etila boshladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 15-martda "Respublika
chorvachiligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish choratadbirlari toʻgʻrisida"gi, 1994-yil 23-
fevralda "Chorvachilikda iqtisodiy islohotlarni takomillashtirish hamda dehqon (fermer)
xujaliklari va xususiylashtirilgan fermalar manfaatlarini himoya qilish choralari toʻgʻrisida", 1995-
yil 24-martdagi "Chorvachilikda xususiylashtirishni davom ettirish va xususiy tadbirkorlikni
qoʻllabquvvatlash choratadbirlari toʻgʻrisida" qarorlariga koʻra, jamoa xoʻjaliklarining zarar bilan
ishlayotgan 1499 qoramolchilik fermalari xususiylashtirildi (1995). Natijada respublikada ishlab
chiqarilayotgan goʻsht va sutning 75% ni xususiy sektor bera boshladi. Oʻzbekiston
Respublikasining 1995-yil 25 dek. da qabul qilingan "Naslchilik toʻgʻrisida" qonuni Ch.ni
rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega boʻldi.
1990—2003-yillar mobaynida respublikaning barcha toifadagi xoʻjaliklarida qoramollar soni
28,2% ga, sigirlar 38, qoʻy va echkilar 7, otlar 36% ga, sut yetishtirish 32,8% ga, goʻsht
yetishtirish 18,6% ga koʻpaydi, Ch. mahsulotlarining asosiy qismi dehqon va fermer xujaliklari
hissasiga toʻgʻri keladi (Uzbekistonda mollar soni, Ch. mahsulotlarini yetishtirish koʻrsatkichlari 1
va 2jadvallarda berilgan).
CH. ozuqa bazasini mustaxkamlash tadbirlari olib borilmoqda. Respublika ekin maydonlarining
10% ga yaqin kismiga yemxashak ekinlari ekiladi. Tabiiy va madaniy yaylovlardan foydalanish
samaradorligini oshirish ishlari davom etmoqda. Aralash yem, oqsilmineral yem qoʻshimchalari,
yem ozuqa achitqilari ishlab chiqarish hajmlari koʻpaymoqda. Ch.da veterinariya xizmati
koʻrsatish — kasalliklarning oddini olish va davolash, Ch. maxsulotlari veterinariyasanitariya
ekspertizasi hayvonlar kasalliklariga karshi kurash styalari, veterinariya shifoxonalari va
punktlarida, veterinariya labda olib boriladi.
Respublikada chorvador mutaxassislar kollejlar, Toshkent agrar universiteti, Samarkand, Andijon
qishloq xoʻjaligi intlarida tayyorlanadi. Chorva hayvonlari zotini yaxshilash, mahsuldor podalar
guruhini koʻpaytirish va yangi texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish maqsadida
Respublika Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Chorvachilik, parrandachilik va balikchilikni
rivojlantirish Bosh boshqarmasi, Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasi, Davlat
veterinariya Bosh boshkarmasi va "Oʻzbek ipagi" uyushmasi tashkil etilgan, ularni asrash va
parvarishlashsa yangi texnologiyalarni ishlab chiqish bilan vazirlikning Qishloq xoʻjaligi ilmiy ishlab
chiqarish markazi tarkibidagi Uzbekiston chorvachilik, Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi intlari,
Baliqchilikni rivojlantirish ilmiy tadqiqot markazi va Ipakchilik instituti, Uzbekiston veterinariya,
Uzbekiston veterinariyasanitariya va akarologiya (1991) intlari shugʻullanadi. Toshkent viloyati
Yangiyoʻl tumanida davlat mintaqaviy baliq chavoqlari yetishtirish pitomnigida baliq zotlari (kora,
ok, amur, doʻng peshona) yetishtiriladi.


"Naslxizmat" respublika naslchilik uyushmasi qishloq xoʻjaligi subʼyektlariga chorvachilik
boʻyicha xizmatlar koʻrsatadi. Davlat naslchilik korxonasi qoramollarning turli zotlari boʻyicha
sunʼiy urugʻlantirishda foydalanish uchun muzlatilgan urugʻlarni qadoqlab, sunʼiy urugʻlantirish
bilan shutullanuvchi "Naslxizmat" tashkilotlariga yetkazib beradi.
Chet mamlakatlarda sut va goʻsht yoʻnalishidagi qoramolchilik, ayniqsa, Yevropa mamlakatlari
(Gollandiya, Daniya, Germaniya, Rossiya), AQSH, Kanada, Yangi Zelandiya, qoʻychilik Angliya,
Avstraliya, Rossiya va boshqa Yevropa mamlakatlarida jadal rivojlandi. Sutchilik yoʻnalishidagi
qoramolchilikrivojlangandavlatlarda (AQSH, Kanada, Niderlandiya, Germaniya va boshqalar)
sigirlardan oʻrtacha 8000–11000 kg sut sogʻib olinadi. Sut mahsulotlari bilan taʼminlanishning
eng yuqori koʻrsatkichlari (aholi jon boshiga 1950 kg) Yangi Zelandiya, Daniya va Gollandiyaga
xos. Qoramol goʻshti bilan taʼminlanish esa Argentina (110 kg) va Urugvayga (106 kg) toʻgʻri
keladi. Jahon mshyosida Ch.ning barcha sohalari ixtisoslashgan holda jadal rivojlanmoqda.
Sermahsul zotlar va samarali texnologiyalar yaratilib, Ch.ka keng joriy qilinmoqda.
Shchekin V.A., Chorvachilik, T., 1968; Nosirov U., Qoramolchilik, T., 2001.
Ubaydulla Nosirov, Izzatulpa Eshmatov.

Download 67,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish