3. Yuqorida bayon qilingan ko`rib chiqilgan ishlar yuzasidan internet ma’lumotlarini
57
AMALIY MASHG`ULOT № 16
MAVZU: Transport ishini samarali va xavfsiz bajarish bo`yicha mumkin
bo`lgan ko`rsatkich hamda avtomobilga ta’sir etuvch kuchlar.
I. Ishning maqsadi: Transport ishini samarali va xavfsiz bajarish bo`yicha mumkin
bo`lgan ko`rsatkich hamda avtomobilga ta’sir etuvch kuchlarni o`rganish hamda
tahlil qilish.
II. Umumiy ma’lumotlar: Konstruktiv xavfsizlik - bu transport vositalarining
ishlash jarayonida atrof-muhitga, harakat qatnashchilariga zarar yetkazishni
yo`qotish, shuningdek YTH og`irlik darajasini pasaytirish qobiliyati.
Transport vositalarining konstruktiv xavfsizligi. Faol, sust, avariyadan keyingi
va ekologik xavfsizliklarga bo`linadi. Transport vositalarining xavfsizliklari tarkibi
quyidagi rasmda ko`rsatilgan.
Faol xavfsizlik - transport vositasining yo`l-transport xodisasini oldini olish
(uning vujudga kelish extimolini kamaytirish) xususiyatlaridir. Faol xavfsizlik
haydovchi transport vositasini (YTX; boshlangich davriga tugri keladi) harakatlanish
xarakgeriki o`zgartirishga qodir bo`lgan davrda vujudga keladi.
Sust xavfsizlik- transport vositasining YTX oqibatlari og`irliklarini
kamaytiruvchi xususiyatidir. Sust xavfsizlik haydovchi xavfsizlik tadbirlarini
ko`rishiga
qaramasdan
avtomobilning
xarakatlanish
xarakterini
o`zgartira
olmaydigan va falokatni bartaraf qila olmaydigan (YTH kulminatsion davri) davrda
vujudga keladi.
Sust xavfsizlik ichki va tashqilarga bo`linadi. Ichki sust xavfsizlik transport
vositasining uning ichidagi xaydovchi va yo`lovchilarning shikastlanmasliklari
bo`yicha xavfsizliklarini oshirish va xayotlarini saqlabqolish xamda yuklarni
saqlashni ta`minlash bo`yicha konstruktiv xususiyatini belgilaydi.
Tashqi sust xavfsizlik xarakatlanishning boshqa qatnashchilari uchun
YTHoqibatlari og`irliklarini kamaytirish qobilyatidir.
Xalokatdan keyingi xavfsizlik - transport vositasining YTD tuxtagandan keyin
(YTX so`ngi yakuniy davri) uning oqibatlarini zudlik bilan bartaraf etash
58
xususiyatidir (yahni avtomobilning yonib ketishi, xarakatlanishning boshqa
qatnashchilarini urib yuborishi va h..k
.).
Ekologik xavfsizlik - transport vositasining normal foydalanish jarayonida
atrof-muxitga va xarakatlanishning qatnashchilariga salbiy ta`siri darajasini
kamaytiruvchi xususiyatlari. Ekologik xavfsizlik yuqoridagi fakat YTHda yuzaga
keladigan uchta turdagi xavfsizlikdan farqli ravshda, transport vositasining kundalik
ish davomida namoyon bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: