48
AMALIY MASHG`ULOT № 13
MAVZU: Haydovchining ko`rish sezgirligi, axborotlarni tahlil qilish.
I. Ishning maqsadi: Haydovchining ko`rish sezgirligi, axborotlarni tahlil qilishni
o`rganish hamda tahlil qilish.
II. Umumiy ma’lumotlar:
Haydovchi o`zining ish faoliyatida muntazam ravishda
ko`rish, eshitish va boshqa a’zolari orqali axborot olib, uni qayta ishlab, transport
vositasini muhitda boshqaradi.
Ayrim
hollarda
haydovchi
katta
hajmdagi
axborotlarni
qayta
ishlashgaulgurmay qolishi yoki kerakli axborotlarni etarli darajada o`z vaqtida
ololmaganligi sababli, u transport vositasining harakat yo`nalishini o`zgartira
olmaganligi yoki to`xtata olmasligi oqibatida YTH vujudga kelishi mumkin. Bunday
holat kuzatilmasligi uchun haydovchiga o`z vaqtida yo`l holatini va yo`l harakati
qatnashchilari harakatining o`zgarishi to`g`risida kerakli miqdorda sifatli axborot
etkazib berilishi darkor.
Haydovchi harakatlanishi jarayonida o`zi boshqarayotgan transport vositasidan
ichki va bir vaqtning o`zida, ko`rish maydonidagi boshqa transport vositalaridan
tashqi ma lumotlar oladi. Transport vositalarining tashqi vizual (ko`rib aniqlash)
axborotchanganligi sust va faol qismga bo`linadi.
Sust axborotchanlik - bu transport vositasining energiya ketkazmasdan axborot
berish potentsial qobiliyati, unga transport vositasining formasi, o`lchamlari,
kuzovining rangi, nur (yorug`lik) qaytaruvchi quriamalar kiradi.
Faol axborotlanganlik - bu transport vositasining energiya sarflab axborot
berish potentsial qobiliyati. Unga yoritish tizimi, nur va tovush signallari kiradi.
Haydovchi transport vositasini boshqarish uchun eng katta 90% dan ko`p axborotni
ko`rish sezgisi orqali oladi. Shuning uchun transport vositasidagi yoritish tizimi
49
harakat xavfsizligini sutkaning qorong`i vaqtida va noqulay ob-havo sharoitida
ta`minlashda asosiy vosita bo`lib hisoblanadi.
Hozirda zamonaviy avtomobillar yaqinni, uzoqni ko`rish uchun, shuningdek,
tumanda ko`rishni yaxshilash uchun orqani yoritish faralari bilan jihozlanadi.
Transport vositasining va harakat qatnashchilarining xavfsizligini saqlashda tashqi
signal beruvchi quriamalarning o`rni katta. Tashqi yorug`lik signallarini beruvchi
zaruriy minimal quriamalarning komplekti quyidagilardan iborat: tormoz signali,
gabarit signali (oldi va orqa), harakat yo`nalishining o`zgarishini ko`rsatuvchi signal,
nomer yoritgich, avtopoezd yoritgichi va maxsus yoritgich belgilar.
Transport vositasining ichki axborotchanligi deb signallar, boshqaruv tizimi va
asboblarning potentsial qobiliyati orqali haydovchilarga transport vositasi
agregatlarini, har xil tizimlarini, harakat rejimining holati to`g`risidagi axborotlarni
uzluksiz ravishda etkazib berish tushuniladi. Avtomobilning ichki axborotchanligini
ta`minlashda asboblar taxtachasi xizmat qiladi, undan yorug`lik va tovush signallari
tarqatiladi.
Tranport vositasidagi ko`rish qobilyati (Obzornost) deb haydovchiga yo`l-
transport vaziyatining ko`rinishini ta`minlab berish hususiyatlari tushuniladi.
Transport vositasidagi ko`rinish oldingi ko`rish oynasining katta-kichikligi, kuzov
tayanchlarining joylashishi, haydovchi ish joyining oynaga nisbatan joylashishi, oyna
tozalagich shetkaning o`lchamlari, oynani isitish va havo purkagich tizimi, orqa
ko`rinishni ko`rish uchun o`rnatilgan ko`zgu o`lchamlarining o`zgarishiga bog`liq
bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: