Reversiv harakatlanishli yo`lga burilayotgan transport vositalari qatnov
qismlari kesishmasidan chiqishda chetki o`ng bo`lakni egallashi kerak. Haydovchiga
shu yo`nalishdagi boshqa bo`laklarda ham harakatlanishga ruxsat berilganligiga
ishonch xosil qilgandan keyingina qayta tizilishga ruxsat etiladi.
Bir vaqtning o`zida ikki va undan ortiq sekinyurar transport vositalarini quvib
o`tish har doim ham xavfsiz bo`lavermaydi. Shuning uchun quvib o`tilayotgan
transport vositasi haydovchisi quvib o`tayotgan haydovchiga imkon berishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |