Choriyev Anvar


 Turkiy  tildagi  manbalarning  xususiyatlari va tavsifi



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/53
Sana26.01.2022
Hajmi0,65 Mb.
#412180
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   53
Bog'liq
biografik va memuar asarlar tarixiy manba sifatida

4. Turkiy  tildagi  manbalarning  xususiyatlari va tavsifi. 

Boy  yozma  merosimiz,  tarixiy  manbalarimiz  shakllanishi  va  yaratilishida 

turkiy-o’zbek tilining alohida o’rni bor. Lekin yurtimizda siyosiy hokimiyat avval 

arablarda,  so’ng  forsiy  zabonli  sulonlarda    bo’lgan  zamonlarda  arab  va  fors  tili 

davlat  tili  sifatida  iste’foda  etilib,  bu  tillarda  rasmiy  hujjatlar,  tarixiy  manbalar 

yaratildi.  O’sha  davolarda  ham  Mahmud  Koshg’ariyning  “Devoni  lug’otit  turk”, 

Yusuf Xos Xojibning “Qutadg’u bilik” kabi yirik yozma  manbalarning yaratilishi 

turkiy tilning qudrati, salohiyati va kuchi yetarli ekanini namoyish etdi. 

Bundan  tashqari,  uzoq  muddat  davomida  xalqimiz  yetakchi  ziyolilari  va 

jonkuyarlari  “Qur’oni  karim”  tafsirlari,  “Hadisi  sharif”  va  “Qisas  ul-anbiyo”larni 

o’z  turkiy  tilimizga  o’girishga  va  moslashtirishga  harakat  qilganlar.  Bizning  boy 

diniy  merosimiz  bilan  bog’liq  kitoblar  o’z  tadqiqotchilarini  kutmoqda.  Keyingi 

mustamlaka  davri  siyosatida  xalqimizga  arab  va  fors  tili,  go’yoki  chet  tili,  yot  til 

sifatida  ko’rsatilib,  bu  tillardagi  boy  merosimiz  bizga  begona,  eskirgan,  qoloq 

o’tmish merosi sifatida tushuntirilib kelindiki, natijada bizning ma’naviy dunyomiz 

ma’lum darajada kambag’allashdi, xalos. 

Afsuski,  arab  yozuvidagi  boy  merosimizni  tushunmaydigan,  undan 

yotsiraydigan,  eng  fojialisi,  tushunishni  ham  xohlamaydigan  ziyolilar  guruhi 

vujudga  keldi.  Ular  tomonidan  arab  alifbosi  asosidagi  yozuvimiz  eski  o’zbek 

yozuvi deb atala boshlandi. 

Mahmud  Qoshqariyning  “Devoni  lug`tit  turk”,  Yusuf  Xos  Hojibning    

“Qutatg`u  bilik”,  Ahmad  Yugnakiyning    “Hibbat  ul-haqoyiq”  kabi  asarlari  

garchi    arab    yozuvida    bitilgan    bo`lsa-da,    aslida    turkiy    tilda    bitilgan.    Bu  

asarlar  qadimiy    turkiy    tilda    bitilgan    asarlar    hisoblanadi.  Birgina  Mahmud  

Qoshqariyning    “Devoni    lug`tit    turk”    asarida    turkey    til    gramatikasining  

asoslari    mujassam.    Haligacha    mazkur    asarlar    xalqimizning    bebaho    asarlari  

sifatida    o`rganiladi    va  bu    asarlarni    o`rganish    uchun    ilmiy    tadqiqotlar  olib  

borilmoqda.  

Bugunda biz Alisher Navoiyni o’zbek adabiy tili asoschisi deb tan olganmiz. 

Uning  “Muhokamut  ul-lug’atayn”  nomli  asarida  qayd  qilinishicha,  hokimiyat 




 

36 


arablarda  bo’lganida  ular  o’z  tilidagi  madaniyatni  ravnaq  toptirishga  homiylik 

qildilar va rag’batlantirdilar. Undan so’ng fors tilidagi madaniyatga e’tibor berildi. 

Va  nihoyat  Temuriylar  saltanati  o’rnatilgach,  turkiy-o’zbek  tilining    va  turkiy 

madaniyatning  taraqqiy  etishi  uchun  katta  imkoniyatlar  yaratildi.  Ayniqsa  

Navoiyning  taklifiga    binoan  tarixiy  asarlar    bitilishi    fikrimizni    isbotlaydi.  Bu 

haqda  Navoiy shogirdi  Mirxond  haqida  shunday  deb yozgan: “bu  faqir  iltimosi  

bilan    ofariniydin    bu  kungacha  tarixi    jomiy    bitibdurkim,    tasnifga    etubdur, 

insholloh, tugaturga  tavfiq  topgaykim,  tavorix  orasida  andin  muayanroq  tarix  

bo`lmagusidir”

  1


.    Uning    homiyligida    Mirxonddan  tashqari,  Xondamir,    Vosifiy  

va  boshqa  tarixchilar  kamolot  shohsupasining  yuqorisiga  ko`tarildilar. 

Bizning  tilimizdagi  yozma  manbalar  faqat  hozirgi  Respublikamiz  hududi 

bilan  chegaralanib  qolmay,  balki  Alisher  Navoiy  iborasi  bilan  aytilsa,  Xitodin  to 

Xurosngacha,  hatto  Idil  (Volga)  daryosi  bo’ylarigacha  bo’lgan  joylarda  turkiy  til 

tushunilgan, yozma manbalar, madaniyat obidalari yaratilgan. 

Birgina  xarakterli  misol.  Buyuk  boburiylar  oltinchisi  Avrangzeb  Olamgir 

(1657-1706 yy.) o’zining Rus podshohiga jo’natgan rasmiy maktubini turkiy tilda 

bitgan va bu muhim hujjat rus solnomalarida saqlanib qolgan. 

XIII asrda Qul Ali tomonidan turkiy tilda “Yusuf va Zulayho” dostoni Oltin 

O’rdada  bitilgan.  Birinchi  turkiy  tildagi  aruz  risolasi  XV  asr  o’rtalarida  Misrda 

yaratilgan. 

Mo’g’ul  hokimlar  huzurida  baxshi  –  kotiblarning  bo’lganligi  va  nihoyati 

XIV asr oxiriga borib “Temur tuzuklari”ning yuzaga kelishi turkiy-o’zbek tilining 

taraqqiyoti uchun katta xizmat  qildi.  Nosiriddin Rabg’uziyning “Qisas ul-anbiyo” 

asarining  yaratilishi, “Tarixi  Tabariy”,  Sharafuddin  Ali  Yazdiyning  “Zafarnoma”, 

Muhammad  Mirxondning  “Ravzat  us-safo”  kabi  yirik  asarlarning  turkiy  tiliga 

o’girilishi, Durbek, Sayid Qosimiy, Lutfiy, Alisher Navoiy, Hofiz Xorazmiy kabi 

shoirlar  ijodi  turkiy-o’zbek  tilining  jahondagi  taraqqiy  etgan  adabiy  va  ilmiy  til 

ekanligini ko’rsatdi. 

                                                 

1

 Alisher  Navoiy. T. “Kamalak”,  1991, 17-bet. 




 

37 


Alisher Navoiy yirik badiiy asarlari, “Xamsa” va “Lison ut-tayr” dostonlari, 

“Xazoyin  ul-maoniy”  nomli  to’rt  devonlari  qatorida  yaratilgan  nasriy  tarixiy 

asarlari,  xususan  tarixga  oid  “Tarixi  anbiyo  va  hukamo”,  ”Tarixi  muluki  Ajam”, 

“Xamsat  ul-mutaxayyirin”,  ”Holoti  Sayyid  Hasan  Ardasher”,  ”Holoti  Pahlavon 

Muhammad”,  ”Vaqfiya”,  “Mahbub  ul-qulub”,  ”Majolis  un-nafois”,  ”Nasoyim  ul-

muhabbat”, “Munshaot” asarlari juda katta tarixiy ahamiyatga molik manbalarning 

yaratilganligi  keyingi  davrlarda  turkiy-o’zbek  tilining  rivojiga  ulkan  hissa  bo’lib 

qo’shildi. 

Zahiriddin  Muhammad  Boburning  “Vaqoyi’”  (“Boburnoma”,  1530  y.) 

asarining  yaratilishi  jahonshumul  ahamiyatga  molik  manba  sifatida  ijod 

etilganligini  ko’rsatadi.  Chunki  bu  obida  to’rt  marta  fors  tiliga,  uch  marta  ingliz 

tiliga to’la tarjima qilinib, birgana forsiy qo’lyozmalarning juda ko’p tarqalganligi, 

o’n uch qo’lyozmaga ko’plab mo’’jaz rasmlar bilan ziynatlanganligi,  asl matnning 

sakkiz  marta  chop  etilishi,  o’ndan  ziyod  inglizcha  qisqa  nashrlar  yuqoridagi  fikr 

isboti uchun kifoyadir. 

Alisher Navoiyning “Majolis un-nafois” tazkirasi ham XVI asrda uch marta 

fors tiliga tarjima qilingan. Yana Muhammad Solih, Abuloziy Bahodirxon, Munis, 

Ogahiy,  Bayoniy,  Hakimxon  To’ra  va  boshqalarning  tarixiy  asarlari  juda  muhim 

va qimmatli manbalardir. 

Ayniqsa,  XIX  asrda  Xorazmda  va  Sharqiy  Turkistonda  turkiy  tilga  katta 

e’tibor  tufayli  ko’plab  tarixiy,  diniy  va  badiiy  asarlar  forsiy,  arabiy  tillaridan 

tarjima qilindi, yangi asarlar yaratilishiga imkon yaratildi.  

Umuman, XX asr birinchi choragigacha turkiy - o’zbek tillarida qator tarixiy 

manbalar  yaratilgan  edi.  Bu  davrgacha  bitilgan  bizning  tilimizdagi  obidalar  arab 

alifyuosi asosidagi yozuvlarda bitilgan edi. 

1929 yili alotin alifbosiga o’tildi. 1940 yili rus-kirill alifbosi kiritildi. 

Mustaqilligimiz  bizga  yana  lotin  alifbosini  qayta  tikladi.  Albatta,  lotin 

alifbosi  rus-kirill  alifbosiga  nisbatan  ko’plab  turkiy  xalqlar  uchun  qabul 

qilinganligi  bilan  qator  afzallikka  ega.  Lekin  deyarli  XIII  yoki  XII  asr  davomida 

yaratilgan  manbalar  taqdiri  nima  bo’ladi?  degan  savol  kishini  o’ylantiradi. 




 

38 


Bo’lg’usi  tarixchilarga  fors,  arab  tili  asoslarini  o’rgatilishi,  arab  yozuvidagi 

manbalardan foydalanish malakasini hosil qilish qay darajada? 

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimovning  tarixga  e’tibori  va 

xilqimiz  boy  madaniyatini  o’rganishga,  qadolashga  intilishi  kishida  umid  va 

kelajakka ishonch uyg’otadi. Darhaqiqat, “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q”

1



X-XIV  asrlarga  oid  turkiy  tildagi  yozma  manbalar  nisbatan  kam  saqlanib 

qolgan.  Mavjudlari  esa  hali  munosib  tarzda  manbashunoslik  nuqtai-nazaridan 

o’rganilib,  ilmiy  muomalaga  kiritilgani  yo’q.  Ya’ni  u  manbalar  tarix  ilmida  o’z 

o’rnini egallagani yo’q. 

X-XIV  asrlarga  oid  turkiy  tildagi  yozma  manbalar  to’g’risida  shuni  qayd 

etish  zarurki,  ularda  ham  arab  va  fors  tillaridagi  manbalarga  xos  umumiy 

xususiyatlar  o’xshash  desak  bo’ladi.  Yozuv  xususida  turkiy  va  fors  tili  harflari 

aynan bir xil, ya’ni 32 harfdan iborat. 

Turkiston  kitobi  tarixining  tadqiqotchisi  E.O.Oxunjonov  o’z  ilmiy 

izlanishlarida yozma manbadarni kitobat tarixi nuqtai nazaridan ochib bergan. 

XV asrdan boshlab yaratilgan tarixiy, badiiy va ilmiy asarlar qo’lyozmalari, 

kitoblari  birinchi  navbatda  yozuv,  xat  turi  xususiyatlari,  kitobat  fani,  san’ati 

jihatidan  alohida  yuksak  saviyasi,  badiiy  ziynat-bezaklari  bilan  ajralib  turadi. 

Aksariyat manbalar Temuriylar davrida Mir Ali Tabriziy tomonidan ixtiro qilingan 

eng go’zal nasta’liq xatida bitilgan. 

Temuriylar  va  Shayboniylar  davrida  hamda  keyinroq  yaratilgan 

qo’lyozmalar  asosan  podshoh  va  a’yonlar  uchun  mo’ljallangan.  Mana  shuning 

uchun ham ular kitobat san’atining shoh asarlari darajasida yaratilgan. 

XVIII-XIX asrlardagi yozma manbalar qo’lyozmalarini ikki guruhga ajratish 

mumkin.  Bir  guruhi  –  shohona  qo’lyozmalar.  Ikkinchi  guruhi  esa  keng 

jamoatchilik  va  o’rta  hol  ziyolilar  uchun  yaratilgan  qo’lyozmalar

1

.  Bularning  har 



biri  materal  va  saviya  bilan  ajralib  turadi.  Ikkinchi  guruh  qo’lyozma  kitoblarida 

matn  mazmuniga  ham  e’tibor  berilgan,  lekin  qo’lyozma  uchun  ishlatilgan 

                                                 

1

 



I.A.Karimov.  Tarixiy  xotirasiz kelajak yo`q. T. “Sharq”.  1998.  12- bet.

 

1



 Munirov Q. Sharq  qo`lyozmalari Т. 1962. 34- bet. 

 



 

39 


materiallar,  ziynat  va  bezaklar  o’rta  miyona,  baholi  qudrat,  ammo  yetarli  san’at 

asari va ilm-fan uchun bemalol foydalansa bo’ladigan manba saviyasida yaratilgan. 

XIX  asrda  ko’proq  qo’lyozmalarni  yozishda  ilm  ahli  orasida  xatti  mulloyi, 

talabalar  xati  va  yangi  ixtiro  qilingan  shikasta  xati  keng  tarqaldikim,  shiddatli 

taraqqiyot,  ayniqsa  toshbosma  va  mixbosma  kitoblarning  ko’payishi,  an’anaviy 

mo’’tabar  qo’lyozmalarini  yaratilishini  kamayishiga  olib  keldi.  Bu  davr 

qo’lyozmalar  xususiyotlari  kitobat  san’ati  nuqtai  nazaridan  olima  E.M.Ismoilova 

tomonidan aniqlangan va uning asarlarida bayon etilgan. 

XIX asrda oxirida vujudga  kelgan jadid  ma`rifatparvar  namoyondalarining  

asarlari, adabiy  kitoblari va  darsliklari  turkiy  ya`ni  hozigi  zamon  turkiy  tilini 

ayniqsa    o`zbek    tilini    boyitishda    muhim    hissa    bo`lib    qo`shilgan.  Bu  asarlar, 

tarixiy  manba  sifatida turkiy  tilni  yangicha  tasnif etish  va  anglashda  muhim  

ahamiyat  kasb  etadi.  

Qo’qon  xonligi  tarixi  manbalari  xususiyatlari  olimlardan  R.N.Nabiyev, 

H.N.Bobobekov,  Sh.Vohidov,  T.Biysembiyev    va  boshqalarning  tadqiqotlarida  

tahlil  etilgan.  XIX  asr  Xorazm  tarixiy  asarlari  qo’lyozmalari  Q.Munirov  va 

N.Komilov tadqiqotlarida o’rganilgan. Bu tadqiqotlar  samarasi tarixiy voqelikning 

real  talqini  sifatida    anglash,  e`tirof    etish,    tarixiy  qonuniyatlarni    xolisona  

o`rganish,  tarix  ta`limini  samaradorligini oshirish,  o`zligimizni  teran anglashga 

xizmat  qiladi.   

Yurtimizda  yaratilgan  aksariyat  qo’lyozmalar,  xususan  O’zbekiston  Fanlar 

Akademiyasining  Abu  Rayhon  Beruniy  nomidagi  Sharqshunoslik  instituti 

fondidagilar mashhur xattot Abduqodir Murodov tomonidan tadqiq etilgan. Ammo 

shu paytgacha, turkiy-o’zbek kitobi tarixiy manba sifatida alohida o’rganilmadi. 

Xulosa  sifatida  shuni  aytish  mumkinki,  hali  turkiy  tildagi  jahon  qo’lyozma 

fondlarida  mavjud  yoxma  manbalar  to’da  aniqlangani  va  ilmiy  muomalaga 

kiritilgani  yo’q.  Mavjud  va  aniqlangan  yozma  manbalar  yurtimizning  ko’p  asrlik 

uzoq  tarixi,  uning  boy  yozma  madaniyatidan  guvohlik  berib,  kelajagi  porloq 

ekanligiga to’la ishonch uyg’otadi. 

 



 

40 



Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish