Tarixni manbalarga tayanib o`rganish fanda ilgaridan mavjud an`ana bo`lsa -
da, lekin har bir davrda unga o`ziga xos talablar qo`yilgan. O`zbekistonda
mustaqillik yillarida manbalarni o`rganishning dolzarb vazifaga aylanishi
4
bevosita milliy davlatchilik masalalari bilan bog`liq va shu asosda tariximizni
yangicha tadqiq etishga kirishdik.
Mustaqillik yillarida O`zbekiston tarixini o`rganishga qaratilgan alohida
e`tibor birinchi navbatda, tarixiy manbashunoslik sohasida jiddiy o`zgarishlarga
sabab bo`ldi; manbalarni o`rganishga yangicha yondashuv, yangi talablar va
vazifalar kun tartibiga qo`yildi. Ushbu asosda tarixiy manbashunoslik sohasida
ilmiy tadqiqotlar va o`quv –uslubiy tizimlarida ham mavjud standartlarni qayta
ko`rib chiqish ehtiyoji yuzaga keldi.
Mustaqillik yillarida O`zbekistonda tarixiy manbashunoslikning umumiy
ko`lami kengaydi va bu holatni ilmiy muassasalarda olib borilayotgan
tadqiqotlar hamda oliy o`quv tizimidagi ta`lim misolida ko`rishimiz mumkin.
Avvalo shui ta`kidlash o`rinliki, tarixiy manbashunoslik shakl va mazmun
jihatdan ancha takomillashdi. O`zligimizni anglash, milliy qadriyatlarimizni
tiklash, tarixga xolisona yondoshish kabi kun tartibiga qo`yilgan dolzarb
masalalarbevosita yozma manbalarga murojat qilishni taqazo etardi. Chunonchi,
jahon madaniyati tarixida chuqur iz qoldirgan buyuk ajdodlarimizning tavallud
sanalarini yoki qadimiy shaharlarimiz yubileylarini keng miqiyosda
nishonlaganda, bevosita yozma manbalardagi tarixiy manbalarga tayangan
holda tadqiqotlar olib borilmoqda, kitoblar chop etilmoqda, xalqaro ilmiy
anjumanlar o`tkazilmoqda.
Bugunda manbashunoslik fanining ish doirasi yanada kengaymoqda. Bu
soha bo`yicha turli manbalar – moddiy, etnografik, arxeologik va yozma
yodgorliklarni qidirib topish, ulardan foydalanish nazariyasi va amaliyoti
ustida qizg`n tadqiqotlar olib borilmoqda. ”Xalqimizning asrlar sinovida yanada
kuchayib, toblanib borgan mustahkam irodasi, iymon-e`tiqodi nafaqat qadimiy
ma`naviyatimiz balki milliy o`zligimizni saqlab qolishga asos bo`ldi”
1
.
Binobarin, yozma tarixiy manbalar o`quvchining tarixiy voqealar, ijtimoiy
tuzum mohiyatini bilib olish asosida ularni bir-biri bilan taqqoslaydi, natijada
ulardagi o`xshashlik va farqni aniqlaydi. Ayni paytda tarixiy tafakkur
1
I.A.Karimov. Yuksak ma`naviyat - engilmas kuch. T. : ”Ma`naviyat”, 2008.
26- bet
5
jarayonida tarixiy faktlarning tub mohiyati ochiladi, ularnining muhim alomatlari
yoki belgilari oydinlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: