b)Amaliy manbashunoslik (yo’nalishi)
.
Amaliy manbashunoslik yo’nalishi
bevosita yozma manbalarni nazariy manbashunoslik tavsiyasiga binoan o’rganish,
izlab topish, tavsif etish va o’zi topgan, mavzu uchun yangi va kerakli
ma’lumotlarni ilmiy muomalaga olib kirishni nazarda tutadi.
Manbashunoslik amaliyotida tadqiqotchi o’zi uchun tanlab olgan biror
mavzuga oid manbalarni tanlab olgandan keyin ularning har birini tashqi yoki
moddiy – texnik belgilari va ichki mazmuniga ko’ra guruhlarga ajratib ilmiy tahlil
etishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |