Turkiy tildagi manbalarning xususiyatlari va tavsifi.
Boy yozma merosimiz, tarixiy manbalarimiz shakllanishi va yaratilishida turkiy-o’zbek tilining alohida o’rni bor. Lekin yurtimizda siyosiy hokimiyat avval arablarda, so’ng forsiy zabonli sulonlarda bo’lgan zamonlarda arab va fors tili davlat tili sifatida iste’foda etilib, bu tillarda rasmiy hujjatlar, tarixiy manbalar yaratildi. O’sha davolarda ham Mahmud Koshg’ariyning “Devoni lug’otit turk”, Yusuf Xos Xojibning “Qutadg’u bilik” kabi yirik yozma manbalarning yaratilishi turkiy tilning qudrati, salohiyati va kuchi yetarli ekanini namoyish etdi.
Bundan tashqari, uzoq muddat davomida xalqimiz yetakchi ziyolilari va jonkuyarlari “Qur’oni karim” tafsirlari, “Hadisi sharif” va “Qisas ul-anbiyo”larni o’z turkiy tilimizga o’girishga va moslashtirishga harakat qilganlar. Bizning boy diniy merosimiz bilan bog’liq kitoblar o’z tadqiqotchilarini kutmoqda. Keyingi mustamlaka davri siyosatida xalqimizga arab va fors tili, go’yoki chet tili, yot til sifatida ko’rsatilib, bu tillardagi boy merosimiz bizga begona, eskirgan, qoloq o’tmish merosi sifatida tushuntirilib kelindiki, natijada bizning ma’naviy dunyomiz ma’lum darajada kambag’allashdi, xalos.
Afsuski, arab yozuvidagi boy merosimizni tushunmaydigan, undan yotsiraydigan, eng fojialisi, tushunishni ham xohlamaydigan ziyolilar guruhi vujudga keldi. Ular tomonidan arab alifbosi asosidagi yozuvimiz eski o’zbek yozuvi deb atala boshlandi.
Mahmud Qoshqariyning “Devoni lug`tit turk”, Yusuf Xos Hojibning “Qutatg`u bilik”, Ahmad Yugnakiyning “Hibbat ul-haqoyiq” kabi asarlari garchi arab yozuvida bitilgan bo`lsa-da, aslida turkiy tilda bitilgan. Bu asarlar qadimiy turkiy tilda bitilgan asarlar hisoblanadi. Birgina Mahmud Qoshqariyning “Devoni lug`tit turk” asarida turkey til gramatikasining asoslari mujassam. Haligacha mazkur asarlar xalqimizning bebaho asarlari sifatida o`rganiladi va bu asarlarni o`rganish uchun ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.
Bugunda biz Alisher Navoiyni o’zbek adabiy tili asoschisi deb tan olganmiz. Uning “Muhokamut ul-lug’atayn” nomli asarida qayd qilinishicha, hokimiyat
arablarda bo’lganida ular o’z tilidagi madaniyatni ravnaq toptirishga homiylik qildilar va rag’batlantirdilar. Undan so’ng fors tilidagi madaniyatga e’tibor berildi. Va nihoyat Temuriylar saltanati o’rnatilgach, turkiy-o’zbek tilining va turkiy madaniyatning taraqqiy etishi uchun katta imkoniyatlar yaratildi. Ayniqsa Navoiyning taklifiga binoan tarixiy asarlar bitilishi fikrimizni isbotlaydi. Bu haqda Navoiy shogirdi Mirxond haqida shunday deb yozgan: “bu faqir iltimosi bilan ofariniydin bu kungacha tarixi jomiy bitibdurkim, tasnifga etubdur, insholloh, tugaturga tavfiq topgaykim, tavorix orasida andin muayanroq tarix bo`lmagusidir” 1. Uning homiyligida Mirxonddan tashqari, Xondamir, Vosifiy va boshqa tarixchilar kamolot shohsupasining yuqorisiga ko`tarildilar.
Bizning tilimizdagi yozma manbalar faqat hozirgi Respublikamiz hududi bilan chegaralanib qolmay, balki Alisher Navoiy iborasi bilan aytilsa, Xitodin to Xurosngacha, hatto Idil (Volga) daryosi bo’ylarigacha bo’lgan joylarda turkiy til tushunilgan, yozma manbalar, madaniyat obidalari yaratilgan.
Birgina xarakterli misol. Buyuk boburiylar oltinchisi Avrangzeb Olamgir (1657-1706 yy.) o’zining Rus podshohiga jo’natgan rasmiy maktubini turkiy tilda bitgan va bu muhim hujjat rus solnomalarida saqlanib qolgan.
XIII asrda Qul Ali tomonidan turkiy tilda “Yusuf va Zulayho” dostoni Oltin O’rdada bitilgan. Birinchi turkiy tildagi aruz risolasi XV asr o’rtalarida Misrda yaratilgan.
Mo’g’ul hokimlar huzurida baxshi – kotiblarning bo’lganligi va nihoyati XIV asr oxiriga borib “Temur tuzuklari”ning yuzaga kelishi turkiy-o’zbek tilining taraqqiyoti uchun katta xizmat qildi. Nosiriddin Rabg’uziyning “Qisas ul-anbiyo” asarining yaratilishi, “Tarixi Tabariy”, Sharafuddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”, Muhammad Mirxondning “Ravzat us-safo” kabi yirik asarlarning turkiy tiliga o’girilishi, Durbek, Sayid Qosimiy, Lutfiy, Alisher Navoiy, Hofiz Xorazmiy kabi shoirlar ijodi turkiy-o’zbek tilining jahondagi taraqqiy etgan adabiy va ilmiy til ekanligini ko’rsatdi.
1 Alisher Navoiy. T. “Kamalak”, 1991, 17-bet.
Alisher Navoiy yirik badiiy asarlari, “Xamsa” va “Lison ut-tayr” dostonlari, “Xazoyin ul-maoniy” nomli to’rt devonlari qatorida yaratilgan nasriy tarixiy asarlari, xususan tarixga oid “Tarixi anbiyo va hukamo”, ”Tarixi muluki Ajam”, “Xamsat ul-mutaxayyirin”, ”Holoti Sayyid Hasan Ardasher”, ”Holoti Pahlavon Muhammad”, ”Vaqfiya”, “Mahbub ul-qulub”, ”Majolis un-nafois”, ”Nasoyim ul- muhabbat”, “Munshaot” asarlari juda katta tarixiy ahamiyatga molik manbalarning yaratilganligi keyingi davrlarda turkiy-o’zbek tilining rivojiga ulkan hissa bo’lib qo’shildi.
Zahiriddin Muhammad Boburning “Vaqoyi’” (“Boburnoma”, 1530 y.) asarining yaratilishi jahonshumul ahamiyatga molik manba sifatida ijod etilganligini ko’rsatadi. Chunki bu obida to’rt marta fors tiliga, uch marta ingliz tiliga to’la tarjima qilinib, birgana forsiy qo’lyozmalarning juda ko’p tarqalganligi, o’n uch qo’lyozmaga ko’plab mo’’jaz rasmlar bilan ziynatlanganligi, asl matnning sakkiz marta chop etilishi, o’ndan ziyod inglizcha qisqa nashrlar yuqoridagi fikr isboti uchun kifoyadir.
Alisher Navoiyning “Majolis un-nafois” tazkirasi ham XVI asrda uch marta fors tiliga tarjima qilingan. Yana Muhammad Solih, Abuloziy Bahodirxon, Munis, Ogahiy, Bayoniy, Hakimxon To’ra va boshqalarning tarixiy asarlari juda muhim va qimmatli manbalardir.
Ayniqsa, XIX asrda Xorazmda va Sharqiy Turkistonda turkiy tilga katta e’tibor tufayli ko’plab tarixiy, diniy va badiiy asarlar forsiy, arabiy tillaridan tarjima qilindi, yangi asarlar yaratilishiga imkon yaratildi.
Umuman, XX asr birinchi choragigacha turkiy - o’zbek tillarida qator tarixiy manbalar yaratilgan edi. Bu davrgacha bitilgan bizning tilimizdagi obidalar arab alifyuosi asosidagi yozuvlarda bitilgan edi.
1929 yili alotin alifbosiga o’tildi. 1940 yili rus-kirill alifbosi kiritildi.
Mustaqilligimiz bizga yana lotin alifbosini qayta tikladi. Albatta, lotin alifbosi rus-kirill alifbosiga nisbatan ko’plab turkiy xalqlar uchun qabul qilinganligi bilan qator afzallikka ega. Lekin deyarli XIII yoki XII asr davomida yaratilgan manbalar taqdiri nima bo’ladi? degan savol kishini o’ylantiradi.
Bo’lg’usi tarixchilarga fors, arab tili asoslarini o’rgatilishi, arab yozuvidagi manbalardan foydalanish malakasini hosil qilish qay darajada?
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning tarixga e’tibori va xilqimiz boy madaniyatini o’rganishga, qadolashga intilishi kishida umid va kelajakka ishonch uyg’otadi. Darhaqiqat, “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q”1.
X-XIV asrlarga oid turkiy tildagi yozma manbalar nisbatan kam saqlanib qolgan. Mavjudlari esa hali munosib tarzda manbashunoslik nuqtai-nazaridan o’rganilib, ilmiy muomalaga kiritilgani yo’q. Ya’ni u manbalar tarix ilmida o’z o’rnini egallagani yo’q.
X-XIV asrlarga oid turkiy tildagi yozma manbalar to’g’risida shuni qayd etish zarurki, ularda ham arab va fors tillaridagi manbalarga xos umumiy xususiyatlar o’xshash desak bo’ladi. Yozuv xususida turkiy va fors tili harflari aynan bir xil, ya’ni 32 harfdan iborat.
Turkiston kitobi tarixining tadqiqotchisi E.O.Oxunjonov o’z ilmiy izlanishlarida yozma manbadarni kitobat tarixi nuqtai nazaridan ochib bergan.
XV asrdan boshlab yaratilgan tarixiy, badiiy va ilmiy asarlar qo’lyozmalari, kitoblari birinchi navbatda yozuv, xat turi xususiyatlari, kitobat fani, san’ati jihatidan alohida yuksak saviyasi, badiiy ziynat-bezaklari bilan ajralib turadi. Aksariyat manbalar Temuriylar davrida Mir Ali Tabriziy tomonidan ixtiro qilingan eng go’zal nasta’liq xatida bitilgan.
Temuriylar va Shayboniylar davrida hamda keyinroq yaratilgan qo’lyozmalar asosan podshoh va a’yonlar uchun mo’ljallangan. Mana shuning uchun ham ular kitobat san’atining shoh asarlari darajasida yaratilgan.
XVIII-XIX asrlardagi yozma manbalar qo’lyozmalarini ikki guruhga ajratish mumkin. Bir guruhi – shohona qo’lyozmalar. Ikkinchi guruhi esa keng jamoatchilik va o’rta hol ziyolilar uchun yaratilgan qo’lyozmalar1. Bularning har biri materal va saviya bilan ajralib turadi. Ikkinchi guruh qo’lyozma kitoblarida matn mazmuniga ham e’tibor berilgan, lekin qo’lyozma uchun ishlatilgan
1 I.A.Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. T. “Sharq”. 1998. 12- bet.
1 Munirov Q. Sharq qo`lyozmalari Т. 1962. 34- bet.
materiallar, ziynat va bezaklar o’rta miyona, baholi qudrat, ammo yetarli san’at asari va ilm-fan uchun bemalol foydalansa bo’ladigan manba saviyasida yaratilgan. XIX asrda ko’proq qo’lyozmalarni yozishda ilm ahli orasida xatti mulloyi, talabalar xati va yangi ixtiro qilingan shikasta xati keng tarqaldikim, shiddatli taraqqiyot, ayniqsa toshbosma va mixbosma kitoblarning ko’payishi, an’anaviy mo’’tabar qo’lyozmalarini yaratilishini kamayishiga olib keldi. Bu davr qo’lyozmalar xususiyotlari kitobat san’ati nuqtai nazaridan olima E.M.Ismoilova
tomonidan aniqlangan va uning asarlarida bayon etilgan.
XIX asrda oxirida vujudga kelgan jadid ma`rifatparvar namoyondalarining asarlari, adabiy kitoblari va darsliklari turkiy ya`ni hozigi zamon turkiy tilini ayniqsa o`zbek tilini boyitishda muhim hissa bo`lib qo`shilgan. Bu asarlar, tarixiy manba sifatida turkiy tilni yangicha tasnif etish va anglashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Qo’qon xonligi tarixi manbalari xususiyatlari olimlardan R.N.Nabiyev, H.N.Bobobekov, Sh.Vohidov, T.Biysembiyev va boshqalarning tadqiqotlarida tahlil etilgan. XIX asr Xorazm tarixiy asarlari qo’lyozmalari Q.Munirov va N.Komilov tadqiqotlarida o’rganilgan. Bu tadqiqotlar samarasi tarixiy voqelikning real talqini sifatida anglash, e`tirof etish, tarixiy qonuniyatlarni xolisona o`rganish, tarix ta`limini samaradorligini oshirish, o`zligimizni teran anglashga xizmat qiladi.
Yurtimizda yaratilgan aksariyat qo’lyozmalar, xususan O’zbekiston Fanlar Akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondidagilar mashhur xattot Abduqodir Murodov tomonidan tadqiq etilgan. Ammo shu paytgacha, turkiy-o’zbek kitobi tarixiy manba sifatida alohida o’rganilmadi.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, hali turkiy tildagi jahon qo’lyozma fondlarida mavjud yoxma manbalar to’da aniqlangani va ilmiy muomalaga kiritilgani yo’q. Mavjud va aniqlangan yozma manbalar yurtimizning ko’p asrlik uzoq tarixi, uning boy yozma madaniyatidan guvohlik berib, kelajagi porloq ekanligiga to’la ishonch uyg’otadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |