b)Amaliy manbashunoslik (yo’nalishi). Amaliy manbashunoslik yo’nalishi bevosita yozma manbalarni nazariy manbashunoslik tavsiyasiga binoan o’rganish, izlab topish, tavsif etish va o’zi topgan, mavzu uchun yangi va kerakli ma’lumotlarni ilmiy muomalaga olib kirishni nazarda tutadi.
Manbashunoslik amaliyotida tadqiqotchi o’zi uchun tanlab olgan biror mavzuga oid manbalarni tanlab olgandan keyin ularning har birini tashqi yoki moddiy – texnik belgilari va ichki mazmuniga ko’ra guruhlarga ajratib ilmiy tahlil etishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |