302- guruh talabasi Choriyev Akbar
Laboratoriya №1
Mavzu: Informatika ta’limida an’anaviy va noan’anaviy ta’lim texnologiyalari
Ishdan maqsad: An’anaviy va noan’anaviy ta’lim texnologiyalarini o’rganish
Topshiriqlar:
Ta’lim shakllari haqida ma’lumot bering
Informatika ta’limida an’anaviy ta’lim tizimida ma’lumot bering
Informatika ta’limida noan’anaviy ta’lim tizimida ma’lumot bering
1. “Ta’limning tashkiliy shakllari” (“ta’lim shakllari”) tushunchasining mohiyati. Ta’limning asosiy shakllari (ma’ruza, seminar, amaliy mashg’ulot, laboratoriya mashg’uloti, konsultasiya (maslahat), ekskursiya, praktikum va boshqalar). O’quvchilarning yosh xususiyatlariga tayangan holda ta’lim shakllaridan foydalanish.
Ta’limni tashkil etishning an’anaviy shakli (sinf-dars tizimi). Darsni tashkil etishga qo’yiladigan didaktik talabalar. Dars jarayonining tarkibiy tuzilmasi. Dars turlari. Darsda o’quvchilar o’quv faoliyatini ommaviy, guruhli va yakka tartibda tashkil etish. Zamonaviy sharoitda darslarni takomillashtirish yo’llari.
Ta’limni tashkil etishning noa’anaviy shakllari (o’quv dialogi, uchrashuv, konferensiya, davra suhbati, matbuot konferensiyasi, bahs-munozara, trening, muzey darslari, didaktik (ishbop va rolli) o’yinlar, “O’tkir zehnlilar klubi”, musobaqalar, auksion, “Mo’jizalar maydoni”, “Tergovni bilimdonlar olib boradi”, kichik guruhlarda ishlash, juftlikda ishlash, jamoa bo’lib o’quv topshiriqlarini bajarish va boshqalar).
O’quvchilarning uy vazifalari. Uy vazifalarining mazmuni.
O’quv ishlarini tashkil etishning darsdan tashqari shakllari (fan to’garaklari, ilmiy jamiyatlar, olimpiadalar, o’quv kurslari, fan haftaliklari, bellashuvlar, ko’riklar, viktorinalar, ko’rgazmalar va boshqalar).
Turli shakllardagi o’quv mashg’ulotlarining o’zaro aloqadorligi.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. ma’ruza, namoyish yetish, blis-so’rov, savol-javib, “baliq skeleti”, munozara, BBB, Insert, o’z-o’zini nazorat.
2. An`anaviy dars — muayyan muddatga mo`ljallangan, ta`lim jarayoni ko`proq o`qituvchi shaxsiga qaratilgan, mavzuga kirish, yoritish, mustahkamlash va yakunlash bosqichlaridan iborat ta`lim modelidir. O`quv materiali yangi va ancha murakkab bo`lganda, an`anaviy dars — ko`p hollarda ta`lim jarayonining birdan — bir metodi bo`lib qolmoqda.
Ma`lumki, an`anaviy darsda ta`lim jarayonining markazida o`qituvchi turadi. SHu bois, ba`zida an`anaviy darsni markazida o`qituvchi turgan o`qitish usuli deb ham atashadi.
An`anaviy dars o`tish modelida ko`proq ma`ruza, savol —javob, amaliy mashq kabi metodlardan foydalaniladi. SHu sabab, bu hollarda an`anaviy dars samaradorligi ancha past bo`lib, o`quvchilar ta`lim jarayonining passiv ishtirokchilariga aylanib qoladilar.
An`anaviy dars o`tishda mashg`ulotning bosqichlarini quyidagicha rejalashtirish mumkin.
1. Kirish. O`tilgan materialni takrorlash; darsning maqsadini tushuntirish; yangi darsning mavzusi va mashg`ulot rejasi bilan tanishtirish.
2. YAngi mavzuni yoritish. YAngi mavzuni kichik — kichik bo`lakchalarga bo`lib berish; rang —barang misollarni imkoni boricha ko`rgazmali taqdim qilish; mavzudan chetlashmaslik; materialning murakkab tomonlarini qayta tushuntirish; o`quvchilarning tushunganlik darajasini tekshirib borish; teskari aloqani ta`minlash.
3. «Teta—poya» mashq. Biror misol (yoki masalani) o`quvchilar bilan qadamba — qadam hal qilish va tahlil qilish:
4. Yo`naltirib turiluvchi mashq. O`quvchilar mashq (yoki masalani) mustaqil bajarishadi, o`qituvchi esa ularni nazorat qilib, tuzatish kiritib boradi.
5. Mustaqil bajariladigan mashq. O`quvchilar mashqni mustaqil holda o`qituvchi yordamisiz bajarishadi.
6. O`quvchilarning tushunganlik darajasini tekshirish. Nazorat savollari bilan murojaat etish va mavzuni o`zlashtirish darajasini aniqlash.
7. YAkunlash. Dars mavzusining asosiy tushunchalarini va o`quv maqsadlarini jamlash.
An`anaviy ta`lim metodlari bugungi kunda qator kamchiliklarga ham egaki, bu o`quv jarayonida noan`anaviy ta`lim metodlarini qo`llash ehtiyojlarini paydo qiladi. Bu kamchiliklar quyidagilardir.
O`quvchilar passiv ishtirokchi bo`lib qoladilar, dars mashg`uloti markazida hamda asosiy boshqaruvchilik rolida o`qituvchining turganligi bunday passivlikka olib keladi.
O`qituvchining to`la nazorati barcha o`quvchilar uchun motivatsiyani vujudga keltirmaydi. CHunki, o`quvchilar tomonidan amalga oshirilayotgan barcha xatti-harakatlar qat`iy talab asosida sodir bo`ladi. Bu o`quvchida ijodiy tashabbusni uyg`otmaydi.
O`quvchilar o`qituvchi bilan bevosita muloqotga kirisha olmaydilar. CHunki, har bir dars bosqichi muayyan qoidalarga asoslanganligi va bu bosqichlar o`qituvchining ixtiyorida sodir bo`layotganligi muloqotning har xil shakllarini namoyon bo`lishiga ehtiyoj tug`dirmaydi.
Eslab qolish darajasi hamma o`quvchilarda bir —xil bo`lmaganligi sababli, sinf bo`yicha o`zlashtirish darajasi past bo`lib qolishi mumkin. YA`ni, an`anaviy ta`limda mashg`ulotga va bilish jarayoniga o`quvchilarni qiziqtiruvchi har xil uslublarni, xotirani mustahkomlovchi o`yinli texnologiyalarni qo`llash imkoniyatlaridan foydalanilmasligi mazkur oqibatlarni keltirib chiqaradi.
Mustaqil o`rganish va mustaqil qarorlar qabul qilish uchun sharoitlar yaratilmaydi. Talabani ijodiy fikrlashga undovchi kuchning mavjud emasligi tabiiy ravishda yangi g`oyalarni ishlab chiqish uchun sharoitlarni yuzaga keltirmaydi.
O`qitishning noan`anaviy modellarini shartli ravishda 3 ga ajratish mumkin.
Bu modellar asosan o`quvchi shaxsiga qaratilgan bo`lib, ularni boshqacha qilib markazda o`quvchi turgan ta`lim modellari deb ham atashadi.
Modellashtirish — real hayotda va jamiyatda yuz berayotgan hodisa va jarayonlarni ixchamlashtirilgan va soddalashtirilgan ko`rinishini (modelini) sinfxonada yaratish va ularda o`quvchilarni shaxsan qatnashishi va faoliyati evaziga ta`lim olishini ko`zda tutuvchi metod.Hamkorlikda o`rganish modeli—o`quvchilarning mustaqil guruhlarda ishlashi evaziga ta`lim olishini ko`zda tutadigan metod.O`rganishning tadqiqot modeli — o`quvchilarni muayyan muammoni yechishga yo`naltirilgan, mustaqil tadqiqot olib borishini ko`zda tutuvchi metod.Noan`anaviy (ta`lim jarayoni markazida o`quvchi bo`lgan) o`qitish metodlarning afzalliklari:O`qitish mazmunini yaxshi o`zlashtirishga olib kelishi.
O`z vaqtida aloqalarning ta`minlanishi.
Tushunchalarni amaliyotda qo`llash uchun sharoitlar yaratilishi.
O`qitish usullarining turli xil ko`rinishlari taklif etilishi.
Motivatsiyaning yuqori darajada bo`lishi.
O`tilgan materialning yaxshi eslab qolinishi.
Muloqotga kirishish ko`nikmasining takomillashishi.
O`z—o`zini baholashning o`sishi.
O`quvchilarning predmetning mazmuniga. o`qitish jarayoniga bo`lgan ijobiy munosabati.
Mustaqil fikrlay oladigan o`quvchining shakllanishiga yordam berishi. Nafaqat mazmunini o`zlashtirishga yordam bermay, balki tanqidiy va mantiqiy fikrlashni ham rivojlantirishi.
Muammolar yechish ko`nikmalarining shakllanishi.
Noan`anaviy o`qitish metodlari quyidagi kamchiliklarga egadir. Mashg`ulotga tayyorgarlik uchun juda ko`p vaqt talab etilishi.
O`quvchilarni har doim ham keraklicha nazorat qilish imkoniyatining pastligi.
Juda murakkab mazmundagi material o`rganilayotganda ham o`qituvchi ro-lining past bo`lishi.
«Kuchsiz» o`quvchilar bo`lganligi sababli «kuchli» o`quvchilarning ham past baho olishi.
O`qituvchining o`zi ham yaxshi rivojlangan fikrlash qobiliyatiga va muammolar yechish ko`nikmalariga ega bo`lishining talab etilishi.
SHunday qilib, bugungi kunda dars mashg`ulotlarida ham an`anaviy, ham noan`anaviy o`qitish modellaridan foydalaniladi. Bunda mavzuning xususiyatiga, o`zlashtiriladigan materialning mazmuniga va o`quv maqsadlarining tarkibiga va nazorat tizimining qanday tashkil etilish jihatlariga e`tibor beriladi.
Tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, an`anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda, unga turli — tuman o`quvchilar faoliyatini faollashtiradigan metodlar bilan boyitish o`quvchilarning o`zlashtirish darajasini ko`tarilishiga olib kelar ekan.
Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, o`qituvchi tomonidan o`quvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta`lim jarayonida faolligi muttasil rag`batlantirilib turilishi, o`quv materialini kichik — kichik bo`laklarga bo`lib, ularning mazmunini ochishda bahs, munozara, aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, tadqiqot, rolli o`yinlar metodlarini qo`llash, rang—barang qiziqtiruvchi misollarning keltirilishi, o`quvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash, rang — barang baholash usullaridan foydalanish, ta`lim vositalaridan joyida va vaqtida foydalanish talab etiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. A. To’xtaboеv, A. Eraliеv “Tashkiliy xatti-xarakatlar” Andijon., “Xayot” 2001 y
2. O. Musurmonova “Ma'naviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi” T., “O’qituvchi” 1990 y
3. R. Mavlonova “Pеdagogika” T., “O’qituvchi” 2004 y
4. Подласий И.П. Педагогика.—Москва, Висщая образования, 2008г
5. Ахmеdоvа M.E Pеdаgоgikа nаzаriyasi vа tаriхi” o’quv qo’llаnmа T:2011 “Tаfаkkur bo’stоni” nаshriyoti 157 b
Do'stlaringiz bilan baham: |