Tobelik daraxti (shajara) – L.Tenyer g‘oyalari ta’sirida shakllangan tobelik grammatikasi modeli bo‘lib, u kompyuter lingvistikasining avtomatik analiz dasturlarida ishlatiladi. Bunda gap asosan daraxt ko‘rinishida tasvirlanadi, jumla tarkibidagi so‘zlar bir-biri bilan tobelik munosabatida bo‘ladi (bevosita dominatsiya munosabati). Kesim daraxtning ildizida joylashadi va dominant bo‘lak hisoblanadi, boshqa so‘zlar (gap boiaklari) unga bevosita yoki bilvosita (boshqa so‘zlar yordamida) tobelangan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |