Formal grammatika turlari – N.Chomskiy qoidalarning ifodalanish turiga qarab formal grammatikani 4 tipga ajratgan va bu Chomskiy iyerarxiyasi deb nomlanadi:
0 grammatika (unrestricted phrase-structure grammar) -juda murakkab gene- rativ grammatika, bunda G=(N,’\ P, S) belgilari yordamida ish ko‘riladi. N, “ - alifbo (N - noterminal simvollar. u grammatikadagi simvollarni o‘z ichiga oladi; “
metatilning terminal simvollari, u tildagi so‘zlarni qamrab oladi); S - noterminal to‘plamning boshlang‘ich simvoli, P - qayta ishlab chiqilgan qoidalar. Bunda terminal va noterminal simvollarni birlashtiruvchi V belgisi qabul qilingan, u inglizcha Vocabulary (lug‘at) so‘zidan olingan (V=TVUS). Bu grammatika o‘ta abs- traktlashgan matematik modellarga, informatika nazariyasiga tatbiq etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |