Cho‘michli pog‘onali yuklash mashinasi



Download 1,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana20.06.2022
Hajmi1,1 Mb.
#681214
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
umk (Lotincha)-080-095

 
 
1-rasm.
Burg‘ilash asboblari 
Burg‘ilashning bizga ma’lum uchta usuliga mos ravishda burg‘ilash asboblari aylantirib 
burg‘ilashga, zarb berib-burish bilan burg‘ilashga va aylantirib-zarb berish bilan burg‘ilashga 
mo‘ljallangan bo‘ladi (2-rasm). 
Aylantirib burg‘ilashga mo‘ljallangan burg‘ilash asboblari
– asosan qo‘lda ishlatiladigan 
va kolonkali kon parmalarida ishlatilib, (2-rasm) echiluvchi keskich 1, burama vintli shtanga 2 dan 
tashkil topgan. Burg‘ilash asbobining bir uchi konussimon, ikkinchi uchi esa bosh qism deyilib, 
keskich o‘rnatiladigan uyacha va kskichni shtanga bilan bog‘lovchi shpilьka 3 dan iborat.
Ikkala kechkichlarning birlashgan o‘tkirlik burchagi 120
0
, bitta keskichning o‘tkirligi 65
0

Mexanik burg‘ilash mashinalari aylantirib burg‘ilovchi burg‘ilash asbobi (2-rasm) 
echiluvchi kechkich 1 va burg‘ilash shtangasi 2 dan iborat. Keskich korpus 3, dum qismi 4 va 
perьev
5 dan tashkil topgan. Bunday keskichlarning ko‘mirga va boshqa tog‘ jinslariga 
mo‘ljallanshan turlari mavjud. Ko‘mirga mo‘ljallangan keskichlarda boshqa keskichlarga nisbatan 
lezviyalari zatochkalari
burchaklari kichikroq bo‘ladi. 
Ikki tishli va uch tishli keskichlar farqlanadi. Keskichlar 41, 44 va 60 mm diametrli b 
o‘ladi. 


84 
Keskich korpusi U7, 30XGSA yoki 35XGSA markali po‘latlardan yuqori haroratda qayta 
ishlangan holda tayyorlanadi. Ularga VK-6V, VK-8V yoki VK-15 markali kobolьt tarkibli qattiq 
qotishmali plastinkalar quyiladi. 
Mexanik burg‘ilovchi mashinalar aylantirib burg‘ilovchi keskichlari quyidagi talablarga 
javob berishi kerak: 
- 20000 N gacha o‘q yo‘nalishidagi kuchni uzatishni ta’minlashi; 
- 0,4-1,0 MPa bosimli suvni uzatish (0,25-0,33 l/sekund) imkonini beruvchi etarli 
o‘lchamdagi kanalchaga ega bo‘lishi; 
- ikki tishli keskichlarda ikkita, uch tishli keskichlarda esa uchta suv kanalchalari bo‘lishi; 
- keskichning tashqi shakli silliq bo‘lishi va shtanga bilan ulanadigan joyida quyqaning 
(shlam) erkin chiqishini ta’minlashi kerak; 
- qattiq qotishmali plastinkaning keskich korpusiga mustaxkam biriktirilishi surilishga 150 
N/mm

o‘lchamdan kam bo‘lmasligi; 
- keskich shtangaga bilan tebranishlarsiz va yuvuvchi suyuqlikning sizib chiqmasdan zich 
va mustaxkam biriktirilishi talab etiladi.
Ikki tishli keskichlar ko‘mir, kichik va o‘rtacha qattiqlikdagi tog‘ jinslarini burg‘ilashda 
keng qo‘llaniladi. Qattiq va yoriqli tog‘ jinslarida ikki tishli keskichlar ishlatilganda burg‘ilash 
sifati yomonlashadi, keskich tishlari tog‘ jinsiga tiqilib qoladi yoki shtanga va mashinaga kuchli 
tebranish etkazadi. SHuning uchun bunday sharoitlarda uch tishli keskichlar ishlatiladi va 
yuqoridagi holatlarning oldi olinadi. 
2-rasm.
Burg‘ilash asbobi 
Keskichlarni shtangaga qotirishning bir necha usullari mavjud: konusli, rezьbali,ssilindrik 
kulachokli va shplintli. 
Konusli qotirishda keskich bilan shtanga ishonchli zichlashadi va o‘q yo‘nalishidagi bosim 
yaxshi uzatiladi, lekin katta buruvchi momentnm uzatish vaqtida shtanga burilib ketishi mumkin 
va shaxta uchun xavfli xaroratga qizishi mumkin. Konusli qotirishda shtanganing burilib 


85 
ketmasligini ta’minlovchi qurilma o‘rnatish maqsadga muvofiqdir. Ulanish konusligining qiymati 
1:12 va 1:16 qiymatda bo‘ladi. 
Rezbali qotirish xam ishonchli, lekin ish vaqtida rezьba xaddan tashqari zich qisilib ketadi 
va echib olish qiyinlashadi. Undan tashqari rezьbali birikmani tayyorlash bir muncha qiyin bo‘lib, 
keskich asbobi tannarxining oshishiga sabab bo‘ladi. 
Zarb berib-burish bilan burg‘ilashga mo‘ljallangan burg‘ilash asboblari
– asosan 
perforatorlada ishlatiladi, echiluvchi koronka (2-rasm, v) 1 va burg‘ilash shtangasi 2 dan tashkil 
topadi. 
Koronkalar plastinkali va qoziqli bo‘lishi mumkin. Plastinkali koronkalar kesuvchi qismi 
qattiq qotishmali plastinkalar ko‘rinishida, qoziqli koronkalarda esa qoziq ko‘rinishida 
yopishtiriladi.
Koronkalar bo‘lishi mumkin: dolotali (KDP va KDSH), uch
tishli
(perьya), (KTP, KTSH), 
to‘rttishli – xochsimon (krestovыe) (KKP va KKSH), X – shaklli (KXP va KXSH). Bundan 
tashqari bir marta ishlatiladigan KOSH rusumli bir butun keskichli koronkalar ham ishlab 
chiqariladi.
Dolotali koronkalar monolit (butun, jips, yaxlit) tog‘ jinslaridan, uchtishli va to‘rttishli-
xochsimon koronkalar esa monolit va yoriqli tog‘ jinslaridan shpurlar burg‘ilashga mo‘ljallangan 
(3-rasm). Bir marta ishlatiladigan koronkalar kesuvchi qismi qayta yo‘nilmaydi, asosan 
xrupkiy
abraziv bo‘lmagan tog‘ jinslaridan shpurlar burg‘ulashda ishlatiladi. Dolotali koronkalar diametri 
32-60 mm, boshqalariniki esa 85 mm gacha bo‘ladi. 
3-rasm.
Dolotali koronkalar. 
Perforatorlar burg‘ilash koronkalari shtanga bilan konusli yoki rezьbali bog‘lanishga ega 
bo‘ladi. Qo‘llanilgan rezьba profili: 
upornaya, verevochnaya i obratno-upornaya.
Konusli bog‘lanishli burg‘ilash koronkalari (3-rasm, v) shtanga bilan mustaxkam 
bog‘lanishga ega bo‘lishi uchun mis yoki latun plastinkalar yordamida qotiriladi. Konuslilik 
darajasi odatda 1:8 qiymatda bo‘ladi. 
Perforator koronkalariga quyidagi asosiy talablar qo‘yiladi: shpur shakliningssilindrik 
bo‘lishini ta’minlash; engil burg‘ilash va shpurdan osonlik bilan chiqishi; qattiq qotishmali 


86 
kesuvchi plastinkaning ishonchli maxkamlanishi va maksimal ishlatilishi; o‘tilayotgan shpur 
diametri koronkaning nominal diametriga yaqin bo‘lishi uchun koronka ishchi yuzasining 
maksimall darajada mustaxkam bo‘lishi; burg‘ilanayotgan shpur kesimi maydalangan tog‘ 
jinslarini haydab chiqarishni yoki so‘rib olishni ta’minlashi kerak; koronka kesuvchi qismi 
yo‘nilish burchagi 110
0
ni tashkil etishi kerak. 
Perforator koronkalarini tayyorlash uchun quyidagi qattiq qotishmalar tavsiya qilinadi: 
f=15-20 qattiqlikdagi tog‘ jinslari uchun VK-15 rusumli, f=10-15 tog‘ jinslari uchun esa VK-8V 
rusumli. 
Aylantirib - zarb berish bilan burg‘ilashga mo‘ljallangan burg‘ilash asboblari 
2-rasm, g 
da ko‘rsatilganidek burg‘ilash koronkasi 1 ikkita yon tarafdan yuvuvchi tirqishlarga ega. VK-8V 
rusumli qattiq qotishmali plastinka bilan ta’minlangan. Kornka korpusi U7 markali po‘latdan 
tayyorlangan. 
Nisbatan qattiq yoriqli tog‘ jinslaridan aylantirib-zarb berish bilan shpur burg‘ilashda 
uchtishli koronkalar ishlatiladi. 
Burg‘ilash shtangasi 2 o‘lchamlari shpur 
chuqurligiga bog‘liq ravishda diametri odatda 
22-32 mm, uzunligi esa 3-5 m, suv haydash 
kanalchasi diametri esa 8 mm ni tashkil qiladi. 

Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish