Cho`lpon she`riyatida davr ziddiyatining aks etishi



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/13
Sana31.12.2021
Hajmi0,55 Mb.
#205236
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
cholpon ijodi va uning organilishi tarixi

X U L O S A 

Xalqimiz  ma‟naviy  yuksalishida  muhim  o„rin  tutgan  Abdulhamid 

Sulaymon  o„g„li  Cho„lpon  ijodini  estetik  tafakkurning  o„ziga  xos  g„oyaviy-

badiiy  in‟ikosi  deyish  mumkin.  Zero,  ma‟rifatchilik  harakati  va  jadid 

adabiyoti  Turkistonning  XX  asr  boshlaridagi  ijtimoiy-siyosiy  va  ma‟naviy 

hayotida  estetik  vazifani  bajardi.  Bu  davrda  badiiy  jarayonning  mavzu 

doiralari  kengaydi,  adabiyot  va  san‟at bevosita  millat  va  mamlakat  ijtimoiy-

siyosiy hayoti bilan bog„liq voqealarni aks ettira boshladi.  

Badiiy adabiyot - inson faoliyatining mahsuli. Inson faoliyati esa keng 

va  serqirradir.  Inson  faoliyati  bir-biriga  bevosita  yoki  bilvosita  bog„liq 

bo„lgan "mehnat faoliyati",  "ruhiy faoliyat", "estetik  faoliyat" kabi jihatlarni 

o„z  ichiga  oladi.    Boz  ustiga,  ruhiy  faoliyatning  o„zi  "aqliy",  "hissiy", 

"ruhoniy" faoliyat qirralarini   namoyon  etadi.  Badiiy  adabiyot  insonning 

go„zallik qonunlari asosidagi ijodiy-ruhiy faoliyati mahsulidir. Shunday ekan,  

badiiy    adabiyotni  ta‟riflashda  biryoqlamalikka  yo„l  qo„yish,  uni  faqat 

ijtimoiy  ong  yoxud  faqat  san‟at  hodisasi  sifatida  tushunish  predmetning 

mohiyatini jo„nlashtiradi, bizni uning tabiatini anglashdan uzoqlashtiradi. 

XX  asr  boshlarida  Turkistondagi  ijtimoiy-adabiy  muhit  yangicha 

fikrlaydigan,  millat va  mamlakat  taqdiriga befarq qaramaydigan  ijodkorlarni 

shakllantirdi.  Cho„lpon  ana  shu  muhitda  ulg„ayib,  so„ngra  o„zining  yangi 

ijodiy  yo„li  va  obrazlar  dunyosiga  hamda  mustaqil  estetik  qarashlariga  ega 

bo„lgan ijodkor sifatida namoyon bo„ldi. U o„zbek xalqining XX asr birinchi 

yarmida ijod qilgan adiblari orasida original badiiy ifoda imkoniyatlariga ega 

bo„lgan  shaxs  sifatida  tarixda  qoldi,  Sharq  va  G„arb  badiiy  tafakkurining 

romantik chashmalaridan bahramand bo„lgani holda badiiy ijodda serqirra va 

sermazmun ma‟naviy meros qoldirdi.  

Cho„lpon  ilmiy-ma‟rifiy  merosimiz  uchun  “Kecha  va  kunduz”  singari 

ajoyib roman, “Yorqinoy” kabi romantik drama qoldirgan bo„lsada, u asosan, 

ruhiyat  shoiri,  orzular  kuychisi,  erksevar  adib  sifatida  mashhurdir.  Uning 



 

43 


estetik  qarashlari  asosan  poeziyasida,  ijodiy  uslubidagi  romantik  tasvir 

vositalari  esa  erk,  istiqlol,  ozodlik  kabi  ulug„vor  g„oyalar  bilan  sug„orilgan 

ijodiy faoliyatida aks etadi.  

Abdulhamid Cho„lpon Sharq mumtoz she‟riyatida aks etgan voqelikdagi 

ruh,  tuyg„u  va  g„oyalar  ifodasini  ramziy  obrazlar,  tashbehlar  va  tasvirlar 

orqali  berishga  asoslangan  romantik  ifoda  uslubini  XX  asr  ijtimoiy-tarixiy 

voqealarini  aks  ettirishda  qo„lladi  va  bu  uslubda  original  asarlar  yaratishga 

erishdi. 

“Sharq”  va  “G„arb”  obrazlariga  bag„ishlangan  she‟rlarining  romantik 

uslubida  shoirning  vatanparvarlik  jasorati,  xususan,  Sharq  timsolidagi 

Turkiston  xalqlarining  iztirobi  va  mustaqillik  uchun  kurashga  chorlovchi 

chaqiriqlar poetik ohang va ijtimoiy-falsafiy g„oyalar bilan yo„g„rilgan. 

Cho„lpon  badiiy-estetik  olami  tor  mahalliychilik  va  millatchilikdan 

ko„ra,  xalq  ma‟naviyatini  yuksaltirish,  uni  jahon  estetik  madaniyatidan 

bahramand  etuvchi  milliy  va  umuminsoniy  qadriyatlarni  uyg„unlashtirishga 

qaratilgan.  U  madaniyatlar  taraqqiyotidagi  eng  asosiy  estetik  tamoyil  –  bu 

xalqlar  va  mamlakatlar  estetik  merosining  o„zaro  ta‟siri  va  boyishidir,  deb 

bildi.  Zero,  Shekspirning  shoh  asari  «Gamlet»  ning  Cho„lpon  tomonidan 

o„zbek tiliga tarjima qilinishi buning isbotidir. 

Cho„lponning  estetik  qarashlari  adabiyot  haqida  va  teatr  masalalariga 

bag„ishlab  yozgan  maqolalarida  yanada  yaqqol  aks  etadi.  U  an‟anaviy 

tomosha  usullari  bilan  chegaralanib  qolmasdan,  zamonning  ilg„or  teatr 

maktablaridan,  ayniqsa,  Moskva  teatr  arboblari  mahoratidan  o„rganish 

lozimligini uqtiradi.  

Cho„lpon  poetik  san‟atining  xalqchilligi  uning  xalq  ruhiga,  tafakkuriga 

yaqinligidadir  Uning  poeziyasi  siyqa  tashbehlardan  yiroqligi  hamda 

barchaning estetik tuyg„ulariga ijobiy ta‟sir etishi bilan xarakterlidir. Ayniqsa, 

xotin-qizlar masalasiga bag„ishlangan she‟rlari xalq laparlari, termalari ruhida 

yozilgan  bo„lib,  ularning  asosiy  g„oyaviy-estetik  motivi  inson  erki,  baxti  va 



 

44 


saodatiga asoslanadi. Bu estetik g„oyani barkamol avlodni tarbiyalashga doir 

olib  borilayotgan  ishlarning  mazmuniga  singdirish  va  bu  borada  amaliy 

tadbirlar  rejasini  ishlab  chiqish  orqali  ta‟lim  bilan  tarbiyaning  uzviyligini 

ta‟minlashda muhim ahamiyatga ega. 

Cho„lpon  an‟anaviy  tazod  usulidan  foydalanib  tabiat  manzaralariga 

bag„ishlangan she‟rlari orqali XX asr o„zbek she‟riyatiga yangilik kiritdi. Bu 

she‟riyatning g„oyaviy-badiiy ramzi bo„lgan shoirning estetik ideali esa yurt 

go„zalligi va xalq kamoloti bilan bog„liq ekanligidan dalolat beradi.  

Xulosa  qilib  aytish mumkinki, Cho„lpon  o`zbek  adabiyotshunosligi  va 

tanqidchiligida 

teran 

va 


haqqoniy 

fikrlaydigan 

o`tkir 

mulohazali 

munaqqidlardan  biri  sifatida  ayricha  o`ringa  ega.  Uning  bu  sohadagi  merosi 

asrlar osha millat ravnaqiga xizmat qilaveradi. 

O„zbekiston  mustaqil  Respublika  deb  e‟lon  qilingach,  Cho„lponning 

o„zbek  madaniyatining  rivojlantirish  va  xalq  ommasini  istiqlol  g„oyalariga 

sadoqat  ruhida  tarbiyalash  ishiga  qo„shgan  hissasi  yuksak  baholandi. 

Cho„lponga  Alisher  Navoiy  nomidagi  O„zbekiston  Respublikasi  Davlat 

mukofoti  (1991)  va  “Mustaqillik"  ordeni  (1999)  berildi.  1997-yil 

Cho„lponning  100  yilligi  keng  nishonlanib,  Andijonda  Cho„lpon  uy-muzeyi 

tashkil etildi. 

 


Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish