XVIII asrda Angliya.
XVIII asrda hokimiyat to‘laligicha ikki pala-
ta – lordlar palatasi va jamoa palatasidan iborat parlament qo‘li-
da edi.
1707-yili
parlament Angliya bilan Shotlandiya o‘rtasidagi uniya
(ittifoq)ni qonuniylashtirdi. Endi mamlakat
Buyuk Britaniya
deb atala
boshlandi.
1714-yili
Angliya taxtida turgan oranyelar sulolasining oxirgi
vakili vafot etdi. 1701-yili qabul qilingan «Taxt vorisligi to‘g‘risida
bill»ga asoslanib, parlament gannoverlik nemis knyazlari sulolasidan,
Yakov I ning ajdodi Georg I ni Angliya taxtiga taklif qiladi. Ganno-
verliklar protestantlar edi va ingliz taxtini XVIII asrdan e’tiboran, to
XIX asr boshlarigacha egallab turdilar. Butun XVIII asr davomida
Buyuk Britaniya Fransiya bilan bo‘lgan shiddatli kurashlar jarayonida
Shimoliy Amerikani, Hindistonni, Afrikadagi ko‘plab hududlarni
egallab oldi va shu tariqa Buyuk Britaniya mustamlakachilik im-
periyasiga asos soldi. Angliya «dengizlar hukmroni»ga aylandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |