26
Nikolay Kopernik
Jordano Bruno
Galileo Galiley
«David»
Haykaltaroshlik.
Bu davr haykaltaroshlari
haykaltaroshlikni san’atlar
ichida birinchisi, u
insonni, uning go‘zalligini boshqa san’at tur-
laridan yaxshiroq sharaflaydi, deb hisoblaganlar.
Ularning
eng mashhuri italiyalik
Mikelanjelo
Buonarroti
(1475–1564) edi. U o‘zining o‘lmas
asarlari bilan tarixda abadiy iz qoldirdi.
San’atkor yaratgan «David» haykali uning
nomini abadiyatga daxldor qildi.
Injil rivoyat-
lariga ko‘ra, yosh cho‘pon yigit David dahshatli
devsifat Goliaf bilan jangga tushishga jur’at
qiladi va uni tosh bilan urib o‘ldiradi.
Haykaltarosh Mikelanjelo
esa jang arafasida
turgan Davidni tasvirlagan. Uning yuzi g‘azabga
to‘la. Bu haykal o‘zining balandligi va go‘zalligi
bilan shu paytgacha yaratilgan barcha asarlarni
ortda qoldirdi.
Fan.
Insonning
atrof-olamga qiziqishi ortib
bordi va bu Yangi davrning asosiy xususiyat-
laridan biri bo‘lib qoldi.
Bu davrda olimlar fanda
olamshumul kashfiyotlarni amalga oshirdi.
Buyuk polyak astronomi
Do'stlaringiz bilan baham: