Rossiya Yangi davrda sezilarli muvaffaqiyatlarga erishganiga qaramasdan, XIX asrning 70-yillarida ham u Yevropaning eng qo- loq davlatlaridan biri bo‘lib qolayotgan edi. Qoloqlikning sabablari 1861-yilgacha saqlanib qolgan krepostnoy huquq hamda kishilar- da tashabbuskorlik va tadbirkorlikka to‘siq bo‘layotgan qoloq siyo- siy tizimning mavjudligi edi. Vikup – krepostnoylikdan ozod bo‘lgan dehqonning o‘ziga berilgan yerni haq
to‘lash evaziga sotib olishi.
Reaksiya kuchlari – ilg‘or g‘oyalarni ta’qib etuvchi, eski tartiblarni saqlab
qolish yoki ularni qayta tiklashga intiluvchi kuchlar.
Samoderjaviye – Rossiyada hukmdorning cheklanmagan hokimiyati.
Surgun – jazo tariqasida boshqa yerlarga jo‘natish.
1. Matndan Rossiyaning iqtisodiy taraqqiyot jihatidan G‘arbiy Yevropa mamlakat- laridan orqada qolganligi sabablarini aniqlang. 2. Dekabristlar harakati o‘z oldiga qanday maqsadlarni qo‘ygan edi? 3. Rossiyada hukm surgan reaksiya haqida nimalarni bilib oldingiz? 4. Rossiya hukmron doiralari nega krepostnoylik huquqini bekor qilishga majbur bo‘ldilar va u qanday tartiblarda amalga oshiriladigan bo‘ldi?