Inqilobning yakunlanishi. Angliyaning konstitutsion monarxiyaga aylanishi. Parlamentning qarori bilan Angliyada qirollik hokimiyati va
lordlar palatasi bekor qilindi.
1649-yili 19-may kuni Angliya Res-
publika deb e’lon qilindi.
Bu paytga kelib, O. Kromvel boshchiligidagi inqilobiy armiya
Irlandiyani bo‘ysundirish uchun bu yerga bostirib kirdi. Bosqin jara-
yonida Irlandiya aholisining katta qismi halok bo‘ldi. O. Kromvelning
inqilobiy armiyasi shu tarzda bosqinchi armiyaga aylandi. Bu armiya
Irlandiyadan so‘ng Shotlandiyaga ham bostirib kirdi. Shiddatli jang-
lardan so‘ng mag‘lub bo‘lgan Shotlandiyaning mustaqilligi tugatildi.
Shundan so‘ng eski parlament tarqatib yuborildi. Mamlakatda
O. Kromvel protektorati (
protektor – homiy, himoyachi) o‘rnatildi.
Ijro hokimiyati to‘liq protektor qo‘liga o‘tdi.