Yangi davrda fan, texnika va sanoatning rivojlanishi G‘arbiy Yevropa mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy qiyofasini o‘zgartirib yubordi. Yangicha iqtisod va kapitalistik munosabatlar shakllandi. Yangi jamiyatning asosiy sinflari – kapitalist va proletariat paydo bo‘ldi. Asosiy qadriyati inson erkinligi va tengligi bo‘lgan yangi, industrial sivilizatsiya qaror topib bordi. Kapital – bu mulk, yollanma mehnatdan foydalanib, qo‘shimcha qiymat olish
vositasi.
Gildiya – bu o‘z a’zolarining manfaatlarini himoya qilish uchun tuzilgan
savdogarlar va hunarmandlar uyushmasi.
Proletariat – bu ishlab chiqarish quroli va vositasidan mahrum bo‘lgan
yollanma ishchi.
1. Birja va banklar Yevropada savdo-sanoatning rivojlanishida qanday muhim o‘rin egallaydi? 2. XVI asrning ikkinchi yarmidan boshlab savdo chorrahalari Yevropaning qaysi hududiga ko‘chdi va nima uchun? 3. G‘arbiy Yevropada kapitalistik munosabatlar qay tariqa shakllana boshladi? 4. Zamonaviy ko‘rinishdagi ilk bank qachon va qaysi hududda vujudga keldi?