Jonatan
Svift
(1667–1745) ma’rifatparvarlarning oliy-
janob g‘oyalari odamlarni o‘zgartirmaganligi-
ni, burjua jamiyati ham feodal jamiyat singari
mukammallikdan ancha yiroq ekanligini o‘zi-
ning «Gulliverning sayohatlari» romanida ochib
berdi.
Sviftning qahramoni Gulliver bilan Robin-
zon – zamondoshlar, Ma’rifat asri odamlari,
lekin Gulliverning qarashlari chuqurroq. Balki
shuning uchun ham uning yiroq mamlakatlarga
qilgan sayohatlari quvonchsiz yakun topadi.
Ammo Sviftning maqsadi inson tabiatini be-
parvo kuzatish emas, odamlarga sidqidildan
achinish, ularga insoniylikni saqlab qolishda
ko‘maklashish, yovvoyilashib ketishdan ogoh-
lantirish edi. «Inson siz o‘ylagandan ko‘ra qadr-
liroq», deb yozgan Sviftning aql yolqini va qo-
biliyat kuchi Ma’rifat asrini so‘nmas nur bilan
yoritib turadi.
Uning og‘ir holatda ham insoniylikni saqlab
qolishga da’vati bugun ham o‘z ahamiyatini
yo‘qotmagan.
Buyuk nemis shoiri
Do'stlaringiz bilan baham: |