Cho'lpon hayoti va ijodi. Cho‘lpon jasorat timsoli



Download 0,53 Mb.
bet3/6
Sana14.06.2022
Hajmi0,53 Mb.
#671038
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
cho\'lpon

Hikoyalari


Choʻlpon isteʼdodiga xos lirik nazokat va nafosat shoir nasriy asarlarining ham oʻziga xosligini belgilab keladi. Choʻlpon qaysi mavzuga murojaat etmasin, badiiy voqelikni poetik til va obrazlar orqali mujassamlantirishga erishdi. Shu maʼnoda uning 20-yillarda yozgan „Oydin kechalarda“, „Qor qoʻynida lola“, „Novvoy qiz“ singari hikoyalari oʻzbek adabiyotidagi lirik nasrning dastlabki mumtoz namunalaridir. Choʻlpon bu hikoyalarida oʻzbek xotinqizlarining ayanchli taqdirini turli badiiy rejada tadqiq etar ekan, har bir jamiyatning taraqqiyot darajasi shu jamiyatning xotin-qizlarga boʻlgan munosabati bilan belgilanadi, degan gʻoyani bu asarlar osha „qizil ip“ yangligʻ oʻtkazgan. Umuman, oʻzbek xotin-qizlarining mustamlakachilik sharoitidagi taqdiri tasviri Choʻlpon sheʼriy ijodining ham, kichik epik asarlarining ham, „Kecha va kunduz“ (1936) romanining ham asosiy gʻoyaviy yoʻnalishini belgilab bergan.

Nasriy ijodi


Choʻlpon nasriy ijodining muhim qismini publitsistika tashkil etadi. U „Yoʻl esdaligi“, „Vayronalar orasidan“ kabi qator ocherk va publitsistik maqolalarida 20-yillardagi mustamlaka oʻlka hayotining mudhish manzaralarini tasvirlagan. Choʻlpon bu asarlarida realistik tasvir sanʼatini mukammal egallagan yozuvchi sifatida gavdalanadi. Choʻlpon yozuvchilik mahoratining shunday qirralari „Kecha va kunduz“ romanida, ayniqsa, yorqinroq aks etgan. Choʻlpon Abdulla Qodiriy bilan birga oʻzbek adabiyotida realistik roman va hikoya janrlarining taraqqiyot tamoyillarini belgilab berdi.

Sahna asarlari


Choʻlponning dramaturgiya sohasidagi dastlabki izlanishlari 1919-yilga oid. U shu yili „Temirchi“, „Gunoh“, „Choʻrining isyoni“ singari kichik sahna asarlarini yozdi. 20-yillarning boshlarida esa Choʻlponning „Yorqinoy“, „Xalil farang“, Oʻldiruvchi (1921), „Sevgi va saltanat“, „Choʻpon sevgisi“ (1922) pyesalari maydonga keldi (bu asarlarning aksari bizgacha yetib kelmagan).

Tarjimonlik sohasidagi faoliyati


Choʻlpon „Turon“ teatriga direktorlik qilgan yillarida sahna sanʼati va dramaturgiya sirlarini, shuningdek, rus tilini puxta egallagani tufayli 1924-yil Moskvada tashkil etilgan oʻzbek drama studiyasiga adabiy emakdosh etib yuborildi. U hali rus tilini bilmagan vatandoshlariga moskvalik mashhur artist va rejissyorlarning maʼruzalarini tarjima qilib berishdan tashqari, oʻzi ham studiyachilar uchun sahna asarlari („Yorqinoy“, „Yana uylanaman“, „Qorovul uyqusi“, Lev Sverdlin bilan hamkorlikda), „Uzun quloq bobo“ni yozib, rus va yevropa dramaturglarining pyesalari (K.Gotssi, „Malikai Turondot“, Nikolay Gogol, „Tergovchi“, Vladimir Bill Belotserkovskiy, „Labbay“, Molyer, „Xasis“)ni tarjima qilib berdi.
Choʻlpon 1927-yilda Moskva va Boku drama studiyalari qatnashchilari bazasida Oʻzbek davlat namuna truppasi (1929-yildan Oʻzbek davlat teatri) tashkil etilgach, mazkur truppa (teatr) ning adabiy emakdoshi sifatida faoliyat olib bordi. Shu davrda uning kishilar va jamiyat hayotidagi nuqsonlarni hajv etuvchi „Mushtumzoʻr“, „Hujum“ (V.Yan bilan hamkorlikda, 1928), „Oʻrtoq Qarshiboyev“ (1929) kabi pyesalari sahna yuzini koʻrdi. Choʻlpon ayni paytda teatr tarjimoni sifatida ham samarali ijod qilib, K.Goldonining „Ikki boyga bir qarol“, Lope de Veganing „Qoʻzi buloq“, William Shekspirning „Hamlet“, F.Shillerning „Bosmachilar“, Bill Belotserkovskiyning „Poʻrtana“, S.Levitinaning „Hukm“, A.Faykoning „Portfelli kishi“, V.Tretʼyakovning „Naʼrangni tort, Xitoy!“, Vs. Ivanovning „14–69 raqamli zirhli poyezd“ pyesalarini oʻzbek tiliga oʻgirdi. Choʻlpon adabiy emakdosh, dramaturg va tarjimon sifatida Uygʻur bilan birga professional oʻzbek teatriga tamal toshini qoʻydi.

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish