1-rasm. Cho 7 hayvonlarining yuqori haroratga moslashish xususi
yatlari: 1 - sudralib yuruvchilar; 2 - kemiruvchilar; 3 -yirtqichlar.
Bu kabi moslanishlar tanadagi ortiqcha issiqlikni ajratishga qa
ratilgan boiib, yirik sutemizuvchilar, masalan, antilopalarda bunday
hodisa terlash va nafas olishning tezlashuvi orqali yuz beradi va maz
kur fiziologik holatlaming tezlashuvi suvni bug‘latib tananing sovishiga
olib keladi. Qushlar va ko‘pgina sudralib yuruvchilar og‘izlami keng
ochish va tez-tez nafas olish orqali suvni ko‘proq bug‘latishga erisha
di. Jazirama issiq sharoitda yashovchi aksariyat sutemizuvchilaming
quloqlari katta, oyoqlari esa uzun boiadi. Bu qonuniyat Allen qoida
sida o‘z ifodasini topgan, ya’ni nisbatan issiq hududlarda yashovchi
hayvonlarda tananing bo‘rtib chiqqan qismlari, jumladan, quloqlar,
dum va oyoqlar sovuq hududda yashovchi hayvonlarga qaraganda
katta va uzun boiadi. Masalan, кар tovushqoni, fenek tulkisi va pa-
kana tulki kabi turlaming quloqlari ancha katta boiib, ular “sovitish
tizimi”
rolini bajaradi.
37
Umurtqali hayvonlaming ba’zi bir turlari issiqlikka juda chidamli
bo‘ladi, jumladan, kaltakesaklar uchun yuqori kritik harorat 40-^5 °C
bo‘lsa, ilonlar uchun 38-42°C, qushlar uchun 43-46°C va sutemizuv-
chilar uchun esa 39-44°С da tebranadi. Yuqori harorat ayrim turlam-
ing yer ostida yozgi uyquga ketishiga sabab boisa, boshqalarining
turli yoriqlarda, buta va daraxtlarning ustida boshpana topishiga
olib keladi. Hasharotlar esa yozni tuxum yoki g‘umbak bosqichida
o‘tkazishga moslashganligi sababli, noqulay sharoitdan himoyalanadi.
Bunday moslashish tuxum va g‘umbakning lichinka yoki voyaga yet
gan hasharotga nisbatan issiqlikka chidamliligi bilan tushuntiriladi.
Amerikada yashovchi kurakoyoqli amfibiyalar (Scaphiopus)
qurg'oqchilik davrida (8-9 oy) orqa oyoqlari bilan yerai kovlaydi va
yer ostida uyquga ketadi. Ulardan ajralib chiqadigan shilimshiq mod
da yer ostidagi kameraning devorini namlaydi hamda qurg‘oqchil sha
roitda yashab qolishga imkon beradi. Yozgi uyqudan uyg‘ongan am
fibiyalar qisqa muddatda hosil bo‘lgan havzalarga tuxum qo‘yishadi.
Otalangan tuxumdan ikki kun ichida itbaliqlar chiqadi, bir hafta ichida
ular jadal о‘sib rivojlanadi va qisqa vaqt ichida kichik, mustaqil uya
qaza oladigan baqachalarga aylanadi. Butun rivojlanish davri jami bir
oy muddatni egallaydi.
Ko‘pchilik sudralib yuruvchilar o‘tkir quyosh nuridan himoyala-
nish maqsadida qumga ko‘milib olishadi (urchuqsimon ssink, qum
bo‘g‘ma iloni, oddiy ssink). 0 ‘rta Osiyoda uchraydigan aksariyat
sudralib yuruvchilar issiqlik va quyoshning o‘tkir nurlaridan himoya-
lanish uchun sutemizuvchi hayvonlaming uyalaridan boshpana
qidirsa, o‘qilon, dasht agamasi kabi turlar buta va past daraxtlar ustiga
chiqib oladi.
Cho‘1 hayvonlarining o‘ziga xos oyoq panjalari ham ulaming
qumli cho‘llarda tez va yengil harakatlanishini ta’minlashga xizmat
qiladi.
Cho‘llarda turlar soni juda kam va zichligi past ko‘rsatkichga ega
bo‘lishiga qaramay, umurtqalilardan - sudralib yuruvchilar, qush
lar va sutemizuvchilar, hasharotlardan - sakrovchi to‘g‘riqanotlilar,
38
qo‘ng‘izlar, chumolilar, o‘rgimchaksimonlardan - chayonlar, falan
galar va boshqalar nisbatan keng tarqalgan.
0 ‘simliklar qoplamida yarustlilikning deyarli yo‘qligi sababli,
hayvonlar asosan yer ustida va ba’zan yer ostida hayot kechirishadi.
Shunday bo‘lishiga qaramay, qiyosiy tahlil qilinganda, Mustaqil dav
latlar hamdo‘stligi hududida joylashgan cho‘llar faunasining tur soni
dashtlar faunasiga qaraganda ancha ko‘pligi bilan xarakterlanadi.
Cho‘l ekotizimlari qadimiyligi sababli, bu yerda endemik turlar va
avlodlar ko‘p (Orol baqra balig‘i, Turkiston agamasi, xo‘jasavdogar,
ingichka barmoqli qo‘shoyoq va boshq.). Cho‘llaming antropogen
omillarga juda beriluvchanligi ulardagi faunaning qisqa muddatda
boy berib qo‘yilishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Cho‘llarda dashtlarga qaraganda migratsiya jarayoni nisbatan
kuchsiz namoyon bo‘ladi va bunday migratsiyalar asosan qushlar
olamida kuzatiladi. Ulaming ayrim turlari yilning noqulay davrlarida
cho‘l chegarasidan tashqariga migratsiya qiladi.
Cho‘llarda, ayniqsa, bahor faslida hayvonot dunyosining
ko‘payishi, oziqlanishi, oziqa va energiya jamg‘arishi kabi hayo
tiy faoliyatlar jadallashadi. Ko‘pgina cho‘l hayvonlari uchun tungi
faollik xarakterli bo‘lib, bu holat ayniqsa, yoz oylarida haroratning
maksimal darajani egallashi tufayli sodir bo‘ladi. Hayvonlar kunduz
kunlari soya-salqin joylardagi boshpanalarga kirib, issiqdan himoya-
lanishadi. Ayniqsa, oziqlanish, suv qidirish bilan bog‘liq faollik
ulaming chaqqon harakatlarida yaqqol seziladi. Bunday harakatlar
hayvonlaming issiqdan hamda ochiq maydonlarda dushmandan hi
moyalanishiga ancha qulayliklar tug‘diradi (qo‘shoyoqlar, ingichka
barmoqli yumronqoziq, kaltakesaklar, qulon, jayron, bulduruq).
Do'stlaringiz bilan baham: |