Cho'kishni chiziqli deformatsiya usulida aniqlash reja: cho'kishni chiziqli deformatsiya



Download 24,59 Kb.
bet2/3
Sana17.05.2023
Hajmi24,59 Kb.
#940261
1   2   3
Bog'liq
Cho\'kishni chiziqli deformatsiya usulida aniqlash reja cho\'kish

Nazorat savollari:

1.Zamin va poydevorning birgalikda ishlashini ta‘minlovchi asosiy omillarni eslang.

2.Tovonining yotish chuqurligi, deformatsiyalanishi, konstruktiv shakli, tayyorlanish usuli va materiali bo’yicha poydevor turlari.

3.CHegaraviy holatlar va ularning guruhlari haqida qanday tushunchalarga egasiz?

4.CHegaraviy holatlarning birinchi guruhi bo’yicha hisoblarning mohiyati va tartibini eslang.

5.Me‘yoriy yuk va ta‘sirlar qanday aniqlanadi?

6.Hisobiy yuk va ta‘sirlar deganda nimalarni tushunasiz? 

7.Gruntning hisobiy qarshiligini aniqlash ifodasini eslang.

8.Sayoz joylashgan poydevor tovonining yotish chuqurligini aniqlovchi asosiy omillarni eslang.

9.Grunt muzlash chuqurligining me‘yoriy qiymati qanday aniqlanadi?

10.Grunt muzlash chuqurligining hisobiy qiymatini aniqlash ifodasini eslang.

11.Suv o’zanlarida quriladigan akveduklar, ko’priklar singari inshootlar poydevori tovonining yotish chuqurligi qanday aniqlanadi?




7. SAYOZ JOYLASHGAN POYDEVORLAR


Reja:

7.1.Sayoz joylashgan poydevorlarning turlari

7.2.Poydevor tovoni o’lchamlarini aniqlash

7.3.Nomarkaziy yuklangan poydevorlarni ustivorlikka tekshirish

7.4.Sayoz joylashgan poydevor cho’kishini qatlamlab yigish usulida aniqlash


Adabiyotlar: 7, 8, 9, 10.


7.1. Sayoz joylashgan poydevorlarning turlari

Sayoz joylashgan poydevorlar, shakliga ko’ra alohida turuvchi, lentasamon, plitasimon yaxlit, massiv (yaxlit holdagi og’ir) va aralash konstruktsiyai turlarga bo’linadi. 

Alohida turuvchi poydevorlar (7.1-rasm) ustunlar ostida barpo etiladi. Novli kanallar, akveduklar konsolli sharsharalar va shunga o’xshash inshootlarining tayanchlarini hosil qilishda alohida turuvchi poydevorlarning stakanli shakldagi yig’ma variantlari yoki yaxlit monolit turlari keng qo’llaniladi. Ular bir yoki ko’p pog’onali bo’lishi mumkin. Pog’onalarning soni va o’lchamlari konstruktiv va iqtisodiy tejamkorlik shartlari asosida qabul qilinadi.



7.1 – rasm. Alohida turuvchi poydevorlar: a – monolit; b – yig’ma (stakanli) 


Turar joy, jamoat va sanoat binolari devorlari va ustunlari ostida ko’pincha lentasimon (7.2-rasm) poydevorlar qo’llaniladi. Ular monolit yig’ma yoki yig’ma-monolit variantlarda barpo etilishi mumkin.

Gidrotexnika inshootlari, nasos stantsiyalari binolari, bosimli suv minoralari, rezervuarlar singari ob‘ektlarning o’ziga xosligi, ularda yaxlit (plitasimon) yoki yaxlit massiv poydevorlarni qo’llashni taqoza etadi (7.3-rasm).

Suv xo’jaligi ob‘ektlari qurilishda poydevorlar ko’pincha beton va temirbetondan barpo etiladi. Temirbetonli poydevorlar asosan kuchsiz (masalan, o’ta cho’kuvchan) gruntlar sharoitida qo’llaniladi.




7.2 – rasm. Lentasimon poydevorlar: a – yig’ma; b – monolit 


Ishlashiga ko’ra, sayoz joylashgan poydevorlar bikr yoki egiluvchan bo’lishi mumkin. Ma‘lumki, egilish jarayonida beton poydevor qismlarida hosil bo’ladigan cho’zuvchi zo’riqishlarga juda kuchsiz qarshilik ko’rsatadi. Shu sababli, betondan tayyorlanadigan poydevorlar faqat siqilishga ishlaydigan (bikr) tuzilishda konstruktsiyalanishi lozim. Bu talabni ta‘minlash bikrlik burchagi()ni tayinlash orqali amalga oshiriladi. Bikrlik burchagining qiymati gruntga uzatiladigan bosim, poydevorning konstruktiv turi va betonning markaziy siqilishga mustahkamligi bo’yicha sinfiga bog’liq holda qabul qilinadi.




7.3 – rasm. Plitasimon(a) va massiv(b) yaxlit poydevorlar


Egiluvchan poydevorlar asosan temirbetondan barpo etiladi. Bunday poydevorlarni loyihalash qoidalari «Injenerlik konstruktsiyalari» fanida mufassal o’rganilishi sababli, kelgusida faqat bikr poydevorlarni loyihalashga doir ma‘lumotlarni ko’rib chiqamiz.





Download 24,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish