Suvda cho‘kayotgan odamga birinchi yordam ko‘rsatish
Reja:
1. Suzib borib qutqarish usuliyati va yo‘llari.
2. Cho‘kayotgan kishining tirmashib olishlaridan qutulishning asosiy usullari
3. Birinchi yordam ko‘rsatish
Cho‘kayotgan kishiga qanday yordam berish mumkin? Cho‘kayotgan odamlarga yordam ko‘rsatish maqsadida ustalik bilan amalga oshirilgan zamonaviy chora-tadbirlar tufayli juda ko‘p insonlar hayotini saqlab qolishga erishilgan. Buning uchun shunday hollarda nima qilish kerakligini yaxshi bilish zarur, chunki qutqaruv ishlari, odatda, xavf-xatar bilan bog‘liq. Ikki holat bo‘lishi mumkin: birinchisida odam hali suv yuzasida u bilan kurashishda davom etadi yoxud vaqti-vaqti bilan suv ostidan ko‘rinib qoladi; ikkinchisida odamni suvdan hushsiz chiqarnib oladilar.
Suzib borib qutqarish usuliyati va yo‘llari
Suzib borib qutqarish usuliyati va yo‘llari
Cho‘kayotgan kishini o‘z vaqtida sezib qolish juda muhim. Uning ahvoli jiddiy yekanligiga shubha qilib o‘tirmaslik kerak. Har qanday holatda ham qatiyat bilan, boshqalardan yordam kutmay harakat qilish zarur.
Qutqaruvchining birinchi vazifasi – cho‘kayotganga imkon qadar tez yordamga kelish. Bu vazifani bajarish chog‘ida odam suzgandan ko‘ra tezroq yugurishini, kiyimlar suzishga halal berishini nazarda tutish kerak. Shuning uchun dastlab qirg‘oq bo‘ylab cho‘kayotgan kishiga yeng yaqin masofaga yugurib borish, hech bo‘lmaganda poyabzal va ustki kiyimlarni yechib qo‘yish lozim. Shundan so‘ng suvga tushib (sakrab), cho‘kayotgan kishining odiga qarab suziladi. Notanish suv havzasiga yehtiyot bo‘lib tushgan maqul. Tez, lekin kuch-quvvatni tejab suzish kerak. Bunda cho‘kayotgan kishini ko‘zdan qochirmaslik, uni oqim yoki to‘lqinlar surib ketishi mumkinligini hisobga olish zarur.
Agar uni darhol topa olmasangiz, rejali qidiruv olib boring, yani havza tubi bo‘ylab bir necha bor sho‘ng‘ish hamda cho‘kish joyini sinchiklab ko‘rib chiqing. Agar cho‘kkan kishi havza tubida yuzini yuqoriga qilib yotgan bo‘lsa, unga bosh tomonidan yaqinlashib, qo‘ltiqlaridan olish va havza tubidan tezkorlik bilan itarilib, suv yuzasiga suzib chiqish darkor. Agar u yuzini pastga qilib yotgan bo‘lsa, oyoqlari tomonidan yaqin kelish va qo‘ltiqlaridan olib, suzib chiqish zarur. Cho‘kkan kishini qo‘li yoki sochidan ushlab olib ham suv yuzasiga suzib chiqish mumkin.
Agar cho‘kayotgan kishi suv yuzasida bo‘lsa, uni uzoqdanoq tinchlantirish, agar buning iloji bo‘lmasa, yaxshisi orqasidan suzib kelish kerak, shunda uning tirmashib olishlaridan qutulish mumkin, bu yesa bazan juda qiyin kechadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |