Chizmachilik



Download 8,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/190
Sana31.12.2021
Hajmi8,66 Mb.
#237070
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   190
Bog'liq
1.Чизмачилик. дарслик

Shaybalar  (O‘zDSt  11371:2003).  Shaybani  gayka,  vint  yoki  bolt  kallagi 
ostiga  qo‘yiladi  va  ularning  teshigida  rezbasi  bo‘lmaydi  (11.17-rasm,  a).  Ular 
biriktiruvchi  va  biriktiriluvchi  detallarning  yuzalarini  buzilishdan  saqlaydi  hamda 
ularga ta’sir qiladigan zo‘riqishni bir me’yorda uzatish va tarqatish uchun xizmat 
qiladi.  Shaybalar  xomaki  va  toza  turlarga  bo‘linadi.  Toza  shaybalar  bolg‘alangan  


160 
 
po‘latdan  stanokda  tayyorlanadi  hamda  ularning  o‘rtasi  va  tashqi  sirtida  faskalari 
bo‘ladi.  Xomaki  shaybalar  asosan  list  po‘latdan  qirqib  tayyorlanadi  va  barabanda 
tozalanadi hamda ularga stanokda ishlov berilmaydi. Toza va xomaki shaybalardan 
tashqari, yana zarb, tebranish yoki silkinishlar ta'sirida gaykalar o‘z-o‘zidan buralib 
ketishidan saqlash uchun prujina (O‘zDSt 6402:2003) shaybalar ishlatiladi (11.17-
rasm, b). 
 
11.17-rasm 
Shaybalarning  o‘lchamlari  standartlashtirilgan.  Lekin  ularni  bolt  yoki 
shpilkaning rezbasi nominal diametri d ga nisbatan taxminiy o‘lchamlarda chizish 
mumkin. 
Teshikning diametri d
o
 =1,1d, tashqi diametri d
o
 = 2,2d, qalinligi s = 0,15d va 
faskasi c = 0,25d ga teng qilib olinadi. 
1-bajarilishdagi  teshik  diametri  14  mm.,  0,8  kp.  markali  po‘latdan 
tayyorlangan qoplamasi qalinligi 6 mkm bo‘lgan shaybaning shartli belgilanishiga 
misol: Shayba 14.01.08 kp.016 O‘zDSt 11371:2003. 


161 
 
1-bajarilishdagi teshik diametri 10 mm., 65G markali po‘latdan tayyorlangan, 
02  qoplama  qalinligi  6  mkm.,  prujina  shaybaning  shartli  belgilanishiga  misol: 
Shayba 10.65G.025 O‘zDSt 6402:2003. 
10%  va  12%  qiyalikdagi  balka    (shveller  va  qo‘shtavr)  larning  qiyaliklarini 
to‘g‘rilashda  gaykalar  yoki  bolt  kallaklari  ostiga  qo‘yish  uchun  qiyshiq  (bir 
tomoni) yuzali (O‘zDSt 10906:2003) shaybalar ishlatiladi (11.17-rasm, ). 
Teshik diametri 20 mm., St po‘latdan tayyorlangan, qoplama qalinligi 9 mkm 
bo‘lgan  qiyshiq  shaybaning  shartli  belgilanishiga  misol:  Shayba  20.02.  St  3.019 
O‘zDSt 10906:2003. 
Sharnirli  birikmalarning  barmoqlari  uchun  tez  sug‘urib  olinadigan  tirak 
(O‘zDSt  11648:2003)  shaybalar  ishlatiladi  (11.17-rasm,  d).  Bunda  shaybalar 
diametri  2 mm.  dan  20 mm.  gacha  65  G  markadagi  sifatli  konstruksion  po‘latdan 
yoki BrKMts 3-1 qalaysiz bronzadan qoplamali va qoplamasiz qilib tayyorlanadi. 
Ichki  diametri  d  =  9  mm.,  BrKMts  3-1  markali  bronzadan  tayyorlangan  07 
qoplama  qalinligi  6 mkm.  bo‘lgan  tirakli  shaybaning  shartli  belgilanishiga  misol: 
Shayba 9 Br KMts 3-1.076 O‘zDSt 11648:2003. 
Olti  qirrali  gayka  va  boltlarni  stoporlash  uchun  panjali  stoporlash  shaybalari 
ishlatiladi  (11.17-rasm,  f,  h).  Bunday  shaybalar  A  sinf  aniqlikdagi,  diametrlari  3 
mm. dan 48 mm. gacha bo‘lgan biriktirish detallari uchun ishlab chiqariladi. 

Download 8,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish