Chizmachilik


 Detallarning ish chizmalari



Download 8,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/190
Sana31.12.2021
Hajmi8,66 Mb.
#237070
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   190
Bog'liq
1.Чизмачилик. дарслик

 
7. Detallarning ish chizmalari  
O‘zDSt 2.109:2003 ga muvofiq ishlab chiqarishda har bir detal uchun alohida 
ish  chizmalari  bajariladi.  Detalning  ish  chizmasida  tasvirlar  soni  (ko‘rinishlari, 
qirqim, kesim chiqarish elementlari) iloji boricha kam bo‘lishi, lekin ular detalning 
shakli, o‘lchamlari va boshqa parametrlari to‘g‘risida to‘la tassavur berish lozim. 
Detalning  ish  chizmalarida  uni  tayyorlashda  va  nazorat  qilish  zarur  bo‘lgan 
o‘lchamlari  va  chekli  chetga  chiqishlari,  sirtning  g‘adir-budirligi,  materiali  va 
tayyor  detalga  yig‘ish  oldidan  qo‘yiladigan  boshqa  texnikaviy  talablar  bo‘lishi 
kerak. 
Konstruksiyasi juda sodda bo‘lgan detallar chizmalarning tasvirini bitta bosh 
ko‘rinishda tasvirlashga yo‘l qo‘yiladi (7.1-shakl, ab). 
     7.1-shakl   
 
Quyidagi hollarda detallarga ish chizmalari tuzish shart emas: 
- fason yoki sortament materiallardan to‘g‘ri burchak ostida, list materialdan 
aylana yoki to‘g‘ri burchak perimetri bo‘yicha qirqish yo‘li bilan tayyorlangan va 
keyinchalik ishlov berilmaydigan detallar uchun; 
- ajralmaydigan birikmalarning detallari uchun; 


128 
 
-  shakli  va  o‘lchamlari  (uzunligi,  egish  radiuslari  kabilar)  o‘rnatilgan  joyida 
aniqlanadigan, donalab ishlab chiqariladigan buyum detallari uchun. 
Detallar  egish,  cho‘zish  va  boshqa 
usullar 
bilan 
tayyorlanganda 
ish 
chizmasidagi  tasvirlar  uning  shakli  va 
o‘lchamlari  to‘g‘risida  to‘la  tasavvur  bera 
olmasa, u holda chizmada bu detalning to‘liq 
yoki  qismi  yoyilmasini  chizib  ko‘rsatish 
lozim  (7.2-shakl).  Bu  yoyilmada  faqat 
detalda 
ko‘rsatishning 
iloji 
bo‘lmagan 
o‘lchamlar 
qo‘yiladi 
va 
tasvir 
ustiga 
Yoyilma” deb yozib ko‘yiladi. 
Chizmaning  yaqqolligini  buzmasdan 
detal 
ko‘rinishida 
uning 
yoyilmasini 
joylashtirib  ko‘rsatish  mumkin  (7.3-shakl). 
Bunday  hollarda  yoyilma  to‘g‘risida  hech 
qanday yozuv yozilmaydi. 
Prujina  turidagi  detallraning  boshlang‘ich  shakli  o‘zgartirilgandan  so‘ng  bu 
holat  ingichka  ikki  nuqtali  shtrix-punktir  chiziq  bilan  tasvirlanadi  (7.4-shakl)  va 
o‘lchash zarur bo‘lgan elementlarning o‘lchamlari shu tasvirga qo‘yiladi. 
            
 
                             7.3-shakl                                        7.4-shakl 
Batamom  tayyorlangan  buyumda  uchlarini  ishlatish  va  ta’mirlash  nuqtai 
nazardan saqlab qolish talab qilinsa, standart bo‘yicha zarur o‘lchamlari va boshqa 
 
7.2-shakl 


129 
 
ma’lumotlari  ko‘rsatilgan  holda  tasvirlanadi  (7.5-shakl,  c).  Ikkita  bir  xil  bo‘lgan 
markaz uyalarining faqat bittasiga o‘lcham qo‘yiladi. (7.5-shakl, a). Agar markaz 
uyalarining  tayyor  mahsulotda  bo‘lish  ma’n  etilsa  7.5-shakl,  b  dagidek  belgilab 
qo‘yiladi.  Markaz  uyalarining  tayyor  mahsulotda  bo‘lishi  yoki  bo‘lmasligi 
konstruktiv  ahamiyatga  ega  bo‘lmasa,  detalning  ish  chizmasida  markaz  uyalari 
tasvirlanmaydi va hech qanday izoh yoki eslatma berilmaydi. 
 7.5-shakl 
Detallar  tolasi  ma’lum  yo‘nalishdagi  materiallardan  tayyorlangan  bo‘lsa, 
zarur hollarda, ularning chizmalarida tolaning yo‘nalishi ikki tomonlama yo‘nalish 
bo‘yicha ko‘rsatiladi va tegishli izoh beriladi (7.6-shakl, ab). 
Tekstolit,  fibra  va  shunga  o‘xshash  qatlamli  materiallardan  tayyorlanadigan 
detallarda materiallar qatlamlarining  joylashishi chizmaning o‘zida “Qatlamlar A 
sirtiga  parallel  joylashgan”  deb  izoh  beriladi  (7.7-shakl).  Chizmalarda 
materialning o‘ng tomoni simmetrik bo‘lmagan detallarda ko‘rsatiladi (7.8-shakl). 
    
    
 
                 7.6-shakl                   7.7-shakl                                     7.8-shakl 


130 
 
Buyumlarning  tekis  sirtlariga  yoziladigan  yozuvlar,  belgilar  chizmalarda 
to‘liq ko‘rsatiladi. Ularning yozilishi va joylashishi tayyor buyumga qo‘yiladigan 
talabga mos ravishda bajariladi. Agar yozuvlar va belgilar buyumlarning silindrik 
yoki  konus  sirtlarida  bajariladigan  bo‘lsa,  chizmalarda  bu  sirtlar  yoyilma 
ko‘rinishida berilib, tegishli yozuvlar va belgilar yozib qo‘yiladi. Bu yozuvlar va 
belgilarni bajarish (gravyurovka, chekanka, shtempel, fotografiya, quyma va h.k.) 
usullari ko‘rsatiladi. 

Download 8,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish