KIRISH
6
Mustaqilligimiz tufayli mamlakatimizning barcha hududlarida sanoat
korxonalari qurilmoqda. Ularga xizmat qiladigan ishchi texnik xodimlari va barcha
mutaxassisning asosiy qismi, ish jarayonida, chizmalar bilan muloqatda bo‘lishadi.
Turli chizmalarni o‘qishni biladigan odam texnika tili hisoblangan chizmalar
yordamida har qanday texnikani brmalol boshqara oladi, nosoz bo‘lsa tuzata oladi
va nazorat qilishi mumkin.
Ta’lim turlarining barchasini isloh qilish va qayta qurish amalga
oshirilayotgan mamlakatimizda har bir fan, shu jumladan, chizmachilikdan chuqur
nazariy va amaliy bo‘limlarga ega bo‘lgan yosh kadrlarni tayyorlash muhim
ahamiyatga ega.
Chizmachilikka oid bilimlarni muvaffaqiyat bilan egallashning asosiy
shartlaridan biri grafik savodxonlik (chizmalar chizish va uni o‘qishni bilish)dir.
Chizmachilikda har bir narsaning shartli va soddalashtirib tasvirlanishini
mukammal egallashdan iborat.
Ma’lumki, chizmachilikka kompetentlik uquvlarni tarkib toptirish va uni
rivojlantirish jarayonida aniq maqsadga yo‘naltirilgan grafik ishlarni bajarishni
tashkil etish talabalarning fikrlash qobiliyatini oshirishda muhim ro‘lni o‘ynaydi.
Chizma-o‘ziga xos grafik til, u baynalminal (internatsional) - umuminsoniyat
tili bo‘lib, savodli har bir kishi uchun, u qanday tilda gapirishdan qat’iy nazar
tushunarlidir. Asosan chizmani axborot (informatsiya) uzatishning grafik vositasi
deb ham atashadi, chunki u texnik g‘oyani ifodalashning eng yaqqol va juda qulay
vositasidir.
Chizmalar faqat texnikadagina zarurligidan tashqari u insonning ko‘p kasblari
uchun ham muhim hisoblanadi.Chizmalarga qarab turar joy binolari, to‘g‘onlar,
shaxtalar, elektr stantsiyalari, temir yo‘llar va turli shosselar, mebelsozlikda, shahar
va qishloqlarni ko‘kalamzorlashtirishda foydalaniladi. Chizmalar murakkab
tibbiyot texnikasini o‘zlashtirishda, maktablarda fizika, matematika, geometriya va
boshqa fanlarni o‘rganishda ham zarur hisoblanadi.
Chizmachilik fanida mashqlar bajarishda inson tafakkurining eng asosiy sifati
hisoblanmish fazoviy tasavvuri shakllanadi. O‘quv predmetlardan birortasi ham
talabalarning fazoviy tasavvurlarini chizmachilikdek rivojlantira olmaydi.
7
Chizmachilik darslarida talabalarning grafik savodxonligi mustaqil mashqlar
bajarish bilan rivojlantiriladi. Shu bois “Inson va texnika” tizimida talaba
yoshlarning grafik savodxonligining sifatiga va grafik faoliyatini optimal o‘sib
borishiga alohida e’tibor berish zarur hisoblanadi.
Chizmachilikni o‘qitish jarayonida talabalarda grafik materialni xususiyat va
muhim xossalarini tahlil qilishga yo‘naltirilgan va ularga mantiqiy bog‘langan
tafakkurning alohida ko‘rinishi fazoviy fikrlash sifatlarini shakllantirishga
qaratiladi.
Chizmalarni o‘qishga o‘rgatishda talabalarning fazoviy tushunchalari va
fazoviy tasavvurlarini o‘stirishda fikrlash qobiliyatlarini real detallarning
geometrik shakllari va konstruktsiyasini kuzatish, taqqoslash va tahlil qilish,
ularning fazoviy vaziyatlarini o‘rganish hamda kompetentlik o‘quvlarini o‘stirish
talab qilinadi.
Darslikning asosiy maqsadi O‘zbekiston Davlat standarti O‘z Dst 2.001:2003
va O‘zbekiston Respublikasining konstruktorlik hujjatlarini yagona tizimi (O‘z
KHYT)da ko‘rsatilgan shartli belgilaridan foydalanib, chizmalarni chizish va uni
o‘qishga o‘rgatish orqali o‘quvchilarda kompententlikni tarbiyalash hamda
amaliyotga zarur paytlarda chizmalardan samarali foydalanish imkoniyatini tadbiq
etishga o‘rganishdan iborat.
Chizmalarni to‘g‘ri chizish usullari, shuningdek, chizma xo‘jaligining barcha
sohasini to‘g‘ri tashkil qilish haqidagi fan chizmachilik deyiladi.
Chizmachilikdagi turli geometrik yasashlarni geometrik chizmachilikda,
narsalarning tekislikdagi tasvirini, ya’ni proyeksiyasini yasash usullari proyeksion
chizmachilikda o‘rganiladi.
Xalq xo‘jaligining tarmog‘iga qarab, unda foydalaniladigan chizmalar har xil
nom bilan yuritiladi. Mashina va uning mexanizmlari, ularni tashkil qiluvchi tugun
(uzel) lar) va detallar chizmalari mashinasozlik chizmalariga kiradi.
Bino, ko‘prik, to‘g‘on, kanal va mudofaa inshootlarini qurishda
foydalaniladigan chizmalar muhandislik-qurilish chizmalari deyiladi.
Yer sathini tasvirlash chizmalari topografik chizmalar turkumiga kiradi.
8
Elektr, radiotexnika va mashinalarning turli harakatlarini yurgizishda va
to‘xtatishda foydalaniladigan shartli grafik tasvirlar elektro-radio, kinematik,
gidravlik va pnevmatik sxemalar deyiladi.
Chizmachilikda standartlarni tadbiq etish chizmalarga bir xil talab qo‘yish
imkonini beradi. Davlat standartlarini buzib bo‘lmaydi. Ular barcha loyiha tuzish
tashkilotlari va o‘quv yurtlari uchun bir xil majburiydir. O‘zbekistonda davlat
standarti 17.11.2003 yilda isloh qilingan va u O‘zbekiston Davlat standarti O‘zDst
2.001:2003deb
nomlanadi.
Yurtimizda
barcha
chizmalar
O‘zbekiston
respublikasining konstruktorlik hujjatlarining yagona tizimi (O‘z KHYT) da
ko‘rsatilgan asosiy qoidalar asosida chiziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |