Qurilish
chizmalariga
o‘lchamlar qo‘yish. Qurilish chizmalarida
o‘lchamlar mashinasozlik chizmalaridagiga o‘xshab millimetrlarda qo‘yiladi.
Lekin o‘lchamlarni santimetr va metrlarda, o‘lcham birligini ko‘rsatib yoki
ko‘rsatmasdan qo‘yishga ham ruxsat etiladi.
Qurilish chizmalaridagi o‘lcham qo‘yishning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri,
ularning zanjirsimon qilib qo‘yilishi hamda takrorlanishidir, ya’ni o‘lchamlarni
takror qo‘yishga ham ruxsat beriladi.
O‘lcham qo‘yishda ko‘rsatkich (strelka) lar o‘rniga, o‘lcham chizig‘iga 45°
og‘ib turgan, uzunligi 2-4 mm bo‘lgan shtrix chiziqlar chiziladi. Agar zanjirsimon
joylashgan o‘lcham o‘rtalarida shtrix chiziqlarga joy kamlik qilsa, ularni nuqtalar
bilan almashtirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |