Simmetrik ko‘rinishlarni qisman tasvirlash. Chizma qog‘ozi yuzasini
tejash yoki ishni tez bajarish uchun ba’zida alohida ko‘rinishlarni to‘liq bo‘lmagan
holatda chizishga ruxsat etiladi. Ko‘rinishning yarmini tasvirlash (4.6-rasm, a), bir
qismini sindirib tasvirlash (4.6-rasm, b, 4.7-rasm, 4.8-rasm), uzib tasvirlash (4.8-
rasm, 4.11-rasm, 4.12-rasm) mumkin.
Ko‘rinishni sindirib ko‘rsatish odatda simmetriya o‘qiga ega detallarda
qo‘llaniladi (4.6-rasm, a va 4.7-rasm). Shuningdek, buyumning boshqa
ko‘rinishida tushunarli bo‘lgan geometrik jismni ham sindirib tasvirlash mumkin
(4.8-rasm).
Chizma
formatini
katta
olmaslik
yoki
masshtabni
o‘ta
kichiklashtirmaslik maqsadida ham gorizontal simmetriya o‘qiga ega bo‘lgan
buyumning ustdan ko‘rinishi to‘liq chizilmagan. Tasvir chegarasi bu holatda
simmetriya o‘qi (4.6-rasm, a) yoki sinish chizig‘i (4.6-rasm, b) bo‘lishi mumkin.
4.7-rasmda sinish chizig‘i chapdan ko‘rinishda bajarilgan bo‘lib, unda o‘lcham
chizig‘i simmetriya o‘qidan biroz o‘tkazib qo‘yiladi.
a)
b)
4.6-rasm 4.7-rasm
4.8-rasmdagi sharikli sapfani chapdan ko‘rinishida tasvir to‘liq chizilmagan
bo‘lsada buyum tuzilishi bosh ko‘rinishdan tushunarlidir.
Agar sinish chizig‘i ingichka tutash siniq chiziq orqali chizilsa, u holda bu
chiziq butun ko‘rinish bo‘ylab uzilmasdan chizilishi kerak. Tasviri uzib
ko‘rsatiladi (4.9-rasm).
86
4.8-rasm 4.9-rasm
Agar buyum simmetriya o‘qiga uning ko‘rinarli qirrasi ustma-ust tushib qolsa,
u holda to‘liq bo‘lmagan ko‘rinish sinish chizig‘i orqali chegaralanishi shart (4.10-
rasm).
Detallarning ko‘ndalang kesimi o‘zgarmas yoki biror qonuniyat bilan
o‘zgaruvchan uzun elementlarni (vallar, shpindellar, shatunlar va shunga o‘xshash
detallar) chizmalarda uzib, qisqartirilgan holda ko‘rsatish mumkin (4.11-rasm).
Bunda o‘lcham chizig‘i uzilmasdan to‘la ko‘rsatiladi.
4.10-rasm 4.11-rasm
4.12-rasmdagi dastaning 2 ko‘rinishi ham uzib tasvirlangan. Chizmadan
ko‘rinib turibdiki bosh ko‘rinishdagi uzib ko‘rsatish biroz o‘zgacharoq. Bunday
holatlarda dastlab buyumni uzmasdan to‘liq tasvirini chizib, keyin uzib tasvirlashni
tatbiq qilish kerak. So‘ngra buyumning ikkala qismini o‘zaro yaqinlashtirish lozim.
4.13-rasmda yuqoridagi fikrni to‘ldiruvchi 2 ta variant ko‘rsatilgan.
Biroq bitta tasvirda bir necha uzib tasvirlashni tadbiq qilishga yo‘l qo‘ymaslik
kerak. Chunki bunda buyumning yaqqolligi yo‘qoladi va uni o‘qish qiyinlashadi
(4.14-rasm).
87
4.12-rasm 4.13-rasm
4.14-rasm
Do'stlaringiz bilan baham: |