Chizmachilik


 Sirtlarning son bilan belgilangan proyeksiyalari



Download 8,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/190
Sana31.12.2021
Hajmi8,66 Mb.
#237070
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   190
Bog'liq
1.Чизмачилик. дарслик

3. Sirtlarning son bilan belgilangan proyeksiyalari 
Sirtlarning  proyeksiyalari  bir  qancha  gorizontal  kesimlari  orqali  ifodalanadi. 
Masalan,  aylanish  konusi  olinsa  (3.1-rasm),  uning  asosidan  uchigacha  bir  xil 
masofaga  ega  bo‘lgan  bir  nechta  daraja  tekisliklari  bilan  kesilganda  katta-kichik 
sirt gorizontallari hosil bo‘ladi. Sirtlardagi eng katta qiya chiziq sirt gorizontallarini 
birlashtiruvchi  chiziq  bo‘lib,  sirtning  pasayish  chizig‘i  deyiladi  va  u  sirt 
gorizontallariga perpendikulyar bo‘lib o‘tadi. 
3.1-rasm 
        3.2-rasm 
 
Yer  relefi  yer  sirtining  barcha  fazoviy,  hajmiy  shakllarining  yig‘indisi  deb 
tushuniladi. Yer relefi topografik chizmalarda gorizontallar balandlik belgisi va har 
xil  shartli  belgilar  yordamida  tasvirlanadi  hamda  yer  relefining  bunday 
tasvirlanishi topografik sirt tasviri deyiladi. 
Daraja  tekisliklari  bilan  topografik  sirt  kesilganda  gorizontal  chiziqlar  hosil 
bo‘ladi (3.2-rasm). Gorizontal chiziqlarning bir joyiga qo‘yilgan belgi butun chiziq 
uchun  taaluqli  hisoblanadi.  Daraja  tekisliklar  oralig‘i  bir  xil  masofada  tanlab 
olinadi va oralig‘i balandlik birligiga teng bo‘lib, 5 yoki 10 metrga to‘g‘ri keladi. 


315 
 
Karta  va  topografik  planlarda  balandlik  va  chuqurliklar  yopiq  va  ochiq 
kontsentrik gorizontallar ko‘rinishida tasvirlanadi. Ba’zida, chizmalarda balandlik 
yuqoridan  pastga,  chuqurlik  pastdan  yuqoriga  qarab  ingichka  shtrix  chiziqlarda 
tasvirlanishi  mumkin  (3.3-rasm,  a,b).  Asosan  gorizontallarni  uzib,  oraliqqa  o‘sha 
gorizontal qiymati raqamda ko‘rsatiladi (3.3-rasm, c). 
     3.3-rasm  
1-misol.  P
i
  tekislik  bilan  topografik  sirtning  kesishish  chizig‘i  yasalsin  (3.4-
rasm). 
Topografik  sirt  o‘zining  2,  3,  4,  5,  belgili  gorizontallari  bilan,  tekislik 
masshtabi  P
i 
bilan  berilgan.  Tekislik  gorizontallari  topografik  sirt  gorizontallari 
bilan  mos  holda  kesishtiriladi  va  hosil  bo‘lgan  nuqtalar  ketma-ket  tutashtiriladi. 
Natijada topografik sirt va tekislikning o‘zaro kesishish chizig‘i hosil bo‘ladi. 
2-misol.  A
3
B
9 
belgili  to‘g‘ri  chiziq  kesmasining  va  2,  3,  4,  5  belgili 
gorizontallari  orqali  berilgan  topografik  sirt  bilan  kesishgan  nuqtalari  aniqlansin 
(3.5-rasm). 
A
3 
B
9 
kesma orqali yordamchi kesuvchi tekislik o‘tkaziladi. Buning uchun A
3 
B
9 
nuqtalar  oralig‘ida  to‘g‘ri  chiziq  intervallari  aniqlanadi  va  ular  orqali  tekislik 
gorizontallari o‘tkaziladi. Tekislik va sirt gorizontallari mos holda o‘zaro kesishib, 
kesishish  nuqtalarini  hosil  qiladi.  Bu  nuqtalar  ketma-ket  tutashtirilgandan  keyin 
A
3
B
9
 kesmani C va E nuqtalarda kesib o‘tadigan egri chiziq hosil bo‘ladi.  


316 
 
 
3.4-rasm 
                                   3.5-rasm 
3-misol.  A
1 
B
4 
kesmaning  topografik  sirt  bilan  kesishgan  nuqtasi  aniqlansin 
(3.6-rasm). 
To‘gri chiziq kesmasi orqali frontal  Q
H 
tekislik o‘tkaziladi va topografik sirt 
parallellari  bilan  kesishgan  nuqtalar  orqali  proyektsiyalarni  bog‘lovchi  chiziqlar 
o‘tkaziladi. Bu chiziqlar daraja tekisliklari bilan mos holda kesishib, sirt profilini 
hosil  qiladigan  nuqtalar  aniqlanadi.  Shunda  A
1
B
4 
ning  topografik  sirt  bilan 
kesishayotgan EF nuqtalari topiladi. 
Topografik  sirt  yonbag‘irlari  turli  qiyalikka  ega  bo‘ladi.  Ularni  chizmada 
tasvirlash  uchun  qiyalik  masshtabini  tuzib  olish  ancha  engillik  keltiradi.  Buning 
uchun chiziqli masshtabning bitta bo‘lagiga teng to‘r yasab olinadi (3.7-rasm).  
Yonbag‘irning  qiyaligi  i=1:2,  ko‘tarilish  balandligi  3  berilgan  bo‘lsa,  0 
nuqtadan  yuqoriga  3 bo‘lak, yoniga  6  bo‘lak  olinadi  va  ularning  kesishayotgan  E 
nuqtasi  0  bilan  tutashtiriladi.  Natijada  1:2  qiyalik  hosil  bo‘ladi.  Agar    i=1:1, 
ko‘tarilish balandligi 4 bo‘lsa, qiyalikni yasash uchun yuqoriga 4 va yoniga ham 4 
bo‘lak  olinadi  va  ularning  o‘zaro  kesishgan  F  nuqtasi  0  bilan  tutashtiriladi. 
Maboda i=2:1, ko‘tarilish balandligi 4 berilgan bo‘lsa, yuqoriga 4, yoniga 2 bo‘lak 
orqali  qiyalik  aniqlanadi  va  hokazo.  Yonbag‘irlarning  qiyaliklari  bir  xil,  ya’ni 
i=1:1 bo‘lsa, planda,  masalan, tomni yopishda nishablarning o‘zaro kesishishidan 
hosil bo‘ladigan qirralari misol bo‘la oladi (3.8-rasm). 


317 
 
      
      
  
             3.6-rasm                           3.7-rasm                              3.8-rasm 

Download 8,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish