10. O‘lcham qo‘yish qoidalari
Buyumlar ularning o‘lchamlari asosida tayyorlanadi. Shuning uchun ham
chizmalarda detal o‘lchamlarini to‘g‘ri qo‘yish va o‘zaro bog‘lab borish katta
ahamiyatga ega. Agar o‘lchamlar noto‘g‘ri qo‘yilgan bo‘lsa, tayyorlangan buyum
yaroqsiz bo‘lib qoladi. Chizmalarda o‘lchamlarni qo‘yishda quyidagilarni hisobga
olish tavsiya etiladi:
- detalning har bir o‘lchami geometrik va texnologik jihatdan juda to‘g‘ri,
to‘liq ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘langan bo‘lishi, ya’ni detalni
tayyorlashdagi belgilash, ishlov berish, nazorat qilish kabi usullar hisobga olinishi
kerak;
- chizmaga qo‘yilayotgan o‘lcham shunday bo‘lishi lozimki, detalni
tayyorlaydigan mutaxassis uni qiynalmay o‘qiy olishi kerak:
- o‘lchamlar qo‘yilayotganda yondosh detallarni ham hisobga olish kerak;
- o‘lchamlarni texnologik va konstruktorlik talablarini qondiradigan bazadan
boshlab qo‘yish lozim;
34
- o‘lchamlar qo‘yish va ularni o‘zaro bog‘lashda xatoga yo‘l qo‘ymaslik
uchun standart belgilangan qoidalarni mukammal o‘rganib, ularga amal qilish
lozim;
- o‘lchamlar chizmalarda o‘lcham chiziqlari va o‘lcham sonlari bilan
ko‘rsatiladi. O‘lcham chiziqlaridagi ko‘rsatkichlar bitta chizmadagi barcha
o‘lcham chiziqlari uchun bir xil bo‘lishi lozim. Ko‘rsatkichning shakli va
elementlarining taxminiy o‘lchamlari 10.1-rasmda ko‘rsatilgan;
10.1-rasm
- o‘lcham chiziqlari detal konturiga parallel chizilib, chiqarish chiziqlariga
perpendikulyar bo‘lishi lozim (10.1-rasm);
- o‘lcham va chiqarish chiziqlari iloji boricha kesishmasligi lozim;
- o‘lcham chiziqlarini iloji boricha chizma konturidan tashqarida chizish
lozim;
- o‘lcham chiziqlari chizma konturidan va unga parallel o‘tkazilgan ikkinchi
o‘lcham chizig’i oralig’i 6... 10 mm.da olinishi lozim (10.1-rasm);
- o‘lcham sonlari chizmaning qanday masshtabda va qanchalik aniq
chizilishidan qat’iy nazar, tasvirlangan buyumning haqiqiy o‘lchamini ifodalashi
kerak;
- chizmada chiziqli o‘lchamlar mm hisobida, o‘lchov birligi mm
ko‘rsatilmagan holda qo‘yiladi;
- chizma chizishda ishtirok etmaydigan, lekin chizmani o‘qish uchun ancha
qulaylik tug‘diradigan o‘lchamlar ma’lumot o‘lchamlari deyiladi. Bunday
o‘lchamlarga yopiq zanjir usulida qo‘yiladigan o‘lchamlardan birortasi detal
elementining vaziyatini ko‘rsatuvchi o‘lchamlar, yig‘ish chizmasidagi ayrim
konstruksiya elementlarining eng chetki vaziyatlarini aniqlovchi o‘lcham va shu
35
kabilar kiradi. Chizmada ma‘lumot o‘lchamlari «*» (yulduzcha) bilan belgilanib,
texnik talablarda esa «Ma’lumot o‘lchamlari» deb yozib qo‘yiladi (10.2-rasm);
10.2-rasm
- burchaklarga o‘lcham qo‘yishda shu burchak uchidan chiziladigan yoydan
foydalaniladi, chiqarish chiziqlari esa radial yonalishda chiziladi (10.3-rasm, a),
aylana yoyi o‘lchamini ko‘rsatish 10.3-rasm, b da berilgan;
10.3-rasm
- profili egri chiziqli detallarning o‘lchamlari 10.4-rasm, a, b larda
ko‘rsatilgandek qo‘yiladi;
10.4-rasm
- yumaloqlanadigan burchak uchlari yoki yumaloqlash yoyi markazi
koordinatalarini ko‘rsatish zarur bo‘lsa, o‘lcham yumaloqlanadigan burchak
tomonlari kesishgan nuqtadan yoki yumaloqlash yoylari markazidan chiqarib
qo‘yiladi (10.5-rasm);
- simmetrik detallarning ko‘rinishi to‘la chizilmagan bo‘lsa, o‘lcham
chiziqlari markaziy simmetrik o‘qdan biroz o‘tkazib, uzib qo‘yiladi (10.6-rasm, a);
36
- aylana to‘la yoki qisman chizilgan bo‘lishidan qat’iy nazar, uning o‘lcham
chizig‘ini aylana markazidan biroz o‘tkazib ko‘rsatish mumkin (10.6-rasm, b):
10.5-rasm
10.6-rasm
- chizmada buyumning bir qismi uzib ko‘rsatilsa, o‘lcham chizig‘i uzilmasdan
to‘la ko‘rsatiladi (10.7-rasm, a);kontur yoki chiqarish chiziqlari o‘zaro yaqin
joylashib, o‘lcham chizig‘i yo‘nalishlarini qo‘yish uchun joy yetarli bo‘lmasa,
kontur yoki chiqarish chizig‘ini uzib tasvirlash mumkin (10.7-rasm, b);
10.7-rasm
- agar yo‘nalishlar qo‘yish uchun o‘lcham chizig‘ining uzunligi yetarli
bo‘lmasa, u holda, o‘lcham chiziqlariga yo‘nalishlar tashqi tomonidan qo‘yiladi
(10.8-rasm);
- o‘lcham chiziqlariga yo‘nalishlarni qo‘yish uchun joy yetarli bo‘lmagan
hollarda chiqarish chizig‘i bilan o‘lcham chizig‘i kesishgan joyga nuqta qo‘yiladi
yoki chiziqcha chiziladi (10.8-rasm, b, c);
- har doim diametr o‘lchamini ko‘rsatuvchi son oldiga «Ø» belgisi, radius
o‘lchamini ko‘rsatuvchi son oldiga «R», kvadrat o‘lchami soni oldiga «□» beligisi
qo‘yilishi shart;
- diametr o‘lchami aylana ichida ko‘rsatilgan hollarda o‘lcham soni o‘lcham
chizig‘i o‘rtasidan bir tomonga siljitiladi (10.8-rasm, d). Bu yerda o‘lcham soni
markaz chiziqlarning o‘zaro kesishayotgan joyiga to‘g‘ri kelmasligi lozim;
10.8-rasm
37
- bir nechta parallel o‘lcham chiziqlariga o‘lchamlar qo‘yilganda, o‘lcham
sonlarini shaxmat tartibida joylashtirish kerak (10.9-rasm);
- chiziqli o‘lchamlarning chiziqlari har xil qiyalikda chizilgan bo‘lsa, o‘lcham
sonlari 10.10-rasmda ko‘rsatilgandek qo‘yiladi. Shtrixlangan zonada (30° ni tashkil
qiladi) o‘lcham sonlarini qo‘yish mumkin emas;
- burchaklarning o‘lchamida ham 30° li shtrixlangan zonada o‘lcham sonlari
va qolgan burchak o‘lchamlari 10.10-rasm, b dagidek qo‘yiladi:
10.9-rasm 10.10-rasm
- diametrlari kichik aylanalarga va oralig‘i kichik bo‘lgan parallel chiziqlarga
o‘lchamlar qo‘yish 10.11-rasmdagi kabi bajariladi;
- o‘lcham sonlarmi qo‘yishda kontur chiziq va o‘lcham chiziqlari uzilmaydi,
o‘q va markaz chiziqlarining o‘zaro kesishish joyiga qo‘yilmaydi. O‘lcham
qo‘yilganda markaz chiziqlariga to‘g‘ri kelib qolsa, u uzib qo‘yiladi, shuningdek,
o‘lcham sonlari yoziladigan joy shtrixlanmaydi (10.12-rasm, a, b);
- detaldagi o‘yiq, chiqiq, teshik kabi joylariga tegishli o‘lchamlarni shu
elementning geometrik shakli qaysi ko‘rinishda to‘la ko‘rinadigan bo‘lsa, o‘sha
yerga to‘plab qo‘yish zarur (10.12-rasm, c);
10.11-rasm 10.12-rasm
- aylana yoyi markazi o‘rnini aniqlovchi o‘lchamlarni ko‘rsatish talab
qilinmasa, u holda radiusning o‘lcham chizig‘ini markazgacha yetkazmasdan,
38
markazni siljitib, radius o‘lcham chizig‘ini burchaklari 90° ga teng bo‘lgan siniq
chiziqqa almashtirib chizish ham mumkin (10.13-rasm);
10.13-rasm
10.15-rasm
10.14-rasm
- bir markazdan bir nechta radiuslar o‘tkazilganda har qanday ikki va undan
ortiq radius chiziqlar bitta to‘g’ri chiziqda yotmasligi lozim (10.14-rasm, a);
- tashqi va ichki yumaloqlash radiuslarining o‘lchamlari 10.14-rasm, b, с
larda ko‘rsatilgandek qo‘yiladi;
-
yumaloqlash yoki bukilish joylaridagi yumaloqlash radiuslari bir xil bo‘lib,
ular ko‘p uchraydigan bo‘lsa, chizmaning bo‘sh joyiga «Ko‘rsatilmagan radius
o‘lchamlari 1,5 mm.» deb yozib qo‘yiladi (10.15-rasm);
- sharni belgilash uchun diametr yoki radius o‘lchami oldiga yoxud ostiga
«Sfera» so‘zi qo‘shib yoziladi (10.16-rasm);
- qiyalikni ifodalovchi o‘lcham soni oldiga «
» belgisi qo‘yiladi. Bunda
belgining uchi qiyalik tomon yo‘nalgan bo‘ladi (10.17-rasm, a);
- konuslikning o‘lcham soni oldiga uchi konus uchiga tomon qaratilgan « »
belgi qo‘yiladi (10.17-rasm,b);
10.16-rasm
10.17-rasm
- 45° bilan tayyorlangan faska o‘lchamlari 18-rasm, a dagidek qo‘yiladi. 45°
burchakda yasalgan faska o‘lchami 1 mm va undan kichik bo‘lsa, ular chizmada
39
tasvirlanmasligi mumkin. Lekin ularning o‘lchamlari faska yasaladigan qirradagi
chiqarilgan chiziqning tokchasiga yozib qo‘yiladi (10.18-rasm, b)
- 30° burchakli faska o‘lchamida burchak va faska balandligi qo‘yiladi
(10.18-rasm, c) yoki ikkita katetlarning o‘lchamlari beriladi (10.18-rasm, d).
Faska, teshik va shunga o‘xshash elementlar sonini 10.19-rasm dagidek ko‘rsatish
mumkin;
- teshiklar aylana bo‘yicha bir-biridan baravar uzoqlikda joylashgan bo‘lsa,
ularning markazlari orasidagi o‘lchamlari qo‘yilmaydi, faqat teshiklarning
o‘lchamiga ularning soni qo‘shib ko‘rsatiladi (10.20-rasm, a);
- bir xil diametrli teshiklarning o‘lchamlarini qo‘yishda ulardan bittasi
chizilib, uning o‘lchami va soni ko‘rsatiladi (10.20-rasm, b), qolganlarining esa
markaz chiziqlari belgilanadi;
10.18-rasm
10.19-rasm 10.20-rasm
Do'stlaringiz bilan baham: |