16. Shurupli birikmalar
Yog‘och detallarni o‘zaro yoki metall detallarni yog‘ochga biriktirish uchun
kallagi turli shaklda bo‘lgan vint (shurup)lar ishlatiladi. Bunday birikmalar
shurupli birikmalar deyiladi (16.1-rasm).
Shurupli birikmalar konstruksiyasi to‘liq ko‘rsatilgan (16.1-rasm, a),
soddalashtirilgan (16.1-rasm, b) va shartli (16.1-rasm, c) ko‘rinishlarda
tasvirlanadi.
16.1-rasm 16.2-rasm
Yog‘ochlarni bir-biri bilan mixlar yordamida birlashtirishni soddalash-
tirilgan (16.2-rasm, a) va shartli (16.2-rasm, b) ko‘rinishlarda tasvirlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |