IV BOB. AKSONOMETRIK PROYEKSIYALAR
6. Umumiy ma’lumotlar
99
Mashina detallarini yasashda shu detallarning ish chizmalaridan foydalaniladi.
Lekin ish chizmasining asosiy kamchiligi shundaki, unda detalning ko‘rinishlari
alohida-alohida tasvirlanadi. Shuning uchun, amalda, detalning ish chizmasi bilan
birga ularning yaqqol tasviri ham beriladi. Yaqqol tasviri, ya’ni aksonometrik
proyeksiyasi yordamida berilgan ish chizmalari tez va osongina o‘qiladi.
Ayniqsa, ixtiro qiliniayotgan mashina konstruksiyasi chizmalarini chizishda
aksonometriya muhim ahamiyatga ega.
Aksonometrik tasvirlar har xil bo‘ladi. Lekin ularning ichida ko‘proq
qo‘llaniladigani parallel proyeksiyalar yordami bilan bajariladigan to‘g‘ri burchakli
aksonometrik proyeksiyalardir, chunki ularni yasashda oddiy qonun va qoidalarga
amal qilinadi.
Aksonometriya grekcha so‘z
bo‘lib, “akson” – o‘q va “metreo” – o‘lchayman
degan ma’noni anglatadi.
Aksonometriya nazariyasi chizma geometriya fanida to‘liq ifoda qilingan. Biz
bu yerda faqat konkret mashina detallari aksonometrik proyeksiyalarining yasalishi
bilan tanishib chiqamiz. Biroq, mashina detallari sirtlardan, sirtlar esa chiziqlardan,
chiziqlar o‘z navbatida nuqtalardan hosil bo‘lganligi tufayli, bu yerda
aksonometrik proyekslyalar yasashni nuqtaning aksonometriyasini qurishdan
boshlaymiz. Masalan, A nuqta va uning o‘zaro perpendikular joylashgan H, V, W
proyeksiyalar tekisliklaridagi ko‘rinishlari (A
, A
, A
)ni koordinata o‘qlari (Ox,
Oy, Oz) bilan birga “s” yo‘nalishda P tekisligiga proyeksiyalasak, aksonometrik
tasvir hosil bo‘ladi (6.1-rasm).
Bu yerda P tekislik aksonometriya tekisligi, o‘qlarning O
1
x
1
, O
1
y
1
, O
1
z
1
ko‘rinishi esa aksonometriya o‘qlari deb ataladi. A nuqtaning P tekisligidagi A
1
tasviri nuqtaning aksonometrik proyeksiyasi deyiladi.
Ox, Oy, Oz o‘qlarning har biriga biror natural (haqiqiy kattalik) masshtab
birligiga teng Oe kesma o‘lchab qo‘yib, ularni “s” yo‘nalishda P aksonometriya
tekisligiga proyeksiyalasak, ular O
1
e
x
, O
1
e
y
, O
1
e
z
kesmalar tarzida tasvirlanadi. Bu
O
1
e
x
, O
1
e
y
, O
1
e
z
kesmalar aksonometrik masshtablar deb yuritiladi. Bularning
natural masshtab birligiga nisbatlari
e
e
,
e
e
,
e
e
z
y
x
aksonometriya o‘qlari bo‘yicha
100
o‘zgarish koeffitsientlari deyiladi O
1
e
x
o‘q bo‘yicha o‘zgarish koeffitsientini m
bilan, O
1
e
y
o‘q bo‘yicha o‘zgarish koeffitsientini n bilan, O
1
e
z
o‘q bo‘yicha esa
o‘zgarish koeffitsientini k bilan belgilaymiz. U vaqtda
e
e
m
x
,
e
e
n
y
,
e
e
k
z
bo‘ladi.
Aksonometrik
proyeksiyalarda
o‘zgarish koeffitsientlari o‘zaro teng
(m=n=k)
bo‘lsa,
bunday
aksonometriya izometrik proyeksiya
deyiladi. Ikki o‘zgarish koeffitsienti
o‘zaro
teng
bo‘lib,
uchinchisi
boshqacha (masalan, m=n
k yoki
m=k
n) bo‘lsa, bunday aksonometriya
dimetrik proyeksiya deyiladi. Agar
o‘zgarish koeffitsientlari har xil
(m
n
k)
bo‘lsa,
bunday
aksonometriya trimetrik proyeksiya deyiladi.
“s” yo‘nalish aksonometriya tekisligiga perpendikular joylashgan bo‘lsa,
to‘g‘ri burchakli aksonometriya, perpendikular yo‘nalishda joylashmagan bo‘lsa,
qiyshiq burchakli aksonometriya hosil bo‘ladi.
To‘g‘ri burchakli aksonometriya to‘g‘ri burchakli izometriya, to‘g‘ri
burchakli dimetriya va trimetriyalarni, qiyshiq burchakli aksonometriya esa qiyshiq
burchakli izometriya, qiyshiq burchakli frontal dimetriya va qiyshiq burchakli
trimetriyalarini o‘z ichiga oladi.
Buyumlarning aksonometrik proyeksiyadagi tasvirlarida to‘g‘ri burchakli
proyeksiyasidagi tasvirlaridagidek o‘ziga xos xususuyatlari mavjud:
1. To‘g‘ri chiziqning aksonometrik proyeksiyasi to‘g‘ri chiziq yoki nuqta
bo‘lib tasvirlanadi.
6.1-rasm
101
2. Biror AB to‘g‘ri chiziq kesmasi C nuqta bilan
n
m
nisbatda bo‘linsa,
aksonometrik proyeksiyada ham o‘sha nisbatda bo‘linib tasvirlanadi, ya’ni
n
m
BC
AC
.
3. O‘zaro parallel to‘g‘ri chiziqlar aksonometrik proyeksiyalarda ham o‘zaro
parallel tasvirlanadi.
4. Aylana aksonometrik proyeksiyalar tekisligida, umumiy holda, ellips
shaklida, hususiy hollarda esa o‘zining haqiqiy kattaligida, ya’ni aylana yoki
to‘g‘ri chiziq ko‘rinishida tasvirlanadi.
5. O
1
x
1
, O
1
y
1
, O
1
z
1
lar shartli Ox, Oy, Oz deb yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |