13. Sirkul va lekalo egri chiziqlari
Sirkul egri chiziqlari. Ko‘plab mashina detallari, priborlar, metallarga ishlov
beruvchi instrumentlar, arxitektura elementlari, ravoqlar va arkalarning konturi
turli radiusdagi aylana yoylarining tutashuvidan tashkil topgan yopiq yoki ochiq
tekis egri chiziqlardan iborat bo‘ladi. Egrilik radiuslari bir xil bo‘lgan egri chiziqlar
sirkul egri chiziqlari deyiladi. Amaliyotda tuzilishiga ko‘ra ular bir tomonlama
qavariq yopiq yoki ochiq egri chiziqlar bo‘lib, tutashma qoidalari asosida
tutashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |