Chiziqli tenglamalar yordamida yechiladigan masalalar to’plami. (1-qism)
Kitob do‘konida 680 dona ertak kitobi bor edi. Birinchi kuni 210 ta, ikkinchi kuni birinchi kundan 60 ta ortiq kitob sotildi. Kitob do‘konida qancha ertak kitob qoldi?
Bir yil oldin maktabda 890 nafar o‘quvchi o‘qir edi. Ulardan 80 nafari maktabni bitirishdi. Yangi o‘quv yilida 1-sinfga 90 nafar o‘quvchi qabul qilindi. Hozir necha nafar o‘quvchi o‘qimoqda?
Do‘konda tushgacha 130 ta, tushdan so‘ng 250 ta muzqaymoq sotildi. Agar ertalab do‘konga 400 ta muzqaymoq keltirilgan bo‘lsa, nechta muzqaymoq qolgan?
Duradgorda 9 ta yog‘och taxta bor edi. U bir nechta taxtaning har birini 5 bo‘lakka bo‘lib arraladi. Shunda taxtalar soni 33 taga yetdi. Duradgor nechta taxtani bo‘laklarga bo‘lib arraladi?
Birinchi bino qurilishi uchun 160 kg, ikkinchi bino qurilishi uchun undan 40 kg kam mix jo‘natildi. Dastlab omborda 300 kg mix bo‘lgan bo‘lsa, qurilishga jo‘natilganidan so‘ng necha kilogramm mix qoldi?
Tokzorda 9 ta savatga husayni va yana 8 ta savatga toifi navli uzum joylandi. Husayni 8 kg dan, toifi esa 9 kg dan taqsimlandi. Hammasi bo‘lib necha kilogramm uzum uzilganligini toping? Qaysi navli uzumdan ko‘proq uzilgan?
Maktab kutubxonasi uchun «Sharq» nashriyotidan 4 bog‘lam, «O‘qituvchi» nashriyotidan 5 bog‘lam kitob olib kelindi. Bitta bog‘lamda 20 ta kitob bo‘lsa, jami nechta kitob olib kelingan? Qaysi nashriyotdan ko‘proq kitob keltirilgan?
Sarvar, Azamat va Shuhratjonlarning har biri 30 tadan tut va 40 tadan terak ko‘chatini ekishdi. Ular jami nechta ko‘chat o‘tqazishgan?
Dilbar kuniga 6 sahifadan kitob o‘qidi. 14 kun mo‘qiganidan so‘ng kitobning 12 sahifasi qoldi. Kitob necha sahifadan iborat?
Uchburchakning perimetri 26 cm ga teng. Uning tomonlaridan birining uzunligi 10 cm. Qolgan ikki tomonining uzunligi o‘zaro teng bo‘lsa, ushbu tomonlarining har birining uzunligini toping.
Mehmonxonaga birinchi haftada 82 nafar, ikkinchisida undan 2 marta ko‘p, uchinchisida esa birinchi va ikkinchi haftada qancha bo‘lsa shuncha mehmon kelgan. Mehmonxonaga uch haftada necha nafar mehmon kelganligini toping?
Maktab kutubxonasining o‘quv zalidagi 9 ta javonda 26 tadan kitob bor edi. «Kitob ulashish» xayriyasi munosabati bilan kutubxonaga homiylar va otaonalar tomonidan sovg‘a qilingan kitoblar 8 ta javonga 32 donadan joylashtirildi. O‘quv zalidagi kitoblar soni nechtaga yetdi?
Do‘konda jami 200 ta sport anjomlari sotildi. Ulardan chorak qismi futbol to‘pi, yarmi tennis raketkasi, qolganlari shaxmat doskasi edi. Har qaysi sport anjomi nechtadan sotilgan?
Do‘konda 1 ta qalamning narxi 300 so‘m, 1 ta ruchkaning narxi esa 400 so‘m. Lobar do‘kondan 2 ta qalam va 1 ta ruchka sotib oldi. Lobar jami necha so‘m sarfladi?
Anvarning akasi va singlisi bor. Uchalasining
yoshini qo‘shib hisoblaganda 17 yosh. 6 yildan keyin ularning yoshini qo‘shganda qancha bo‘ladi?
Kichik non zavodi bir sutkada 3 smenada ishlaydi. To‘rt kunda 360 kg undan non yopildi. Bir smenada o‘rtacha necha kilogramm un ishlatilgan?
Fil 1 kunda 240 kg, kiyik esa undan 8 marta kam ozuqa iste’mol qiladi. Filning bir kunlik ozuqasi kiyikning bir kunlik ozuqasidan necha kilogramm ko‘p?
Yosh bog‘bonlar 120 tup gilos, gilosdan 2 marta ko‘p shaftoli ko‘chati ekishdi. Gilos hamda shaftoli ko‘chatlari qancha bo‘lsa, shuncha olma ko‘chati o‘tqazishdi. Hammasi bo‘lib qancha ko‘chat ekilgan?
Bitta qutida 10 dona konfet bor. Bir yashikka esa 10 dona quti joylashgan. Yashiklar soni 10 ta bo‘lsa, jami nechta konfet bor?
Ikki buta anordan 152 ta anor terib olindi. Birinchi butadan terib olingan anorlar soni ikkinchisiga nisbatan 32 ta ko‘p. Har bir anordan qancha anor terib olingan?
Fabrikada 1 kunda 116 dona bolalar kiyimi va undan 6 marta ko‘p kattalar kiyimi tikildi. Fabrikada 1 kunda jami nechta kiyim tayyorlangan?
Oshxonaga 580 kg kartoshka keltirildi. Agar bir kunda 135 kg dan ishlatilsa, 3 kundan keyin necha kilogramm kartoshka qoladi?
Do‘konga 246 kg un keltirildi va paketlarga 2 kg dan solib chiqildi. Keltirilgan un nechta paketga solingan?
Avtomobilning spidometri 540 km ni ko‘rsatmoqda. 3 soat yurgandan so‘ng spidometr 750 km ni ko‘rsatsa, avtomobil 1 soatda necha km yurgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |