Mavzu: Algoritmlar turlari
Reja:
1. Chiziqli algoritmlar
2. Tarmoqlanuvchi algoritmlar.
3. Takrorlanuvchi algoritmlar.
4. Murakkab algoritmlar bilan ishlash.
Chiziqli algoritmlar
Algoritmlar berilishi va ifodalanishiga qarab:
chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi turlarga bo’linadi.
Chiziqli algoritmlar algoritmlarning eng sodda va oddiy ko’rinishi hisoblanadi. Unida bajariladigan amallar ham buyruqlar ham buyruqlar ham qanday tartibda berilgan bo’lsa shunday tartibda ketma- ket bajariladi, ya’ni hyech qanday shart tekshirilmasdan chiziqli algoritmlarda buyruqlar ketma- ket tartib bilan bajariladi.
Chiziqli algoritmlar
Chiziqli algoritmlarni quyidagi ko’rinishda ifodalash mumkin.
Bu yerda A1,…, AN lar chiziqli algoritmlarda bajarilishi kerak bo’lgan buyruqlar ketma- ketligidir.
Chiziqli algoritmlar
1- misol. funksiyani x ning ixtiyoriy qiymatlarida xisoblash algoritmini tuzing.
Yechish. Algoritmning blok sxema ko’rinishda ifodalaymiz.
Tarmoqlanuvchi algoritmlar.
Shunday hisoblash jarayonlari mavjud bo’ladiki, bunda qo’yilgan ayrim mantiqiy shartlarning bajarilishiga qarab, bu jarayonlar bir nechta tarmoqqa bo’linadi va shu tarmoqlardan hyech bo’lmaganda bittasi bajariladi. Ana shunday jarayonlar uchun algoritmlar tuzishda tarmoqlanuvchi algoritmlardan foydalaniladi.
Tarmoqlanuvchi struktura odatda qandaydir mantiqiy shartni tekshirish blokini o’z ichiga oladi. Tekshirish natijasiga ko’ra, tarmoq deb ataluvchi u yoki bu amallar ketma-ketligi bajariladi.
Tarmoqlanuvchi algoritmlar.
Tarmoqlanuvchi algoritm to’la va qisqartirilgan ko’rinishda berilishi mumkin. Ular quyidagicha sxema orqali ifodalanadi:
Tarmoqlanuvchi algoritmlar.
1-misol. Ixtiyoriy berilgan x va y sonlaridan eng kattasini topish algoritmini tuzing.
Takrorlanuvchi algoritmlar
Shunday hisoblash jarayonlari mavjud bo’ladiki, bunda uning ayrim bo’laklarini bir necha marta takroran hisoblashga to’g’ri keladi. Bunday jarayonlar uchun algoritmlar tuzishda takrorlanuvchi algoritmlardan foydalaniladi.
Hisoblash jarayonining ko’p marta takrorlanadigan qismi ichki sikl tanasi (jismi) deb yuritiladi.
Takrorlanuvchi algoritm 2 xil ko’rinishga ega bo’ladi:
Sikl - gacha takrorlanuvchi algoritm quyidagi ko’rinishga ega: Bu ko’rinishdagi algoritmda avval sikl tanasi bajarilib, so’ngra sikldan chiqish sharti tekshiriladi, ya’ni sikl tanasi qo’yilgan shart bajarilib turguncha takrorlanaveradi.
Takrorlanuvchi algoritmlar
Sikl - hozircha takrorlanuvchi algoritm quyidagi ko’rinishga ega: Bu ko’rinishdagi algoritmlarda avval shart tekshiriladi, so’ngra agar shart qanoatlantirsa, sikl tanasi bajariladi, aks holda hisoblash to’xtatiladi.
Takrorlanuvchi algoritmlar
1 - misol. 0 dan 20 gacha juft sonlar yig’indisini hisoblash algoritmini tuzing.